[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Blackpool minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Blackpool Minorasidan yoʻnaltirildi)

Blackpool minorasi 1894-yil 14-mayda Angliyaning Lankashire shtatidagi Blackpool shahrida qurilgan turistik diqqatga sazovor joylardan biri. U ochilgan davrda Blackpool minorasi Britaniya imperiyasidagi eng baland, inson tomonidan yasagan inshoot edi[1]. Parijdagi Eyfel minorasidan ilhomlanib, 518 fut (158 m) balandlikda bunyod etilgan. Minora dunyodagi eng baland minoralar orasida 125-o‘rinda turadi[2]. Blackpool minorasi, shuningdek, 1973-yilda I darajali binolar roʻyxatiga kiritilgan. U minora, minora sirki, minora bal zali va tom bogʻlarini oʻz ichiga olgan, qizil gʻishtdan qurilgan uch qavatli blokdagi koʻngilochar Tower Buildings majmuasining umumiy kompleksini tashkil etadi[3].

  1. „Would you dare to look down on Blackpool?“ (en). The Independent (2011-yil 2-sentyabr). — „When completed, Blackpool Tower was the tallest building in Britain.“. Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.
  2. „The Skyscraper Center“. Qaraldi: 2016-yil 24-oktyabr.
  3. „The Blackpool Tower Heritage Trail (81–90)“. The Blackpool Tower. 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 1-noyabr.