Akonkagua
Akonkagua — Janubiy Amerika And togʻlaridagi choʻqqi. Argentinada, Chili chegarasi yaqinida. Mutlaq balandligi 6960 m (Amerikada eng baland choʻqqi). Asosan andezit togʻ jinsidan tashkil topgan. Qor bilan qoplangan. 7 ta muzlik bor, uzunligi 6 km gacha, umumiy maydoni 80 km².
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |