[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Nakagava (Nagano)

Koordinatalari: 35°38′4.3″N 137°56′45.5″E / 35.634528°N 137.945972°E / 35.634528; 137.945972
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nakagava

中川村
Qishloq
Skyline of Nakagava
Nakagava
Bayroq
Nakagava
Gerb
35°38′4.3″N 137°56′45.5″E / 35.634528°N 137.945972°E / 35.634528; 137.945972
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1959-yil 1-avgust
Maydon 77.05 km2 (29.75 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
4 910
Zichligi 64 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0265-88-3001
Nakagava xaritada
Nakagava
Nakagava
Makigahara koʻprigidan Nakagava qishlogʻi

Nakagava (yaponcha: 中川村 Nakagava-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1628 ta xonadonda 4910 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 64 nafardan toʻgʻri kelgan. Qishloqning umumiy maydoni 77,05 kvadrat kilometr (29,75 mi²) ga teng. Nakagava Yaponiyaning eng goʻzal qishloqlari roʻyxatiga kiritilgan.

Nakagava janubiy-markaziy Nagano prefekturasining Ina vodiysida Kiso togʻlari orasida joylashgan. Qishloq boʻylab Tenryu daryosi oqib oʻtadi. Koshibu toʻgʻoni Nakagavada joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Nakagavada oʻrtacha yillik harorat 9,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1691 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 22,25 °C, eng past harorati esa yanvarda, −2,4 °C atrofida boʻladi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Nakagava aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19408,384—    
19509,327+11.2%
19607,751−16.9%
19705,816−25.0%
19805,524−5.0%
19905,518−0.1%
20005,475−0.8%
20105,074−7.3%
20204,651−8.3%

Hozirgi Nakagava hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Katagiri va Minakata qishloqlari 1959-yil 1-avgustda birlashib, Nakagava qishlogʻini tashkil qilgan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda ikkita davlat boshlangʻich maktabi hamda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Milliy yoʻnalish 153

Nakagavaning taniqli odamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nakagavaning tabiat manzaralari
Nakagava daryosining panoramik koʻrinishi