[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Ihara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ihara, Ibara Saykaku (taxalluslari; asl ismsharifi Xirayama Togo) (1642—1693) — yapon yozuvchisi. Yapon sheʼriyatiga xos renga hajviy janrida yozilgan sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. "Yolgʻiz erkakning ishqiy sarguzashtlari" (1682) kitobi mashhur. "Yolgʻiz ayolning ishqiy sarguzashtlari" (1686) nomli roman ham I. kalamiga mansub. Bundan tashqari, "Ishqqa mubtalo boʻlgan besh ayol" (1686) qis-salar toʻplami, "Saykakuning barcha viloyatlardan toʻplagan hikoyalari" (1685) va b. kitoblarida ishq-muhabbat mav-zusi qalamga olingan. I. umrining oxirlarida shaharliklarni odob-axloqqa chorlovchi, aslzodalar hayotiga taqlid qilmaslikni targʻib etuvchi nasihat tarzida asarlar yaratgan ("Ey-taygura", 1688 va b.). I. yapon yozuvchilari orasida birinchilardan boʻlib, zamonaviy shahar hayotini haqqoniy tasvirlab bergan. U uchinchi tabaqaga mansub aholining haqhuquklarini himoya qiladi, tenglik gʻoyasini ulugʻlaydi. I.ni yaponlarning Bokachchosi deb ataydilar. U milliy adabiyotni nafaqat yangi mazmun bilan, balki uslubiy jihatdan ham yanada boyitdi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil