[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Nasaf (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nasaf Qarshidan yoʻnaltirildi)
Nasaf
Toʻliq nomi Nasaf futbol klubi
Laqabi „Ajdarlar“
Asos solingan 1986 (38 yil avval) (1986)
Stadion Qarshi markaziy stadioni
Prezidenti Oʻzbekiston Shuhrat Aslanov
Bosh direktori Oʻzbekiston Alisher Yusupov
Murabbiyi Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
Budjeti 8 million dollar
Vebsayt Rasmiy sayti
Musobaqasi Oʻzbekiston Superligasi
2024 1
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Nasaf – Qarshi shahrining (Qashqadaryo viloyati) futbol jamoasidir. 1986-yilda tashkil topgan. Klub „ajdarlar“ laqabi bilan ham mashxur. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Super Ligasi qatnashchisi[1]. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogida 4 marta golib boʻlgan.

Tarixi

Jamoa nomi

  • 1986—1991: Geolog
  • 1992: Paxtachi
  • 1993—1995: Nasaf FK
  • 1996: Dinamo-Nasaf
  • 1996—h. v.: Nasaf FK

Tarix

„Nasaf“ jamoasi 1987-yilda tashkil etilgan. Jamoa Oʻzbekiston oliy ligasida 1997-yildan beri ishtirok etadi.

1994-yilda Qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning „Mashʼal“ jamoasi birinchi ligada gʻoliblikni qoʻlga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ammo yosh, tajribasiz, asosan mahalliy yigitlardan tashkil topgan jamoa ikki yil oliy ligada oʻz oʻrnini saqlab qoldi. Oʻsha tarkibda hozirda barcha yaxshi taniydigan Asror Aliqulov, Anvar Berdiyev, Oleg Qahhorov singari charm toʻp ustalari harakat qilishgan. 1997-yil viloyat rahbariyatining saʼy-harakati bilan „Mashʼal“ oliy ligadagi oʻz oʻrnini „Nasaf“ jamoasiga boʻshatib bergan. Bungacha birinchi ligada Qarshi shahri sharafini „Dinamo-Nasaf“ (avvalgi nomlari „Geolog“, „Nasaf“) jamoasi himoya qilib kelgan. „Mashʼal“ esa birinchi ligada „Dinamo-Nasaf“ oʻrnini egalladi. Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi oʻzaro rokirovkasidan soʻng 1997-yilgi mavsumdan boshlab „Nasaf“ klubining oliy ligadagi ishtiroki boshlangan. Oʻsha yili qarshidagi „Mehnat“ stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, „Nasaf“ markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.[2]

1998-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yanada yuqorilashda davom etdi. Garchi „Andijon“ jamoasidan qabul qilingan qaqshatqich (0:6) magʻlubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov isteʼfoga chiqqan boʻlsa-da, uning adashi Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi boʻlib yetib kelgan. Ammo oʻzining uchinchi mavsumini klub oʻz tarixidagi hozirgacha eng yomon natija – 11-oʻrin bilan yakunlagan. Oʻsha 1999-yilgi omadsizlikdan keyin jamoada tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qoʻqonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qoʻl ostida „Nasaf“ birin-ketin oʻz tarixidagi eng yuqori choʻqqilarni zabt eta boshladi. XX asrning ilk yillaridayoq „Nasaf“ chempionatimizda peshqadamlardan umuman hayiqmaydigan jamoa sifatida gavdalandi. qarshida oʻtgan bellashuvlarda amaldagi chempion „Doʻstlik“ va „Neftchi“, „Navbahor“ „Paxtakor“ jamoalari ham magʻlubiyat alamini tatib ortlariga qaytishdi. Oʻsha yili jamoa chempionatda 85 ochko toʻplab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pogʻonada yakunladi. Bu qarshiliklarning oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. Jamoa hujumchisi Zafar Xolmurodov ham chempionat toʻpurarlari bahsida jamoasi singari „bronza“ pogʻonani band etdi. Jamoa raqiblari darvozasini 92-marta ishgʻol etgan boʻlsa, shu gollarning salkam uchdan bir qismiga Xolmurodov mualliflik qildi. 2001-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yana bronza medalini oʻz muzeyiga olib ketdi.

2001-2002-yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish „Nasaf“ning chekiga tushdi. „Doʻstlik“ va „Neftchi“ jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa „Nasaf“ga yuklandi va qarshilik futbolchilar oʻshanda qitʼada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik koʻrsatishdi. „Nasaf“chilar mamlakatimiz jamoalari orasida „Neftchi“dan keyin qitʼaning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar yetib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qitʼa turnirida toʻrtinchi pogʻonani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. Oʻzbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar yetib keldi va „Paxtakor“ga magʻlub boʻldi (1:3).

2003—2004-yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom Hakimovning „Nasaf“dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga yetgan. 2005-yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga olgach, qarshiliklar birinchi davrani birinchi pogʻonada yakunlashdi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor boʻldi. 2006-yili Bahrom Hakimov yana „Nasaf“ga qaytdi va jamoa bilan toʻrtinchi marta bronzani qoʻlga kiritgan.

Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning oʻzagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan boʻlsa-da, baribir vaqt oʻz hukmini oʻtkaza boshladi. Natijada 2007-yili ikkinchi davrani Fomichyov qoʻl ostida oʻtkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi. 2008-yilgi mavsumda esa „Nasaf“ 9-oʻrin bilan cheklandi. Natijada yil oxiriga kelib klub rahbariyatida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. „Nasaf“ni oliy ligadagi muvaffaqiyatlariga tamal toshini qoʻygan Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Nafaqat Qashqadaryoda, balki mamlakatimizdagi yetakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblangan „Shoʻrtangaz Kimyo“ majmuasi klub muassisi va bosh homiysi qilib belgilandi.

AFC Persepolis FC and FC Nasaf Match

2009-yilda Viktor Kumikov qoʻl ostida „Nasaf“ futbolchilari mavsumni koʻtarinki ruhda oʻtkazib, uch yillik tanaffusdan keyin beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi.[3] Mavsum-2010 da esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana – 3-oʻrin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klub qoshida futbol akademiyasi ish boshladi va oʻzining ilk kurtaklarini berdi. Unga Ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994 – 1995-yilda tugʻilgan) oʻz tengqurlari orasida 2010-yili mamlakat chempioniga aylandi.

2011-yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan boʻldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar oldiga bir yoʻla uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, Oʻzbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qoʻyildi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qoʻl ostida qarshilik futbolchilar 2011-yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qoʻlga kiritishdi.

„Nasaf“ 2012-yilgi futbol mavsumini yangi murabbiy qoʻl ostida boshladi. Jamoada ancha yillar toʻp surgan va jamoaning haqiqiy yetakchisi hamda keyingi uch yilda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Roʻziqul Berdiyev boshqaruviga oʻtdi. Jamoamizning Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki ham muvaffaqiyatsiz kechdi. Roʻziqul Berdiyev mavsumning birinchi davrasi yakunlanmasdan turib, bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilinadi. Mavsum oxiriga kelib, uning oʻrnida faoliyat yuritgan murabbiyning ishidan qoniqmagan klubimiz rahbariyati yana jamoa boshqaruvini Berdiyevga topshirishadi. Shu yili jamoamiz chempionatni 4-pogʻonada yakunlashdi. Oʻzbekiston Kubogi finalida esa Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga magʻlub boʻldi.

2013-yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan jamoamiz mavsum oxiriga kelib, peshqadamlar safidan joy oldi. Shu yili jamoamiz yana bronza sovrini sohibiga aylandi va oʻz tarixida toʻrtinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finalchisiga aylandi. Ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga yutqazib (2:1) qoʻygan jamoamiz billur sovringa egalik qila olmadi. Shu yilgi mavsum yakuni boʻyicha Roʻziqul Berdiyev mamlakatimizning „Eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasi boʻyicha yil laureatiga aylandi. Jamoamiz shuningdek Osiyo chempionlar ligasini pley-offda boshlaydigan boʻldi.

Afsuski, 2014-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Jamoamiz safarda Qatarning „Al-Jaish“ klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va asosiy eʼtiborini ichki chempionatga qaratdi. Natijada „Nasaf“ oʻz tarixida sakkizinchi marotaba bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

2015-yilgi futbol mavsumi klubimiz tarixida oʻchmas iz qoldiradigan boʻldi. Yaʼni „Nasaf“ oʻz tarixida beshinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finaliga chiqib, 17-oktyabr kuni Jizzax shahrida oʻtkazilgan final uchrashuvida Toshkentning „Bunyodkor“ klubini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Chempionat yakuni boʻyicha toʻqqizinchi marotaba bronza sovrindoriga aylandi.

2016-yilgi futbol mavsumi ham jamoamiz uchun omadli boshlandi. „Nasaf“ klubi 2016-yil 17-fevral kuni Toshkent shahridagi muhtasham „Bunyodkor“ stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvida, amaldagi mamlakat chempioni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi.

2017-yilgi mavsum jamoamiz uchun koʻtarinki ruhda oʻtdi. „Nasaf“ oʻz tarixida ikkinchi bor kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu natijaga klubimiz 2011-yili ilk marta erishgan edi. Bu orqali klubimiz OCHL-2018 musobaqasini pley-off bosqichidan boshlaydigan boʻldi. Bundan tashqari jamoamiz ustozi Roʻziqul Berdiyev, murabbiylik faoliyatida uchinchi marta OʻFF tomonidan „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ sifatida eʼtirof etildi.

Jamoamiz 2018-2019-yillardagi pasayishdan soʻng[4] 2020-yilgi futbol mavsumini kutilganidan ancha yuqori ruhda oʻtkazdi va yakunda oʻz tarixida uchinchi bor kumush medallarni rasmiylashtirib qoʻydi. Eng qiziqarlisi jamoamiz Superliga jamoalari ichida eng yosh jamoa boʻlgani holda ushbu natijaga erishdi. Futbolchilarimizning bu natijaga erishishiga bosh sababchilardan biri boʻlgan Roʻziqul Berdiyev oʻz murabbiylik faoliyati davomida toʻrtinchi bor Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Roʻziqul Berdiyev ushbu sovrinlarning barchasini aynan „Nasaf“ bilan qoʻlga kiritgan. 2020-yilda bosh jamoamizdan tashqari oʻrinbosarlar jamoasi ham sovrinli oʻrinlardan joy oldi va chempionatning bronza medallari bilan taqdirlandi. „Nasaf“ U-18 jamoasi esa qatorasiga uchinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda jamoa 10 yillik tanaffusdan soʻng yana OFK Kubogida ishtirok etdi. Bu safargi jamoa 10 yil oldingi jamoadan butunlay farq iladi. Sababi hozirgi jamoaning asosini oʻz vaqtida poydevori qoʻyil „Nasaf“ futbol maktabining tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Jamoa yosh boʻlishiga qaramasdan OFK Kubogi finaligacha yetib bordi. Afsuski Bahraynda boʻlib oʻtgan final uchrashuvida maydon egalari „Al Muharraq“ jamoasiga magʻlub boʻldi. Joriy mavsumda 41 rasmiy uchrashuv oʻtkazgan jamoa sovrinsiz qolmadi. Samarqandda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kubogi Finalida qarshiliklar oʻzlarining ashaddiy raqiblaridan biri boʻlgan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda bir kishi kam boʻlib qolgan jamoamiz iroda koʻrsatib 1:2 hisobida gʻalaba qozonishdi[5].

2023—2024-yilgi Oʻzbekiston chempionati

Oʻzbekiston Superligasi 2023—2024-yilgi mavsumni Nasaf jamoasi 4-aprel kuni Qarshimarkaziy stadionida „Andijon“ klubiga qarshi bahs bilan boshladi. Oʻyin andijonliklarning kichik 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[6]. Super Liga 2-turini Qarshi jamoasi Toshkentning „Turon“ jamosiga Qarshi oʻtkazgan. Qashqadaryoda boʻlgan oʻyinda Qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[7]. Superliganing 3-tur uchrashuvida Nasaf Buxoro klubi mehmoni boʻlgan va kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[8]. 4-tur oʻyinida Qizilqum mehmoni boʻlgan qarshiliklar 1:1 hisobidagi oʻyin bilan murosa koʻchasini tanlaganlar[9]. Beshinchi turda Nasaf futbolchilari Surxon jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan[10]. Superliganing oltinchi tur bahsida Bunyodkor mehmoni boʻlgan Nasaf jamoasi 1:1 hisobidagi durrang natijani qayd etishdi[11]. Superliganing yettinchi tur bahsida Olimpik jamoasini qabul qilib 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba erishishgan[12]. Toʻqqizinchi tur bahsida qarshliklar Navbahro futbol klubi bilan bahslashgan, oʻyin 0:0 hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan[13]. Oʻninchi tur bahsida Metallurg jamoasini 2:1 hisboda magʻlubiyatga uchratishgan[14]. Oʻn ikkinchi turda Soʻgʻdiyona mehmoni boʻlgan qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[15]. Superliganing oʻn uchinchi turida Toshkentning OKMK klubini qabul qilgan Nasaf jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[16]. Oʻn toʻrtinchi tur bahsida nasaf jamoasi Andijon mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0:0 hisobidagi durrang bilan yakunlangan[17]. Superliganing oʻn beshinchi tur bahsida Qarshi jamoasi Turnon futbol klubiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[18]. Keyingi turni Qarshining Nasaf jamoasi oʻz uy stadionida Buxoro futbol klubiga qarshi oʻtkzilishi rejalashtirilgan.

Jamoaning rekordlari

Jamoa tarkibida eng koʻp maydonga chiqqan oʻyinchi – Roʻziqul Berdiyev (314 marotaba).

Jamoaning eng yaxshi toʻpurari – Zafar Xolmurodov (181 ta).

Bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi — Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000-yil).

Eng yirik gʻalabasi – 7:0 („Metallurg Bekobod“, 2004-yil), 8:1 („Andijon“, 2004-yil).Eng yirik magʻlubiyati – 0:6 („Andijon“, 1998-yil).

Stadion

Qarshi „Markaziy“ oʻyingohi 2006-yilda Qarshi shahri mezbonlik qilgan „Umid nihollari“ musobaqasi uchun qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2008-yilda „Nasaf“ futbol klub uy uchrashuvlarini aynan shu oʻyingohda qabul qilishni boshlagan.

„Markaziy“ oʻyingoh turli xil xalqaro musobaqalar OFK Kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi, 21 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2011-yilda Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan OFK Kubogi finalida „Nasaf“ jamoasi Quvaytning „Quvayt SK“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib Oʻzbekistonda klublar oʻrtasida birinchi xalqaro musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

2006-yilda foydalanishga topshirilgan. 2011 va 2017-yillarda qaytda taʼmirlangan. Dastlab oʻyingoh 16 000 muxlisga moʻljallangan boʻlsa, hozirgi vaqtda 21 000 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Oʻyingohda 4 ta kiyim almashtirish xonasi, 12 ta yuqori martabali mehmonlar VVIP xonasi, 900 VIP oʻrindiqlari, 2 ta tibbiyot xonasi, 2 ta hakamlar xonalari mavjud.

Ichki oʻyinlar tarixi

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Toʻpurar Bosh murabbiy
Divizion Pozitsiya Oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat GS GA P Nomi Liga
1997 1 6 34 15 8 11 68 57 53 Chorak final Oʻzbekiston Baxtiyor Davlatov 16 Oʻzbekiston Viktor Borisov
1998 1 5 30 12 9 9 43 31 45 Chorak final Oʻzbekiston Anvar Berdiyev

Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev

9 Oʻzbekiston Viktor Borisov
Oʻzbekiston Viktor Makarov
1999 1 11 30 10 5 15 42 54 35 Yarim final Oʻzbekiston Anvar Berdiyev 12 Oʻzbekiston Viktor Makarov
2000 1 3 38 26 7 5 92 52 85 Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 30 Oʻzbekiston Bahrom Hakimov
2001 1 3 34 22 5 7 82 47 71 Yarim final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 21 Oʻzbekiston Bahrom Hakimov
2002 1 4 30 18 4 8 59 38 58 Yarim final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov

Oʻzbekiston Otabek Qilichev

8 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2003 1 4 30 19 3 8 58 40 60 Ikkinchi oʻrin Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 16 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2004 1 4 26 17 3 6 66 31 54 1/8 final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 29 Oʻzbekiston Bahodir Davlatov
2005 1 3 26 16 3 7 50 31 51 Chorak final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 24 Ukraina Oleg Morozov
2006 1 3 30 22 4 4 63 33 70 1/8 final Turkmaniston Vitaliy Alekperov 15 Oʻzbekiston Bahrom Hakimov
2007 1 6 30 13 5 12 43 43 44 Chorak final Oʻzbekiston Zafar Xolmurodov 17 Qozogʻiston Vladimir Fomichyov
2008 1 9 30 10 5 15 28 36 35 1/8 final Oʻzbekiston Jasur Boboyev 7 Rossiya Viktor Kumikov
2009 1 3 30 16 7 7 48 27 55 Yarim final Oʻzbekiston Ilhom Shomurodov 10 Rossiya Viktor Kumikov
2010 1 3 26 13 7 6 30 20 46 1/8 final[19] Oʻzbekiston Ilhom Shomurodov 6 Rossiya Viktor Kumikov
Ukraina Anatoliy Demyanenko
2011 1 2 26 15 8 3 43 15 53 Ikkinchi oʻrin Latviya Andrejs Perepļotkins 7 Ukraina Anatoliy Demyanenko
2012 1 4 26 14 7 5 37 20 49 Ikkinchi oʻrin Turkmaniston Artur Gevorkyan 9 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
Oʻzbekiston Usmon Toshev
2013 1 3 26 18 4 4 64 27 58 Ikkinchi oʻrin Turkmaniston Artur Gevorkyan 18 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2014 1 3 26 16 7 3 45 21 55 Yarim final Turkmaniston Artur Gevorkyan 18 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2015 1 3 26 19 5 6 46 20 62 Gʻolib Oʻzbekiston Ilhom Shomurodov 12 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2016 1 3 30 18 9 3 46 13 63 Ikkinchi oʻrin Serbiya Dragan Cheran 12 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2017 1 2 30 20 2 8 58 18 62 Yarim final Serbiya Dragan Cheran 19 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2018 1 7 20 9 7 4 24 16 34 1/8 final Oʻzbekiston Bobur Abduxoliqov 13 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2019 1 7 26 9 6 11 34 27 33 Yarim final Oʻzbekiston Xumoyun Murtozoyev 14 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2020 1 2 26 15 8 3 47 19 53 Yarim final Oʻzbekiston Bobur Abduxoliqov 17 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2021 1 4 26 13 6 7 42 24 45 Gʻolib Oʻzbekiston Husayin Norchayev 13 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2022 1 3 26 13 10 3 37 16 49 Gʻolib Oʻzbekiston Husayin Norchayev 9 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2023 1 2 26 13 9 4 31 16 48 Gʻolib Oʻzbekiston Husniddin Aliqulov 5 Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
2024 1 1 Guruh bosqichi Oʻzbekiston [[]] 5 Oʻzbekiston [[]]

Xalqaro maydondagi oʻyinlar

2018-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida Persepolisga qarshi maydonga tushgan Nasaf futbolchilari
Xalqaro maydondagi barcha natijalar 2024-yil 21-fevral xolatiga koʻra toʻgʻri
Musobaqa D M UG QG
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 9 5 2 2 17 14
OFK kubogi 26 19 3 4 70 20
Osiyo Chempionlar ligasi 43 13 12 18 46 55
Jami 78 37 17 24 133 89
Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Natija
2001-02 Osiyo chempionlar kubogi Birihchi raund Turkmaniston FK Köpetdag Aşgabat 1-0 3-0 4-0
Second round Tojikiston Umed Dushanbe 4-1 3-2 7-3
Quarter-finals Kuvayt Al-Kuwait 1-1 Ikkinchi
Eron Esteghlal 1-1
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wahda 2-1
Semi-finals Janubiy Koreya Suwon Samsung Bluewings 0-3
Third place match Eron Esteghlal 2-5
2010 OFK kubogi Group C Livan Al-Ahed 4-0 4-0 Ikkinchi
Suriya Al-Jaish 2-1 1-1
Kuvayt Kazma 1-2 0-0
Round of 16 Suriya Al-Karamah 0-1
2011 OFK kubogi Group A Livan Al-Ansar 3-0 4-1 Birinchi
Yaman Al-Tilal 7-1 3-2
Hindiston Dempo 9-0 4-0
Round of 16 Iordaniya Al-Faisaly 2-1
Quarter-finals Tailand Chonburi 0-1 1-0 1-1 (q.v)

(4-3 p)

Semi-finals Iordaniya Al-Wehdat 1-0 1-1 2-1
Final Kuvayt Al-Kuwait 2-1
2012 Osiyo chempionlar ligasi Group A Birlashgan Arab Amirliklari Al-Jazira 2-4 1-4 Toʻrtinchi
Eron Esteghlal 0-2 0-0
Qatar Al-Rayyan 0-1 1-3
2014 Osiyo chempionlar ligasi Qualifying play-off round 2 Qatar El Jaish 1-5
2015 Osiyo chempionlar ligasi Group D Eron Tractor Sazi 2-1 2-1 Uchinchi
Saudiya Arabistoni Al-Ahli 0-0 1-2
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ahli 0-1 0-0
2016 Osiyo chempionlar ligasi Group D Saudiya Arabistoni Al-Ahli 2-1 1-2 Toʻrtinchi
Qatar El Jaish 0-0 0-1
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Ain 1-1 0-2
2017 Osiyo chempionlar ligasi Preliminary round 2 Bahrayn Al-Hidd 4-0
Play-off round Saudiya Arabistoni Al-Fateh 0-1
2018 Osiyo chempionlar ligasi Play-off bosqichi Iordaniya Al-Faisaly 5-1
Group C Eron Persepolis 0-0 0-3 Uchinchi
Birlashgan Arab Amirliklari Al-Wasl 1-0 2-1
Qatar Al-Sadd 1-0 0-4
2021 OFK kubogi Group F Qirgʻiziston Alay 4-0 Birinchi
Tojikiston Khujand 3-0
Turkmaniston Altyn Asyr 2-0
Markaziy Osiyo Zona finali Turkmaniston Ahal 3-2
Inter-zona play-off yarim finali Hindiston ATK Mohun Bagan 6-0
Inter-zona play-off finali Gonkong Lee Man 3-2 (q.v)
Final Bahrayn Al-Muharraq 0-3
2022-yil Osiyo chempionlar ligasi Play-off bosqichi Birlashgan Arab Amirliklari Baniyas 2-0
E guruhi Qatar Al-Sadd 3-1 1-1 Ikkinchi
Iordaniya Al-Wehdat 2-0 2-2
Saudiya Arabistoni Al-Faisaly 0-1 0-0
Nimchorak final Saudiya Arabistoni Al-Shabab
2023-yil Osiyo chempionlar ligasi
B guruhi Iordaniya Al-Faisaly 3-1 0-1 Birinchi
Qatar Al-Sadd 3-1 ?
Birlashgan Arab Amirliklari Sharjah 1-1 1-0
Nimchorak final Birlashgan Arab Amirliklari Al Ain 0-0 2-1 1-2

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1)
    • 2024
  • „Halol oʻyin uchun“ sovrini sohibi.
    • 2011, 2022

Texnik xodimlar

Murabbiylar shtabi

Lavozim Ism
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Shuhrat Toshpoʻlatov
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Ilnur Sibagatulin
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Davron Karimqulov
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Andrey Bezborodov
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Asliddin Hasanov

Boshqaruv

Lavozim Ism
Prezident Shuhrat Aslanov
Bosh direktor Alisher Yusupov
Sport direktori Sergey Kucherenko
Texnik direktor Botir Qorayev

Futbolchilar

Joriy tarkib

2024-yil 31-iyul[21]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Umidjon Ergashev
2  UZB HM Alibek Davronov
 UZB HM Shohjahon Sultonmurodov
 UZB HM Dilshod Komilov
5  UZB HM Gʻolib Gʻaybullayev
6  UZB YH Murodbek Rahmatov
7  UZB YH Akmal Mozgovoy
8  UZB HM Zafarmurod Abdurahmatov
9  UZB YH Javohir Siddiqov
10  UZB HJ Bobur Abduholiqov
13  UZB YH Adhamjon Musulmonov
14  UZB YH Sharof Muhiddinov
20  BRA HJ Victor da Silva
Amplua Futbolchi
21  UZB HJ Doniyor Narzullayev
22  UZB HM Igor Golban
25  UZB YH Bekjon Rahmatov
27  UZB HJ Islom Kenjaboyev
28  UZB HM Shuhrat Muhammadiyev
32  SRB HJ Zoran Marušić
34  UZB HM Sherzod Nasrullaev
35  UZB DR Abduvohid Nematov
70  GEO YH Jaba Jighauri
77  UZB YH Oybek Bozorov
88  SRB YH Marko Stanojević
 SRB YH Stefan Čolović
 SSD HJ Valentino Yuel

U19

# Futbolchi Oʻyin Daqiqa Bosh Alm Qoʻsh Zax Gol§ OʻG Toʻp Gol+Toʻp SK 2SK QK
83 Asilbek Maʼrupov 0
39 Nazirjon Rahmatullayev 0
46 Avazbek Abdurakhmonov 0
25 Mirjalol Nurmamatov 1 1 1
5 Muhammadbobur Moʻydinov 1 90 1
79 Diyor Rahmatilloyev 1 1
79 Otabek Ikromov 1 32 1 1
19 Ravshan Xayrullayev 1 90 1
49 Samandar Toʻychiyev 1 1
18 Sarvar Abduhamidov 1 90 1
49 Firdavs Hamidullayev 1 1
71 Dostonbek Qurbonov 1 68 1 1
24 Roʻziboy Fayzullayev 2 165 2 1
35 Sayidin Mavlonov 2 66 2
2 Ulugʻbek Xoliqov 2 58 1 1 1 1
70 Alisher Xayrullayev 2 180 2 1
57 Xosil Erkinov 2 43 2 1
74 Abdullajon Dehqonov 2 34 1 1 1
56 Muhammadali Abdualiyev 3 45 3 1 1 1
93 Asror Shamsutdinov 4 208 2 1 1 2
60 Dovrugʻbek Abdugʻaniyev 4 15 3 1 1
59 Abbos Musaboyev 4 2 1 3
63 Sanjarbek Ablayev 4 156 2 1 1 1 1 1
59 Akbar Rixsiyev 4 4
21 Xumoyunmirzo Zaylidinov 4 68 1 1 1 2
67 Murodjon Erkinov 5 218 2 1 2 1
64 Dilshod Rahmonov 5 130 1 2 2 1
73 Azizbek Anvarov 7 441 5 3 2 2
1 Samandar Joʻrabekov 8 540 6 2
72 Samirjon Rabbimov 9 648 7 1 1 1 1 1
40 Dilshod Pirimqulov 11 403 2 6 3 2 2 1
89 Kamron Hamroyev 12 4 1 11
52 Jasur Jumanazarov 12 635 7 4 4 1 3
32 Zafarbek Rahimjonov 13 1044 11 1 1 1 4 2
49 Bexruz Abdullayev 13 659 8 6 4 1 9 9 1
44 Asrorbek Otaxonov 13 965 11 1 1 1 1 1 4
51 Muhammadyusuf Orifjonov 13 1085 12 6 1 10 10 5 1
37 Shohruxxon Noʻmonov 15 1159 14 5 1 4
92 Samandar Islomov 15 98 2 2 8 5 1 1 1
98 Dilruh Aliyev 16 1165 13 2 3 2
36 Mansur Sharipov 16 341 1 1 11 4 2
27 Ravshanbek Abdumannonov 17 1420 16 4 1 12 12 5
45 Artyom Miftiyev 18 1265 15 2 3 2
42 Ibrohim Ergashaliyev 18 1492 18 8 11 11 3
38 Ali Rixsiboyev 19 1666 19 1 2 2 3
43 Ruslan Mangold 20 1790 20 2 14 (2) 14 5
58 Ozodbek Ergashev 29 1242 14 7 10 5 2 2 6

U21

# Futbolchi Oʻyin Daqiqa Bosh Alm Qoʻsh Zax OʻG Toʻp Gol§ Gol+Toʻp SK 2SK QK
67 Murodjon Erkinov 1 11 1
49 Firdavs Hamidullayev 1 44 1
73 Azizbek Anvarov 2 122 1 1
60 Dovrugʻbek Abdugʻaniyev 2 5 1 1
21 Xumoyunmirzo Zaylidinov 2 134 1 1 1
72 Samirjon Rabbimov 3 270 3 1
99 Vladimir Vagin 4 360 4
15 Dilshod Raxmanov 4 173 2 2 2
98 Dilruh Aliyev 5 5
43 Ruslan Mangold 5 206 2 1 3
26 Mirkomil Abdurazzoqov 7 427 6 3 1 2 2 1
51 Muhammadyusuf Orifjonov 8 297 1 1 6 1 2 2 2
77 Asilbek Qayumov 8 477 6 6 2 2 2 1
79 Otabek Ikromov 9 216 3 3 3 3 1 1
42 Ibrohim Ergashaliyev 9 295 3 2 4 2 1
2 Arslonbek Bahromov 10 581 7 3 2 1 1
37 Shohruxxon Noʻmonov 11 747 9 3 2 2
29 Diyorbek Toirov 12 784 10 7 1 1 3 3 3
5 Muhammadbobur Moʻydinov 13 1068 13 3 1
2 Ulugʻbek Xoliqov 13 503 5 2 3 5 1 1
10 Bektemir Abdumannonov 13 928 11 5 2 6 (1) 6 4
40 Dilshod Pirimqulov 14 201 2 2 6 6
3 Akbar Abdurasulov 16 1339 15 1 1 4 1
20 Daler Sharipov 16 1235 14 3 2 7 7 4
21 Muhammadaziz Ibrohimov 16 1062 11 4 3 2 1
44 Asrorbek Otaxonov 18 277 3 2 2 13 2
5 Behruz Misiraliyev 20 1367 15 1 1 4 1 1 4
19 Ravshan Xayrullayev 20 1439 14 2 6 2 2 4 1
18 Sarvar Abduhamidov 20 1683 20 8 1 1 2
27 Ravshanbek Abdumannonov 22 988 8 12 2 6 6 4
35 Samandar Murodboyev 23 1890 21 2
13 Kamronjon Murodov 23 418 5 5 13 5 1 1 3
24 Roʻziboy Fayzullayev 23 1925 23 6 6
28 Nosirjon Abdusalomov 23 1554 18 8 5 (2) 2 8
1 Samandarbek Joʻrabekov 24 90 1 23
32 Zafarbek Rahimjonov 24 1216 11 9 4 6 1
70 Alisher Xayrullayev 24 1804 23 15 1 2 2 6 1
15 Rian Islomov 24 1851 22 9 2 4 (1) 4 4 1
41 Behruz Abdullayev 24 994 11 6 10 3 13 13 3 1
47 Abduvohid Oxtoyev 25 1195 14 7 10 1 1

Bosh murabbiylari tarixi

Ismi sharifi Faoliyati davri
Oʻzbekiston Viktor Borisov 1997-98
Oʻzbekiston Viktor Makarov 1998-99
Oʻzbekiston Bahodir Davlatov 2000-04
 UKR Oleh Morozov 2005
Oʻzbekiston Bahrom Hakimov 2006
Qozogʻiston Vladimir Fomichyov 2007
Rossiya Viktor Kumikov 2008-2010
Ukraina Anatoliy Demyanenko Avg 12, 2010-Yan 4, 2012
Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev Yan 9, 2012-May 12
Oʻzbekiston Usmon Toshev May 2012-Noy 12
Oʻzbekiston Roʻziqul Berdiyev Noy 2012-

Mashxur futbolchilar

Yana qarang

Manbalar

  1. „Coca-Cola Суперлига-2020 жамоалари заявкаси“. pfl.uz. 2020-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  2. „Мозийга қайтиб ёхуд "Насаф"нинг тарихий суратлари“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  3. „АРХИВ. 2009 йилги "Бунёдкор" - "Насаф" учрашуви, майдонда Шомуродов ва Муртозаев“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  4. „ВИДЕО АРХИВ. "Насаф" - "Бунёдкор". Мурзоевнинг суперголи ва Қаршидаги ажойиб муҳит“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  5. „KLUB TARIXI“. 2022-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
  6. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  7. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  8. https://pfl.uz/uzb/m/match/15209[sayt ishlamaydi]
  9. https://pfl.uz/uzb/m/match/15210[sayt ishlamaydi]
  10. https://pfl.uz/uzb/m/match/15224[sayt ishlamaydi]
  11. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  12. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  13. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  14. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  15. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  16. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  17. https://pfl.uz/uzb/m/match/15644[sayt ishlamaydi]
  18. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  19. „АРХИВ. "Насаф" - "Бунёдкор". Мурзоевнинг суперголи ва Қаршидаги ажойиб муҳит“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  20. „Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" "Пахтакор"ни мағлуб этиб, ўз тарихида иккинчи маротаба Суперкубокда ғолиб чиқди“. 2023-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  21. „Nasaf jamoasi tarkibi“. transfermarkt.com. Qaraldi: 8-fevral 2024.

Havolalar