[go: nahoru, domu]

Sitoplazma (grekcha: κύτος [sito] - hujayra va πλάσμα [plasma] — shakllangan) — hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oraligʻida joylashgan asosiy tarkibiy qismi (qarang Hujayra). Sitoplazma kolloid sistema — gialoplazma, organoidlar va kiritmalardan tashkil topgan. Sitoplazmadagi kolloid zarrachalar va boshqa tarkibiy qismlar doim harakatda boʻladi. Mikrofibrilla, mikronaychalar va boshqa tolasimon tuzilmalar hujayraning harakat-tayanch sistemasi hisoblanadigan sitoskeletni hosil qiladi. Hayvon hujayralari Sitoplazmasi organoidlari kam boʻlgan, plazmatik membranaga yaqin tashqi qismini ektoplazma, ichki, yadroga yaqin joylashgan organoidlarga boy qismini endoplazma deyiladi. Oʻsimlik hujayralari sitoplazmasi hayvon hujayralaridan maxsus organoidlarplastidalar va yirik vakuolalarning boʻlishi bilan farq qiladi.

Hayvon hujayrasi

Eukaryotik hujayra organellalari:
  1. Yadrocha
  2. Hujayra yadrosi
  3. Ribosoma
  4. Vesicle
  5. Endoplazmatik toʻr
  6. Golji kompleksi
  7. Cytoskeleton
  8. Smooth endoplasmic reticulum
  9. Mitoxondriya
  10. Vakuolalar
  11. Cytosol (organellalarni o'z ichiga olgan suyuqlik; sitoplazmani o'z ichiga oladi)
  12. Lizosoma
  13. Centrosome
  14. Plazmatik membrana