Gipotalamus gipotalamik soha
Gipotalamus (lotincha: hypothalamus; qadimgi yunoncha: ὑπό [gipo]... va θάλαμος [thalamos] — xona) gipotalamik soha — miyadagi koʻruv boʻrtigʻining ostki qismi; unda vegetativ nerv sistemasining markazlari joylashgan; gipofiz bilan uzviy bogʻlangan. Gipotalamusda nerv hujayralarining 30 juftdan ortiq toʻplamlari — yadrolari bor. Shu nerv xujayralari vazopressin va oksitotsin degan hamda gipofizdan chiqadigan neyrogormonlarni, shuningdek, gipofiz taʼsirida gormonlarning ajralishini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi rilizing-omillarni hosil qiladi. Ular gipofizga taʼsir koʻrsatadi va uni turli xil murakkab gormonlar ajratishga majbur etadi. Gipotalamusraning salgina oʻzgarishini, organizmdagi qand, tuz, suv, gormonlar va b. moddalar miqdorining andak boʻlsada, oʻzgarishini sezadigan reseptorlar bilan taʼminlangan. Gipotalamus moddalar almashinuvini, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, ajratish sistemalari va ichki sekresiya bezlari faoliyatini, uyqu, sergaklik, hayajonlanish mexanizmlarini boshqaradi. Nerv va endokrin sistemalar oʻrtasida aloqa bogʻlaydi.
Gipotalamus tanamizdagi muhim "nazorat markazi" bo'lib, miyaning diensefalondagi sohasi bo'lib, talamus ostida (=hipo) joylashgan. Yuqori markaz sifatida gipotalamus suv va tuz muvozanatini va qonni muvofiqlashtiradi. Bu tana haroratining doimiy bo'lishini ta'minlaydi va oziq-ovqat iste'molini tartibga soladi.Gipotalamus bizning hissiy va jinsiy xulq-atvorimizga ta'sir qiladi va qachon uxlash va qachon uyg'onishimizni belgilaydi.Shuningdek, u endokrin tizimda muhim nazorat organi hisoblanadi, chunki u qachon va qachon bo'lishini tartibga soladi. qancha gormon ishlab chiqariladi.
Gipotalamus vegetativ nerv tizimining po'stloq ostidagi oliy markazidir.Organizmning ichki muhitini doimiyligini ta'minlovchi vegetativ faoliyatlarini idora etib boradi,shuningdek oqsillar yog'lar uglevodlar va tuz almashinuvini idora etadigan markazlar ham gipotalamusda joylashgan.Gipotalamus oz miqdorda yemirilsa,hayvon tana haroratini doimiy bir xil saqlab tura olmaydi.
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |