Sizigiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2023-06) |
Sizigiya (yunoncha: syzygia — qoʻshilish, juftlik) — Oyning ikki fazasi — yangi oy va toʻlin oyning umumiy nomi. Bu davrda Yerdan qaraganda Oy yangi oy paytida Quyoshga juda yaqin burchak masofadan oʻtib, u bilan „qoʻshilgani“ tufayli shunday nom olgan. Sizigiya paytidaQuyosh va Oy Yer bilan bir toʻgʻri chiziqda yotadi. Ularning Yer sirtiga beradigan koʻtarilishlari maksimum qiymatga ega boʻladi. Quyosh va Oy tutilishlari doimo sizigiya davriga toʻgʻri keladi. „Sizigiya“ atamasi Quyosh bilan birlashish va unga roʻpara turish maʼnosida sayyoralarga nisbatan ham qoʻllanadi. SIZIF, Sisif (lot. Sisyphus) yunon mifologiyasida shamol maʼbudi Eolning oʻgʻli. Korinf sh. bunyodkori va shohi. Vafotidan soʻng yer osti zulmat dunyosi — Aidaa ogʻir mehnatga mahkum etilgan. Unga koʻra, sizigiya ogʻir harsangtoshni dumalatib togʻning tepasiga chiqarishi lozim boʻlgan, biroqhar gal endi choʻqqiga yetdim deganda tosh pastga qulab keta bergan. Ogʻir. tuganmas, samarasiz ish va azobuqubatni anglatuvchi „Sizif mehnati“, „Sizif toshi“ iborasi shundan. Sizigiyaning mana shunday azobga mahkum etilganining sababi haqida miflarning turli xil variantlari saqlanib qolgan (xudolarning sirlarini oshkor qilib qoʻygani va boshqalar). S obrazi yunon dramaturgiyasi (Esxil, Sofokl, Yevripidlarning saqlanmagan asarlari) yangi davr adabiyotida (A. Kamyu, F. Merl) va tasviriy sanʼatda (Titsian) saqlangan. SIZLOGʻICH, follikulit tuk (soch) xaltachasi ogʻzi (follikula)ning yiringli yalligʻlanishi. Stafilokokklar qoʻzgatadi. Teri tozaligi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, terining tirnalishi va chaqalanishi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, A va S vitaminlar yetishmasligi, koʻp terlash va boshqalar sizigiyaga sabab boʻladi. Faqat yuzdagi soch xaltachasi (qarang Soch) yalligʻlanganda sikoz roʻy beradi va surunkali kechadi. Terining tukli qismida: yuz, boʻyin, son va boshqa sohalarda uchraydi. Yuza va chuqur sizigiya farq qilinadi. Yuza sizigiyada mayda (0,5 sm cha), dumaloq qizil tuguncha hosil boʻladi, uning atrofi bir oz qichishadi, tez orada shu tugunchadan oʻrtasida sochi bor sargʻimtiryashil yiringcha uch beradi. Baʼzan yiringlagan joy atrofi qizarib qoladi. Yuza S, odatda, hech qanday iz qoldirmay 2—3 kunda yoʻqolib ketadi. Chuqur sizigiyada tugunchalar xiyla kattaroq (diametri 1 sm cha), konussimon shaklda boʻladi, teri qipqizarib turadi: shu joy qattiq boʻlib, bezillab ogʻriydi, yorilganda ichidan yiring chiqadi. Kasallik 7—10 kunda tuzaladi, lekin oʻrnida dogʻ qoladi. Teriga 1—2 dona mayda yiringchalar toshib, ichidan soch chiqib turgan hollarda dastlabki davo sifatida 1% li brilliant koʻki, metilen koʻki va boshqa bilan artish tavsiya etiladi. Agar yiringchalar soni koʻp boʻlsa, darhol vrach ga uchrashish lozim. Sizigiyani (xususan, yuzdagi sizigiyani) sitish yaramaydi, aks holda infeksiya tarqalib ketishi mumkin. Sizigiya surunkali kechganda parhez sakdash, achchiq, shirin, shoʻr ovqatlar isteʼmol qilmaslik; sut va oʻsimliklardan tayyorlangan servitamin ovqatlar tanovul qilish tavsiya etiladi. Sizigiyaning oldini olishda teri tozaligiga alohida eʼtibor berish ayniqsa muhim.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |