Dayton (Ohio)
Dayton AQShning Ohio shtatida joylashgan shahardir. Montgomery okrugi tarkibiga kiradi.
Dayton | |
---|---|
Shahar | |
39°45′34″N 84°11′30″W / 39.75944°N 84.19167°W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Ohio |
Okrug | Montgomery |
Hukumat | |
• Mer | Gary Leitzell (I) |
Maydon | 147 km2 (57 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 225 m |
Vaqt mintaqasi | UTC-4, yozda UTC-3 |
Telefon kodi | 937 |
FIPS kodi | 39113 |
|
Aholisi 166,1 ming kishi (2000, shahar atrofi bilan 950 ming kishi). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega aeroporti bor. D. kassa apparatlari ishlab chiqariladigan eng yirik markaz. Mashinasozlik (jumladan avtomobilsozlik) rivojlangan. Stanoklar, turli hisoblash texnikalari, aviatsiya jihozlari, avtomobil ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun jihozlar, elektr priborlari va b. turli sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Metallsozlik, metallurgiya, qogʻoz, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Plastmassa qayta ishlanadi. Universitet, aeronavtika tadqiqot markazi, AQSH harbiy havo bazasi, aviatsiya muzeyi va b. muzeylar bor. Shaharga 1796 yilda asos solingan.
Geografiyasi
tahrirMaydoni — 147 km2. Shundan 144 km2 quruqlik, 2 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 225 m balandlikda joylashgan.
Manbalar
tahrirAdabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrir- www.cityofdayton.org (Wayback Machine saytida 2009-06-18 sanasida arxivlangan)