[go: nahoru, domu]

Jump to content

oʻng

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

oʻng

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

OʻŊ 'narsaning yuza, sirtqi tomoni’. Dasturxon— ning oʻ n g i oʻz tusini ancha yoʻhotibdi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot öŋ tarzida talaffuz qilingan (ESTYa, I, 533); oʻzbek tilida ö unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: öŋ > oŋ.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

I 1 Gavdaning yurak oʻrnashgan to-moniga qarama-qarshi tarafida joylashgan; zid. chap, soʻl. ◆ Oʻng qoʻl. Oʻng oyoq. Oʻng betida xoli bor. Oʻng yelka. Oʻng biqin. yat Goh chap oyoq, goh oʻng oyoqda turib, arang oʻngacha sanadim. S. Siyoyev, Yorugʻlik.

2 Xuddi kishi gavdasi old tomoniga nisbatan boʻlganidek, narsalarning old yoʻnalishdagi, oldga qaragan holatdagi oʻng tomon qismi; zid. chap, soʻl. ◆ Yoʻlning oʻng beti. n ◆ Amudaryoning oʻng va soʻl qirgʻogʻida oʻnlab yangi shaharchalar, posyolka,shr bor. "Uzbekistan qoʻriqlari". ◆ Bu orada tanklarimiz jilgʻadan birin-ketin chiqib, tepalikning oʻng yonbagʻridan oʻrmalay ketdi. A. Qahhor, Oltin yulduz.

3 Oʻng tomon. ◆ Xotin.. asl oʻrdaning ulugʻ muhtasham darvozasiga yaqinlashgandan keyin oʻngdagi yangi yoʻlga burildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. ◆ Dushman goh oʻngdan, goh soʻldan kelar va har qayerda doʻlday yogʻilgan oʻqqa uchrar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.

4 ot Qulay, muvofiq holat, fursat; yana q. oʻnaqay 2. ◆ U qochib ketishning oʻngini to-polmay, qayragʻochga suyanib oʻtirib oldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.

Ish oʻngidan kelmoq Ish koʻngildagidek boʻlmoq, yurishmoq. ◆ Ishimiz oʻngidan keldi, Polvon, xon hazratlari ikki yuz tanob yer inʼom qildilar. J. Sharipov, Xorazm. Koʻz oʻngi xiralashmoq (yoki qorongʻilashmoq) Koʻz qarshisida hech narsa koʻrinmaydigan holat yuz bermoq. ◆ Gʻulomjon Hayotni koʻrdi-yu, yuragi shigʻillab, koʻzoʻngixiralashdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Mansur tishini tishiga qoʻyib, oʻrnidan turdi. Koʻz oʻngi qorongʻilashsa ham, chidadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Koʻz oʻngiga kelmoq Nazarida gavdalanmoq. ◆ Onasining vafotidan keyin huvullab qolgan hovli koʻz oʻngiga keldi shekilli, Mansur qu-ruqqina shivirladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Koʻz oʻngida Koʻrib, kuzatib turgan holatda; oldida, roʻparasida. ◆ Uning koʻz oʻngida chopib, jar solib, Shovqin-suron bilan oqar bir daryo. H. Olimjon. ◆ Hozirgiday koʻz oʻngimda: choyxonaning orqa tomonida kichkina hujra bor.. Gazetadan. Oʻng kelmoq Qulay, munosib holat, sharoit yuz bermoq. ◆ Oʻgʻrida insof boʻladimi ? U uyda ham, koʻchada ham — oʻng kelgan joyda birovning moliga qoʻlini choʻzaveradi. Yo. Xaimov, M. Rahmon, Hayot-mamot. Oʻng qoʻl 1) oʻng tomon. ◆ Oʻng qoʻldagi qator tutlar panasidan Gʻulsum opa chiqdi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa; 2) rahbar, boshliq va sh“ .k. ning eng birinchi, eng ishon-gan yordamchisi. ◆ ..raisningoʻng qoʻli boʻlgandan keyin, shu bilinib turmasa boʻladimi.. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. ◆ Soli sovuq mingboshining oʻng qoʻli boʻlsa, Juman pismiq Soli sovuqningoʻng qoʻli. M. Ismoiliy, Far-gʻona t. o.

5 Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi ilgʻor oqimga, taraqqiyotga dushman; konservator, reaksion. ◆ Oʻng partiya. Oʻngleyboristlar. Oʻng sotsialistlar.

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

oʻng

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

II Amalda, haqiqatda sodir boʻla-digan voqea yoki hodisa, voqe holat. ◆ Qudrat sevgshshsi yonida, uning husn-jamolini oʻz koʻzi bilan koʻrib turibdi. Bu tush emas, oʻng, ha-qiqat. 3. Fatxullin, Soʻnmas yulduz. ◆ Qani endi, hozir shu tushim oʻng boʻlib qolsa. E. Raimov, Ajab qishloq.

Tush oʻng kelmoq Tushida koʻrgani hayotda ham yuz bermoq, tushi toʻgʻri boʻlib chiqmoq. ◆ Koʻradigan tushlarining barchasi oʻng kela-veradi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv. ◆ Men bir vahimali tush koʻrdim.. Ilohim, tushim oʻng kelmasin. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

oʻng

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

III 1 Narsaning odatda koʻrinib turadigan tomoni, sirti. zid. ters, teskari. ◆ Bargning oʻngi. Gʻazlamaning oʻngi. Koʻylak oʻngi.

2 Narsaning foydalanishga qulay boʻlgan tomoni, toʻgʻri tutilgan holati. ◆ Gaze-taning oʻngi. Kitobning oʻngi. Pichoqning oʻngi. (tigʻi). Kitobni oʻng ushlamoq.

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

OʻNG. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

oʻng I
1
pravыy; ◆ oʻng qoʻl pravaya ruka; ◆ oʻng vazir (bukv. pravыy vizirь) ist. glavnыy vizirь; ◆ oʻngga ili ◆  oʻng qoʻlga vpravo; ◆ oʻngda ili ◆  oʻng qoʻl tomonda sprava, po pravuyu storonu; po pravuyu ruku; ◆ oʻngdan sprava, s pravoy storonы;
2 litsevaya storona; litso, verx; ◆ chitning oʻngi litsevaya storona sittsa; ◆ kostyumning oʻngi verx kostyuma;
3 polit. pravыy; ◆ oʻng partiyalar pravыe partii; ◆ oʻnglar pravыe;
4 peren. udobnыy, spodruchnыy; podxodyaщiy; uspeshnыy; ◆ bu yoʻl menga oʻng eta doroga dlya menya udobnee; ◆ ish oʻngidan keldi delo udalosь, delo vыgorelo; ◆ 

  • orqa-oʻngiga qaramasdan ili ◆ oʻngi-tersiga qaramay (bukv. ne razbiraya, gde iznanka, gde verx) ne razbiraya, bez razboru, neobdumanno; ◆ orqa-oʻngini olmoq popravitь svoi dela; ◆ orqa-oʻngini aylantirmoq (bukv. perevorachivatь, perelitsovыvatь) perevorachivatь chto-libo tak i syak, vыvorachivatь naiznanku; ◆ oʻng koʻz bilan qaramoq (bukv. smotretь pravыm glazom) otnositьsya blagojelatelьno, blagojelatelьstvovatь.


oʻng II
yavь; ◆ tushimmi? oʻngimmi? chto eto, yavь ili son?; ◆ tush oʻng(idan) keldi son stal yavьyu; son v ruku.

oʻng III:
◆ koʻz oʻngida na glazax (u kogo-l.); ◆ xalqning koʻz oʻngida na glazax u lyudey, pri vsex; ◆ koʻz oʻngiga kelmoq poyavlyatьsya v voobrajenii, predstavlyatьsya; ◆ koʻz oʻngiga keltirmoq predstavlyatь, voobrajatь; ◆ koʻz oʻngi qorongʻilashdi u nego potemnelo v glazax.