[go: nahoru, domu]

Aram Ilich Xachaturyan (armancha: Արամ Եղիայի Խաչատրյան,6-iyun 1903-yil, Tbilisi yonidagi Kojori kishlogʻi – 1-may 1978-yil, Moskva, Yerevanda dafn etilgan) – kompozitor, dirijyor. Millati arman. Xalq artisti (1954), Mehnat Qahramoni (1973), Armaniston (1938), Rossiya (1944), Oʻzbekiston (1967)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1934). Gnesinlar nomidagi Musiqaped. instituti hamda Moskva konservatoriyasida (1950 yildan) dare bergan (1952 yildan professor). Xachaturyan musiqasi oʻta joʻshqinligi, hayotbaxshligi, kuylar jozibadorligi, garmoniya va orkestr boʻyoqlarining rangbarangligi bilan ajralib turadi. Ijodida Kavkaz xalqlari (ayniqsa, arman) musiqa (gusanlar, oshiqlar sanʼati va boshqalar) anʼanalarini zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti tamoyillari bilan uzviy bogʻlab, oʻziga xos uslubini yaratishga erishgan. Fortepiano (1936), skripka (1940), violonchel va orkestr uchun (1946) konsertlari, „Gayane“ (1942, birinchi milliy baleti) va „Spartak“ (1954) baletlari, simfonik syuitalar („Maskarad“, 1944 va boshqalar) dunyoga mashhur. Shuningdek, Xachaturyan 3 simfoniya (1934—47), 3 konsertrapsodiya (1961—68), kamer asarlar, qoʻshiklar, spektakl va kinofilmlarga musiqa va boshqa muallifi. Oʻzbek va Kavkaz xalq kuylari asosida trio (1932), „Rake syuitasi“ (1933) ni yaratgan. Italiya, Germaniya va boshqa sanʼat akademiyalarining faxriy aʼzosi. Dirijyor sifatida Yevropa, Amerika, Shimoliy Afrika, Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Manbalar

tahrir