[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Javohir Siddiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Javohir Sidiqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Javohir Alisherovich Sidiqov
Tavallud sanasi 8-dekabr 1996-yil (1996-12-08) (27 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 164 cm (5 ft 4 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Paxtakor 2 (-)
2016—2020 Qoʻqon 1912 69 (11)
2019—2020   Paxtakor 21 (4)
2021 Lokomotiv 19 (0)
2022—2023 Qoʻqon 1912 21 (4)
2023   Nasaf 21 (1)
2024— Nasaf 14 (1)
Milliy terma jamoa
2013 Oʻzbekiston U-17 4 (-)
2014—2015 Oʻzbekiston U-20 6 (0)
2017—2019 Oʻzbekiston U-23 20 (4)
2018— Oʻzbekiston 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 5-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 1-iyun uchun)

Javohir Alisherovich Sidiqov (ruscha: Сидиков, Джавохир Алишерович, 1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbek futboli yarim himoyachisi, Qarshining „Nasaf“ klubida Oʻzbekiston ligasida va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi[1].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi[2]. Javohir ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

2016-yildan Qoʻqon 1912 klubining asosiy oʻyinchilaridan biri[3]. 2021-yil Toshkentning „Temiryoʻlchilari“ bilan shartnoma imzolagan[4]. 2023-yildan Qashining „Nasaf“ klubi futbolchisiga aylangan.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014-2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yildan Oʻzbekiston yoshlar (Olimpiya) terma jamoasida toʻp surmoqda. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi.

Sidiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida boʻlgan – bu turnir davomida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Ulardan birida – Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy rangdagi ilk golini urdi

2018-yilning dekabr oyida u Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 13-yanvar kuni Turkmanistonga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida u oʻyinning 18-daqiqasida gol urib, uchrashuvda hisobni ochdi. Natijada Oʻzbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan[5].
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 2019-yil 13-yanvar Al Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Turkmaniston 1-0 4-0 AFC Osiyo kubogi 2019
  • Oʻzbekiston chempioni (3): 2015, 2019, 2020
  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni: 2018-yil
  1. Javohir Siddiqov Soccerway saytida
  2. „Архив суратлари тилга кирганда, кўзгуда Жавоҳир Сиддиқов“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  3. „Жавоҳир Сидиқов "Қўқон-1912"да“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  4. „Жавоҳир Сидиқов - "Локомотив" футболчиси“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  5. „Javohir Siddiqov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.