Peristaltika
Peristaltika (yun. peristaltikos — kamroq oladigan, qisadigan) — kovak (naysimon) ichki aʼzolar (meʼda, ichak, urugʻ kanallari, oʻt yoʻli, siy-dik yoʻli va boshqalar) devorining bir maromda toʻlqinsimon qisqarishi. Shu harakat tufayli bu aʼzolardagi massa va suyuklik oldinga siljiydi.
P. avtomatik tarzda amalga oshadi. Markaziy nerv sistemasi adashgan (pa-rasimpatik) va simpatik nervlar orqali P.ni tormozlaydi yoki tezlashtiradi. Ayrim kasalliklarda P. buziladi. Meʼda shirasining kislotaligi ortganda meʼda P.si kuchayadi. Bunda koʻpincha hiqichoqtutadi, jigʻildon qay-naydi. Ichak P.si mexanik va kimyoviy taʼsirotlar, mahalliy yalligʻlanish, achish va bijgʻish jarayonlari natijasida tezlashadi. Qoʻrqqanda, iztirob chekkanda P. kuchayadi. Kimyoviy va mexanik taʼsirotlar kam taʼsir etganida ichak retseptorlarining qoʻzgʻaluvchanligi pasayganda P. susayadi. Bunda ichaklar boʻylab ovqatning harakati sekinlashadi va surunkali qabziyat paydo boʻladi. Ichki sekretsiya bezlarining ayrim kasalliklarida ham P. susayadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |