[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Forum/Takliflar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Mirishkorlik (munozara | hissa)
Qator 249: Qator 249:
* Yana bir holat, Kavkaz xalqlarida keng tarqalgan ayrim ismlar yozilishi boʻyicha ham kengashib olishimizga toʻgʻri kelarkan, masalan: [[Xabib Nurmagomedov]] (hozir maqola shunday nomlangan, yangi qoida kuchga kirsa sportchining ismini „Xabib“ emas, „Habib“ deb yozish kerak boʻladi) maqolasini „Xabib Nurmuhammadov“ deb oʻzgartirish, [[Magomed Nurbagandov]] maqolasini „Muhammad Nurbagandov“ deb oʻzgartirish xatolikdek tuyulyapti menga. Shu sababli ayrim ismlarga, ayniqsa avvaldan (SSSR davrida) transliteratsiya qilinmagan, aslicha yoki rus tilidan kirib kelganidek yozilgan ismlar roʻyxatini ham yigʻish kerak boʻlarkan. Rus tilida yozilishi [[:ru:Гамзатов, Расул Гамзатович|Гамзатов]] shaklida boʻlgan familiya bizda avvaldan [[Rasul Hamzatov|Hamzatov]] shaklida yozib kelingan, bunday holatlarni ham hisobga olishimiz kerak. [[Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov|Jamshid Nurqul]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Jamshid Nurkulov|munozara]]) 23:05, 7-Iyul 2024 (UTC)
* Yana bir holat, Kavkaz xalqlarida keng tarqalgan ayrim ismlar yozilishi boʻyicha ham kengashib olishimizga toʻgʻri kelarkan, masalan: [[Xabib Nurmagomedov]] (hozir maqola shunday nomlangan, yangi qoida kuchga kirsa sportchining ismini „Xabib“ emas, „Habib“ deb yozish kerak boʻladi) maqolasini „Xabib Nurmuhammadov“ deb oʻzgartirish, [[Magomed Nurbagandov]] maqolasini „Muhammad Nurbagandov“ deb oʻzgartirish xatolikdek tuyulyapti menga. Shu sababli ayrim ismlarga, ayniqsa avvaldan (SSSR davrida) transliteratsiya qilinmagan, aslicha yoki rus tilidan kirib kelganidek yozilgan ismlar roʻyxatini ham yigʻish kerak boʻlarkan. Rus tilida yozilishi [[:ru:Гамзатов, Расул Гамзатович|Гамзатов]] shaklida boʻlgan familiya bizda avvaldan [[Rasul Hamzatov|Hamzatov]] shaklida yozib kelingan, bunday holatlarni ham hisobga olishimiz kerak. [[Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov|Jamshid Nurqul]] ([[Foydalanuvchi munozarasi:Jamshid Nurkulov|munozara]]) 23:05, 7-Iyul 2024 (UTC)
=== Rozilar ===
=== Rozilar ===
# Ushbu qoida Oʻzbekcha Vikipediya uchun yuqori darajada dolzarbligi sabab {{roziman}}
# Ushbu qoida Oʻzbekcha Vikipediya uchun yuqori darajada dolzarbligi sabab {{roziman}}{{imzosiz|Mirishkorlik}}

8-iyul 2024, 16:39 dagi koʻrinishi

Qoidalar   Texnik savollar   Takliflar   Yangiliklar   Yordam
Bu boʻlim qoidalar bilan bogʻliq boʻlmagan takliflar uchun moʻljallangan.

Arxiv



AT uskunasini yopish va AT uskunasida yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish

Assalamu aleykum! Hurmatli oʻzbekcha vikipediyaning administratorlari va faol ishtirokchilari. Oʻzbekcha vikipediyadagi maqolalarni sifatini yaxshilash va teranligimizni muvozanatga keltirish uchun avtomat tarjima uskunasini oʻchirishni, avval yaratilgan va hozirda yangi foydalanuvchilar tomonidan tuzatib boʻlmas darajada yaratilayotgan maqolalarni oʻchirishni taklif qilaman. Agar bu uskunani oʻchirmasak oʻzbekcha vikipediyada sifatsiz va tushunarsiz axlat maqolar koʻpayib boraveradi. Bu esa bizni kuzatayotgan ziyoli qatlamni ham tanqidiga sabab boʻlishi mumkin. Hurmatli vikipediyani adminlari mana shu taklifimga oʻz fikringizni bildirishingizni va tez orada xulosa chiqarishingizni soʻrayman. Eʼtiboringiz uchun tashakkur!   Mirzoulugʻbek |@  19:17, 8-Sentabr 2023 (UTC)

Fikrlar

2023-yil 30-oktyabr holatiga koʻra ushbu taklifga 9 kishi rozi, 1 kishi betaraf ekanini bildirgan. Hozircha ovoz berishda ishtirok etmagan rasmiyatchilar — Abdulla va Malikxan ovozlar, munozaralar natijasiga koʻra xulosa chiqarishda ishtirok etsangiz yaxshi boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:05, 30-Oktyabr 2023 (UTC)

Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Faqat tajribali foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanish huquqini berishni taklif etaman. Masalan, kamida 1 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki kamida 500 ta tahrir qilgan foydalanuvchilarga.
Malikxan munozara 21:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Agar kimgadir ruxsat berish kerak boʻlsa kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki 3000 dan ortiq tahrir qilgan, tahrirlarining kamida 30 foizi foydali/qaytarilmagan/oʻchirilmagan yoki yangi maqola yaratish bilan bogʻliq boʻlgan foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanishga ruxsat berish kerak deb oʻylayman. Chunki Vikipediyada foydali tahrir qilmasdan, bitta nuqtani oʻchirib, qayta qoʻyib ham tahrir sonini oshiradiganlar topiladida. VikiOromgohlar vositasida tahriri soni 5 000 dan oshgan lekin Vikipediyada avtomat tarjimasiz maqola yarata olmaydigan va vizual tahrirchisiz (manba kodini tahrirlash orqali) ishlay olmaydigan, sovrinli tanlov boʻlmasa Vikipediyani eslamaydiganlar armiyasini tarbiyalab qoʻydik. Ularga albatta AT uskunasi yordamida tezda maqola yaratib qaysidir saralashda yoki tanlovda qatnashish qulay, shularning yoʻlini biroz toʻssak maqsadga muvofiq boʻlardi. Agar ATchilar Google yo Yandex translatega oʻtib ketishsa, ularni ham bemalol topib ogohlantira olamiz deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:29, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjima uskunasidan chop etish huquqi berilgan. Uzwikida faqat patrullovchi, eski holiga qaytaruvchi, xulosa chiqaruvchi, administrator va rasmiyatchilarda ushbu gadjet qoldirilishi tarafdoriman. Umarxon III (munozara) 16:27, 18-Yanvar 2024 (UTC).

Rozilar

  1.  Roziman — Avtomat tarjima unsurlari mavjud maqolalarni yoppasiga oʻchirib yuborish va AT uskunasini oʻchirish juda ajoyib taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 19:22, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman — Alpasli (munozara) 19:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  3.  Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 19:41, 8-Sentabr 2023 (UTC).
  4.  Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 19:59, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 20:20, 8-Sentabr 2023 (UTC)
  6.  Roziman. — Oxirgi vaqtlarda aynan ushbu uskuna sabab koʻplab avtomat tarjimadan iborat maqolalar yaratilmoqda. Bu esa tabiiyki, UzWikida axlat maqolalar soni oshishiga ijobiy hissa boʻlmoqda. Ushbu uskunaning oʻchirilishi yangi foydalanuvchilar sifatli tarjima borasida fikrlarini oʻzgartirishlari uchun kuchli motivatsiya boʻla oladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:02, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  7.  Roziman. — Ibrohimjon 11:40, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  8.  Roziman. Kundan kunga turli hil loyihalar va yaxshi ishlanayotgan PR ortidan oʻzbekcha Vikipediyada tahrirchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda, ularning katta qismi toʻrtta tugmani bosib maqola yaratayotganlardan iborat ekanligi achinarli holat, albatta. Shunday foydalanuvchilar va AT maqolalarni sonini kamaytirish maqsadida, albatta, oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. ANJANIY!!#suhbat 21:22, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
  9.  Roziman — 100%. Hilola Jurakulova (munozara) 13:13, 21-Sentyabr 2023 (UTC)
  10.  Roziman  — ITPRO.UZ (munozara) 14:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)
  11.  Roziman  — Yaxshi yozilgan bir-ikkita OʻzME maqolalari AT maqola boʻlib ketibdi — Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:09, 13-Dekabr 2023 (UTC).
    Oʻchirishdan oldin OʻzME maqolasi boʻlsa, oʻsha variantini tiklab qoʻysak yaxshi boʻladi — Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:12, 13-Dekabr 2023 (UTC).
  12.  Roziman — Biroq yuqorida aytilganiday, yaxshi yozilgan AT maqolalarni qayta tiklab chiqishimiz kerak boʻladi. Zarifboyev (munozara) 15:25, 13-Dekabr 2023 (UTC)
  13.  Roziman — Programmer (munozara) 15:28, 13-Dekabr 2023 (UTC)
  14.  Roziman — Axadjon1 (munozara) 15:33, 13-Dekabr 2023 (UTC)
  15.  Roziman — Mirishkorlik (munozara) 15:48, 13-Dekabr 2023 (UTC)
  16.  Roziman — Miss Kamola (munozara) 16:00, 13-Dekabr 2023 (UTC)
  17.  Roziman - UzbekistanWikiEditor (munozara)

Qarshilar

Betaraflar

Bu yerda masalaning yana bir jihati bor: AT asbobini oʻchirib qoʻysak, shovvozlar matnni Google Tarjimonda tarjima qilib, soʻngra Vikipediyaga olib oʻtishlari mumkin. Bu yanada mushkul vaziyat keltirib chiqaradi, chunki yaratilgan maqolalar shunchaki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan emas, balki umuman rasmiylashtirilmagan boʻladi. Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq. Nataev munozara 21:52, 20-Sentyabr 2023 (UTC)

AT uskunasini yopib qoʻysak Google Tarjimon yordamida mashina tarjimasini vikiga olib kiruvchilarni keskin ogohlantirish va chetlatishga maʼnan haqqimiz boʻladi, hozir foydalanuvchilarga AT imkoniyatini berib, mashina tarjimasini taqiqlashimiz biroz tushunarsiz tuyuladi yangi kelganlarga. AT uskunasining oʻchirilishi uzwiki teranligiga va maqolalar sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:01, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. Boʻlmasa uskunani oʻchirishni noyabrdan keyin amalga oshirish kerak. Chunki bu paytga kelib, „WikiStipendiya“ marafoni oʻz nihoyasiga yetadi va oʻzbekcha Vikipediyada kimlar yana tahrirlashni davom ettirish yoki ettirmasligi maʼlum boʻladi. Sababi maʼlum bir oylik marafoni doirasida ancha faol boʻlgan foydalanuvchilarning koʻp qismi hozirda deyarli tahrir qilmay qoʻygan. Humoyun Qodirov (munozara) 17:48, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
Bu yerda pichoqni misol qilmagan boʻlardim, hozircha oshxonada pichoqning oʻrnini bosa oladigan boshqa asbob yoʻq ammo AT asbobisiz bemalol maqolalar yozish mumkin. Bu asbobni oʻchirish bilan koʻp narsa yoʻqotmaymiz. Jamshid Nurqul (munozara) 22:40, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
Pichoq bajaradigan ishlarni peeler, bolta, elektrik pichoq va hokazolar bosa oladi. Yuqorida Humoyun bildirgan fikr ham oʻrinli, chunki hozirgi maynavozchilik vaqtincha davom etadi. Nataev munozara 14:12, 29-Oktyabr 2023 (UTC)
  • Avtomatik tarjimondan bitta katta naf koʻraman — intervikilarning darhol ulanishi. Kichikroq nafi — qanday boʻlsa-da kontent qoʻshilishi. Agar interviki ulashni foydalanuvchilarning oʻzi eplasa, AT yopilishiga (yoki baʼzi darajada cheklanishiga) qarshi emasman. Abdulla munozara 21:20, 13-Dekabr 2023 (UTC)

Dastlabki xulosa

Content Translation asbobini butunlay oʻchirib qoʻyishni koʻpchilik qoʻlladi, ammo hamma bir ovozdan emas. Asbobni butunlay oʻchirish radikal yechim va undan toʻgʻri foydalanayotganlar (oz boʻlsa-da) mavjud. Boshqa foydalanuvchilar koʻtargan bir necha mavzuni (xususan, VP:Forum#„Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandiga mos keladigan eski maqolalarni oʻchirish yuzasidan soʻrovnoma hamda VP:Administratorlar forumi#WeekieHogwarts oromgohi) hisobga olgan holda, kompromis yechimni taklif qilaman:

  1. Content Translation asbobini butunlay oʻchirmaymiz, ammo
  2. „WikiStipendiya“ marafonida boshlanganidan keyin, yaʼni 2022-yilning may oyidan bugunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida yaratilgan va asosan avtomat tarjimadan iborat maqolalarni muhokamasiz oʻchirish yoʻlini tutamiz. Ikkinchi band muhim, shuning uchun batafsil toʻxtalib oʻtsam. Tarjima maqola quyidagi mezonlarning ikki yoki undan oshigʻiga mos kelsa, tezda oʻchirish yoki oʻchirish jarayonlarini chetlab oʻtgan holda „Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ izohi bilan oʻchiramiz (va oʻchirayotganda ushbu muhokamaga link qoldiramiz). Mezonlar:
    1. maqola 2022-yilning may oyidan bugungacha boʻlgan muddat orasida yaratilgan boʻlsa
    2. maqolani yaratilgan izohda „… tilidan tarjima qilib yaratdi“ yozuvi boʻlsa
    3. maqola Pages with unreviewed translations va/yoki Vikipediya:Avtomat tarjimalar turkumida boʻlsa
    4. maqola mashina tarjimasi ekanini koʻrsatuvchi ikkidan oshiq holat boʻlsa (masalan, koʻp maʼnoli soʻzning notoʻgʻri maʼnosi qoʻllanilgan boʻlsa, gap mazmunsiz boʻlsa, oʻzbek tilida mavjud boʻlmagan atamalar ishlatilgan boʻlsa va h).

WikiStipendiya oʻz yakuniga yetganidan keyin ushbu vaqtincha chorani toʻxtatsak boʻladi. Marafondan oldin yaratilgan maqolalarni esa odatdagidek oʻchirish jarayoni orqali koʻrib chiqamiz. Nima deysizlar? Nataev munozara 16:21, 20-Yanvar 2024 (UTC)

  1.  Qoʻshilaman, birinchidan Mana shu turkumdagi maqolalarni ham roʻyxatga kiritishni, ikkinchidan Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. Bizda ham patrullovchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda ushbu gadjet qoldirilishi kerakligini takllif qilaman. Umarxon III (munozara) 16:43, 20-Yanvar 2024 (UTC).
Siz koʻrsatgan turkumni ham qoʻshib qoʻydim. Taklifingizga kelsak, menga maʼqul, ammo bu borada alohida muhokama oʻtkazish kerak boʻladi, menimcha. Nataev munozara 17:05, 20-Yanvar 2024 (UTC)

Xulosa

Oʻzbekcha Vikipediyaning asosiy logosi

Hormanglar! Ayni damda qoʻllanilayotgan logomizda imloviy xato bor. Oʻzbek tilining qoidalari boʻyicha „ensiklopediya“ soʻzi kichik harf bilan yozilishi kerak. Qarang: https://lex.uz/docs/1625271#1626120. Xususan, „Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi“. (Sovet davrida ishlab chiqilgan qoidalar rus tilidan olingan boʻlib, ruscha, qozoqcha va qirgʻizcha Vikipediyalardagi logolarda bu soʻz kichik harf bilan yozilgan).

Shuningdek, „ochiq“ emas, „erkin“ deb yozish taklif qilinadi. Shunda shiorimiz „Erkin ensiklopediya“ boʻladi. Quyida bu taklif boʻyicha ovoz berishingizni va fikr bildirishingizni soʻrayman. — Bu xabarni Nataev (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Rozilar

  1.  Roziman — Mirishkorlik (munozara) 15:26, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman — Axadjon1 (munozara) 15:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  3. Ikkala taklifga ham  Roziman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:38, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  4.  Roziman — yaxshiki, Vikipediya bilan kurashib yurgan ayrim shaxslar koʻrmagan bu kabi kamchiliklarni) Alpasli (munozara) 15:41, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  5.  Roziman. Bosh sahifa mukammal boʻlishi kerak. Umarxon III (munozara) 15:54, 24-Dekabr 2023 (UTC).
  6.  Roziman — Ibrohimjon 16:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)
  7.  Roziman — qoʻllab-quvvatlayman. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:30, 8-Aprel 2024 (UTC)
  8.  Roziman — Yaxshi oʻylangan taklif. ANJANIY#gurung 09:04, 5-May 2024 (UTC)
  9.  RozimanLili (suhbat) 23:54, 6-Iyul 2024 (UTC)
  10.  RozimanDiloromxon 00:02, 7-Iyul 2024 (UTC)
  11.  RozimanBEKIPEDIYA [munozara] 05:46, 7-Iyul 2024 (UTC)
  12.  Roziman - Ushbu taklifni qo'llab-quvvatlayman. UzbekistanWikiEditor (munozara)

Qarshilar

Betaraflar

Imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻluvchi sana formatini oʻzgartirish

Hammaga salom, baʼzi andozalardagi sana formatini oʻzgartirishimiz kerak, menimcha buni faqat interfeys administratorlari qila oladi, munozaralarda imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻladigan sananing formati hozirda „22-yanvar 2024“ (KK-oy YYYY) koʻrinishida, shuni „2024-yil 22-yanvar“ (YYYY-yil KK-oy) koʻrinishidagi formatga oʻtkazsak oʻzbekcha boʻlardi. Bu borada kim qanday fikrda?
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 00:04, 23-Yanvar 2024 (UTC)

Rozilar

  1. Oʻzbekchalashtirish siyosatimizga mos. Imkoni boʻlsa, men qarshi emasman. Salazarov 03:51, 23-Yanvar 2024 (UTC)
  2. Bu borada Vikipediya tashqarisida ham ayrim tanqidlarni eshitgandim. Tuzatilsa, ancha maqbul boʻlardi deb oʻylayman. Shu boisdan  Roziman. Alpasli (munozara) 07:55, 23-Yanvar 2024 (UTC)
  3. Juda ajoyib ish boʻlardi. Anchayin tushunarli va oʻzbekcha. Mirishkorlik (munozara) 14:07, 27-Yanvar 2024 (UTC)
  4.  Roziman. Nataev munozara 17:29, 14-Fevral 2024 (UTC)
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:42, 14-Fevral 2024 (UTC)
  6.  Roziman. — Muxriddin Azimov (munozara) 18:47, 14-Fevral 2024 (UTC)
  7.  Roziman. Ibrohimjon 02:51, 15-Fevral 2024 (UTC)
  8.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  22:00, 2-Aprel 2024 (UTC)
  9.  Roziman Men qo'llab quvvatlayman. MrShaxas #Munozaracha 10:48, 4-May 2024 (UTC)
  10.  Roziman. Sanalar, xususan, maqolalarda ham K/O/Y koʻrinishida emas, balki Y/K/O koʻrinishida beriladi. ANJANIY#gurung 09:09, 5-May 2024 (UTC)

Xulosa

AT uskunasidan foydalanish uchun cheklov oʻrnatish

Hammaga salom. Mana shu fikrlar boʻyicha taklifga binoan alohida munozara ochdim. Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. UzWikida ham patrullovchi yoki eski holiga qaytaruchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda AT uskunasidan foydalanish huquqi qoldirilishini taklif qilaman. Hurmat bilan, Umarxon III (munozara) 11:22, 4-May 2024 (UTC).

Goʻzal ish boʻlardi aslida. Ammo… Yangi foydalanuvchilarning hammasi ham kod orqali maqola yaratishni yaxshi bilmaydi. Yana bir tarafi – Google tarjimon orqali baribir oʻsha gʻaliz jumlalar koʻchirib oʻtkazilishi mumkin (Kopi-past qilib). Hasan Xamidovich (munozara) 11:45, 4-May 2024 (UTC)
Juda-juda yaxshi taklif. Uzoq oʻyladim va shu eng toʻgʻri yechim ekanini xulosa qildim. Ayni damda ruwikida chindan avtopatrullangan huquqiga ega boʻlmagan foydalanuchi tarjima qilmoqchi boʻlsa, «В русской Википедии использование инструмента перевода доступно только автопатрулируемым» degan ogohlantirish chiqadi va tarjima maqolani chop eta olmaydi. „WikiStipendiya“ doirasida oʻta sifatsiz tarjima maqolalar yaratilayotgan bir paytda eng toʻgʻri yechim shu boʻladi. Barchani faol fikr bildirishga chorlayman. Nataev munozara 23:55, 6-Iyul 2024 (UTC)
AT borasida Umarxon III berayotgan ushbu taklifni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. Jamshid Nurqul (munozara) 00:11, 7-Iyul 2024 (UTC)
Umarxon III bergan takliflarini toʻliq qoʻllab quvvatlayman, Vikipediya uchun manfaatli boʻladi albatta.Axadjon1 (munozara) 01:56, 7-Iyul 2024 (UTC)
Men ham boshida ikkilangan edim bu taklifga rozilik berishga. Lekin hozirgi sifatsiz tarjimalardan keyin bu ikkilanishim yoʻqoldi. Taklifni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. – Hasan Xamidovich (munozara) 02:41, 7-Iyul 2024 (UTC)
AT borasida juda yaxshi taklif. Soʻnggi paytda avtomat tarjimalar va avtomat tarjima qiluvchilar soni oshib borayotganligi sababli ushbu taklifni amalga oshirilishi tarafdoriman.Panda D (munozara) 06:46, 7-Iyul 2024 (UTC)
Dono taklif. Qollab-quvvatlayman. Kagansky munozara 14:32, 7-Iyul 2024 (UTC)

Turkumlarni tartibga keltirish haqida

  • Turkum:Mamlakatlarga koʻra oshxonalar,
  • Turkum:Mamlakatlarga binoan oshxonalar
  • Turkum:Mamlakatlar boʻyicha oshxonalar

Mana shu soʻzlarni birini tanlab hamma oʻz bilganidek yozmasdan bir kelishimga kelib turkumlarni tartibga keltirish kerak deb oʻylayman sizlar ham oʻz fikringizni bildirsangiz. Mening fikrimcha uchinchi variantni tanlab olishimiz toʻgʻri boʻladi. Sababi bu variant hudud-joy nomlari bilan birga kelib, harakat, hodisa yoki voqeaning shu joyga taalluqli ekanligini bildiradi.   Mirzoulugʻbek |@  14:18, 3-Iyun 2024 (UTC)

Shunindek Vas okrugidagi aholi punktlari kabi turkumlar ko'payib ketgan "dagi" qo'shimchasi qo'shilganidan so'ng Vas okrugidagi aholi punktlar bo'lishi kerak, yoki Vas okrugi aholi punktlari boʻladi mana shu kabi har kim oʻziga maqul kelganini yozishni toʻxtatib, bir kelishimga kelaylik.   Mirzoulugʻbek |@  05:58, 21-Iyun 2024 (UTC)
"boʻyicha" yaxshi variant. Jamshid Nurqul (munozara) 22:04, 6-Iyul 2024 (UTC)
„Boʻyicha“ variantiga toʻliq oʻtishni qoʻllayman. Hozirda „boʻyicha“ 3,5k, „koʻra“ esa 6,2k marta qoʻllanilgan. Bizga bir xillik kerak. Nataev munozara 23:34, 6-Iyul 2024 (UTC)

Rozilar

  1. „Boʻyicha“ variantiga  Roziman. Ibrohimjon 02:08, 7-Iyul 2024 (UTC)

Oʻzbekcha muqobili mavjud boʻlgan ismlar transliteratsiyasi boʻyicha yangi qoida/yoʻlkoʻrsatkich joriy qilish

Hammaga salom, hurmatli administratorlar (Abdulla, Alpasli, Amir.Temur, Artemev Nikolay, Casual, Kagansky, Laziz Baxtiyorov, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Muxriddin Azimov, Nataev, Nataeva, Panpanchik, Xusinboy Bekchanov) va faol foydalanuvchilar, oʻzbekcha Vikipediyadagi koʻplab maqolalar asosan ingliz tilidan tarjima qilinishi hech kimga sir emas. Inglizcha Vikipediyada, umuman, ingliz tilida Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika (xususan, Afgʻoniston, Eron, Pokiston, arab mamlakatlari, Sharqiy Turkiston va b.) hududlaridan chiqqan mashhur shaxslarning (siyosiy arboblar, sportchilar va b.) ismlari ingliz tili qoidalari asosida lotinlashtirilishi ham barchamizga maʼlum. Shu hududlardan chiqqan Ensiklopedik ahamiyatga ega shaxslar/mavzular haqidagi maqolalarda ingliz tilidan oʻzbekcha muqobili mavjud, oʻzbeklar uchun begona boʻlmagan ismlar ham Gʻarbga xos koʻrinishda olib oʻtilmoqda. Masalan: Mohamed Salah, Sayed Tahir Shah, Nader Joukhadar, Rabia ibn Umayya, Kader Abdolah, Hossein Zamani. Lekin agar shaxs haqida oʻzbek OAVda yoritilgan boʻlsa, ismning inlizcha emas, oʻzbekcha muqobili olinmoqda, misollar: Abdul Gʻani Barodar (inglizchasi: Abdul Ghani Baradar), Haybatulloh Oxundzoda (inglizchasi: Hibatullah Akhundzada). EAga ega shaxsning ismi, agar oʻzbekcha muqobili mavjud boʻlsa-yu, oʻzbek OAVda u haqida yoritilmagan boʻlsa ham, ismning oʻzbekcha muqobilini yozsak, bu ishimiz VP:MTT qoidalariga zid boʻlmaydi, deb hisoblayman.

Yuqoridagi fikrlar asosida bir yoʻlkoʻrsatkich yaratsak, unda bir jadval qilib ismning inglizcha (yoki boshqa biror tilda) yozilishi va uning oʻzbekcha muqobili tavsiya tarzida yozib borilsa yaxshi boʻlardi. Biror foydalanuvchida jadvalga kiritilmagan ism borasida savol tugʻilganida oʻsha qoida munozarasida yozib munozara qilishi, munozara yakuniga koʻra oʻsha ismning hammaga maʼqul boʻlgan koʻrinishi jadvalga qoʻshib qoʻyilishi mumkin boʻladi.

Quyida jadval namunasi keltiriladi:

Boshqa tillarda uchrashi Oʻzbekcha muqobili
Abdul Kader Abdulqodir
Abdolah Abdulloh
Hossein Husayn
Kader Qodir
Mohamed Muhammad
Sayed Said (kam hollarda Sayyid)

Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 22:16, 7-Iyul 2024 (UTC)

  • Yana bir holat, Kavkaz xalqlarida keng tarqalgan ayrim ismlar yozilishi boʻyicha ham kengashib olishimizga toʻgʻri kelarkan, masalan: Xabib Nurmagomedov (hozir maqola shunday nomlangan, yangi qoida kuchga kirsa sportchining ismini „Xabib“ emas, „Habib“ deb yozish kerak boʻladi) maqolasini „Xabib Nurmuhammadov“ deb oʻzgartirish, Magomed Nurbagandov maqolasini „Muhammad Nurbagandov“ deb oʻzgartirish xatolikdek tuyulyapti menga. Shu sababli ayrim ismlarga, ayniqsa avvaldan (SSSR davrida) transliteratsiya qilinmagan, aslicha yoki rus tilidan kirib kelganidek yozilgan ismlar roʻyxatini ham yigʻish kerak boʻlarkan. Rus tilida yozilishi Гамзатов shaklida boʻlgan familiya bizda avvaldan Hamzatov shaklida yozib kelingan, bunday holatlarni ham hisobga olishimiz kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 23:05, 7-Iyul 2024 (UTC)

Rozilar

  1. Ushbu qoida Oʻzbekcha Vikipediya uchun yuqori darajada dolzarbligi sabab  Roziman— Bu xabarni Mirishkorlik (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi