hurmat
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]hur-mat
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. حُرْمَة — man qilingan narsa, muqaddas narsa; muqaddaslik, daxlsizlik; izzat, ehtirom; siylov
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Kimsa yoki narsaga boʻlgan qadrlash, ulugʻlash tuy-gʻusi; shunday tuygʻuli munosabat. ◆ Ota-onaga hurmat. Keksalarga hurmat. Ustozlarga hurmat. Oʻz kasbiga hurmat. yash Bu oilada oʻzaro hurmat, oʻzaro yordam, obroʻ-eʼtibor.. mujassamlashgan. Gazetadan . ◆ Hurmat inson-ga mehnat orqali, kamtarlik, halollik or-qali keladi. "Yoshlik" . ◆ Mehnatga hurmat axloqning eng yuksak dasturlaridan biri-dir.. Oybek, „Nur qidirib“ .
2 Qozonilgan, orttirilgan hurmat; ob-roʻ, eʼtibor. ◆ Elda hurmati zoʻr. sht Men oʻz mehnatim bilan jamoada tanildim, hur-mat qozondim. Gazetadan . ◆ Eshitishimcha, Ax-sida hazrati oliyni, hurmatlariga yarasha maʼraka oʻtkazib, qabrga qoʻyishganlar.. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Oh, ona tupro-gʻim, oʻsgan joylarim, Koʻnglimda saqlanar hurmating, qadring. Mirtemir .
- Hurmat qilmoq 1) hurmat bilan muno-sabatda boʻlmoq. Kamtarlik — ◆ inson oʻzligi-ni bilishni, oʻzgalarni hurmat qilishni, odamiylikning: samimiylik, mehribonlik.. rostgoʻylik kabi nodir fazilatlarini oʻzi-da mujassam etadi. Gazetadan . ◆ Mehnatni hurmat qilish.. samarali va sifatli ish-lashga intilish har bir yigit va qizning burchi va vazifasidir. Gazetadan; 2) ayn. hurmatini qilmoq Boshqasi boʻlsa, qamchin bilan solar edim, lekin soqoling oqini hur-mat qildim.. Oybek, Tanlangan asarlar. Hurmatini qilmoq Hurmat(i) yuzasidan ish tutmoq. ◆ Otangning hurmatini qilib, seni zovutimdan haydamadim.. K. Yashin, „Hamza“ .
3 Hurmat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
- Hurmat taxtasi Ishlab chiqarish ilgʻor-larining nomlari va suratlari namoyish qilinadigan maxsus taxta. ◆ Garajimizdagi "Hurmat taxtastga mening ham suratim-ni qoʻyishmoqchi ekan. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҲУРМАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]hurmat
Tillar
[tahrirlash]- Turkcha: hürmet
OʻTIL
Ruscha ru
hurmat
1 почёт, уважение; почтение, честь; "Hurmat belgisi" ordeni орден «Знак Почёта»; ◆ ~ taxtasi доска почёта; ◆ ~ qilmoq чтить, почитать, уважать; ◆ oʻzingdan kattalarni ~ qil уважай старших; ◆ ~ni bajo keltirmoq оказывать уважение; ◆ ~ koʻrsatmoq оказывать почтение или уважение; ◆ ~ qilsang, ~ koʻrasan погов. почитай и будешь почитаем;
2 Хурмат (имя собств. женское).