Katerina Yushchenko
Kateryna YushchenkoKateryna Yushchenko | |
---|---|
Katerina Yuщenko | |
Yushchenko 2012-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Ketrin Kler Chumachenko[1] 1-sentyabr 1961-yil Chicago, Illinois, U. S. |
Fuqaroligi | Ukraina fuqoroligi (2005-yil) |
Turmush oʻrtogʻi |
Viktor Yushchenko (turm. 1998) |
Bolalari | 3 |
Onasi | Sofiya Chumachenko |
Otasi | Mixaylo Chumachenko |
Alma mater |
Edmund A. Walsh xorijiy xizmat maktabi Georgetown universiteti Chikago universiteti |
Katerina Mixaylovna Yushchenko (tugʻilgandagi ismi Ketrin Kler Chumachenko; ukraincha: Катерина Михайлівна Ющенко, qizlik familiyasi Chumachenko (Chumachenko); 1961-yil 1-sentyabr) – Amerikada tugʻilgan ukrainalik siyosatchi va koʻplab xayriyalar qiluvchi xonim. U 2005-yildan 2010-yilgacha Ukrainaning birinchi xonimi boʻlgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yushchenkoning otasi Mixaylo Chumachenko 1917-yilda Xarkov viloyati Zaitsivka qishlogʻida koʻp bolali dehqon oilasida tugʻilgan. U 1932–1933-yillardagi Sovet ittifoqidagidagi ocharchilikdan omon qolgan katta oilaning bir necha aʼzolaridan biri edi. Chumachenko Lugansk viloyati, Lisichansk shahrida elektrotexnika boʻyicha tahsil olgan. U Sovet Armiyasida xizmat qilgan va 1942-yilda nemis qoʻshinlari tomonidan asirga olingan hamda Germaniyaga olib ketilgan.
Yushchenkoning onasi Sofiya Chumachenko 1927-yilda Kiyev viloyatining Litki shahrida tugʻilgan va 2012-yil 30-sentyabrda Kiyevda vafot etgan. Sofiya Chumachenko oʻz qishlogʻining boshqa koʻplab yosh ayollari bilan bir qatorda, Sovet Ittifoqi bosqinidan koʻp oʻtmay, 14 yoshida fashistlar Germaniyasiga qul sifatida xizmat qilish uchun olib ketilgan.
Katerina Yushchenkoning ota-onasi Germaniyada uchrashib qolgan va turmush qurishgan. 1945-yilda Katerinaning opasi Lidiya dunyoga kelgan. Mixaylo Chumachenko 1945-yilda sil kasalligi bilan ogʻirib, sakkiz yilni sil kasalligi sanatoriysida oʻtkazgan.
1956-yilda Chumachenkolar oilasi Chikagodagi Ukraina pravoslav cherkovining taklifiga binoan AQShga koʻchib oʻtishgan. Mixaylo Chumachenko 1984-yilda nafaqaga chiqqunga qadar Chikagoda elektrmuhandisi boʻlib ishlagan. Chumachenkolar 1987-yilda Floridaga koʻchib oʻtishgan. Chumachenko vatani Ukrainaga uch marta, 1991, 1994 va 1995-yillarda tashrif buyurgan. Uning orzusi qishlogʻiga qaytib, kichik fermer xoʻjaligi tashkil etish boʻlgan. U 1998-yilda vafot etgan va Kiyevda dafn etilgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katerina Yushchenko Ketrin Kler Chumachenko Chikagoda Ukrainadan kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan. U AQSh Davlat departamentining sobiq xodimi. Katerina Yushchenko Davlat kotibining inson huquqlari va gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosarining maxsus yordamchisi boʻlib ishlagan. Georgetown universiteti qoshidagi Edmund A. Walsh nomidagi xorijiy xizmat maktabida xalqaro iqtisod boʻyicha bakalavr (1982) va Chikago universiteti oliy biznes maktabida magistrlik (1986) darajasini qoʻlga kiritgan.
Keyinchalik u Ronald Reagan maʼmuriyati davrida Oq uyda jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimida ishlagan. Keyinchalik esa George H. W. Bush davrida AQSh moliya vazirligida ijrochi kotib lavozimida faoliyat olib borgan. Bu lavozimni tark etgach, Qoʻshma Shtatlar Kongressining Qoʻshma Iqtisodiy Qoʻmitasida ishlagan. Ukraina oʻz erkinligini eʼlon qilgandan soʻng, Katerina Ukraina-AQSh jamgʻarmasining hammuassisi va vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan. Shuningdek, Pylyp Orlyk institutining direktori lavozimida ham faoliyat yuritgan. 1993-yilda Katerina Yushchenko KPMG Peat Marwick/Barents Group kompaniyasiga bank oʻqitish dasturi boʻyicha maslahatchi va mamlakat boʻyicha menejer sifatida qoʻshilgan. Bu yerda Viktor Yushchenko bilan uchrashib qolgan va keyinchalik unga turmushga chiqqan. Katerina Yushchenko 2000-yil avgust oyida ikkinchi farzandini kutayotgan vaqtda lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda Yushchenko oʻzi boshqaradigan „Ukraina 3000“ xalqaro jamgʻarmasi bilan koʻplab xayriya loyihalarida ishtirok etmoqda[2]. Jamgʻarmaning asosiy ustuvor yoʻnalishi – Ukraina bolalari salomatligini yaxshilashdir. 2001-yilda tashkil etilgan „Ukraina 3000“ jamgʻarmasi Kuzatuv kengashida Ukrainaning eng koʻzga koʻringan taʼlim, gumanitar, madaniyat, adabiyot va sport arboblari bor. Prezident Viktor Yushchenko 2005-yilda inauguratsiyaga qadar Kuzatuv kengashi raisi lavozimida ishlagan. Shundan keyin jamgʻarma raisligi Katerina Yushchenko qoʻliga oʻtgan. Jamgʻarmaning barcha dastur va loyihalari uchta asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: „Kecha Ukraina“, „Bugun Ukraina“ va „Ertaga Ukraina“. Jamgʻarmaning eng yirik loyihalari „Kasalxonadan kasalxonaga“ dasturi, „Kelajak bolalar shifoxonasi“ va „Bolalik quvonchi – erkin harakatlar“ dasturlarini qurish hamda qoʻllab-quvvatlash kabilardir.
Ukraina siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katerina Yushchenko turmush oʻrtogʻining muxoliflari uni AQSh fuqaroligida qolgani uchun tanqid qilishgan. 2004-yilgi Ukrainadagi prezidentlik saylovlari kampaniyasi paytida u AQSh hukumati xodimi yoki hatto Markaziy razvedka boshqarmasi agenti sifatida erining qarorlariga AQSh hukumatining taʼsirini oʻtkazganlikda ayblangan[3]. Avvalroq uni rossiyalik telejurnalist Mixail Leontyev AQShning Yushchenkoga Ukrainada hokimiyatni egallashiga yordam berish loyihasini boshqarganlikda ayblagan edi. 2002-yil yanvar oyida Katerina Yushchenko oʻziga qarshi qilingan tuhmat ishida gʻalaba qozongan. Ukrainaning hukumatparast Inter telekanali 2001-yilda Leontyevning daʼvolarini qayta takrorlagan, biroq 2003-yil yanvarida Katerina Yushchenko telekanal amalga oshirgan tuhmat boʻyicha boʻlgan sud ishida ham gʻalaba qozongan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katerina Yushchenko Viktor Yushchenkoga turmushga chiqqan. Ularning uch nafar farzandi bor: Sofiya, Xristina va Taras. U 2005-yilda Ukraina fuqaroligini olgan, 2007-yilda esa AQSh fuqaroligidan voz kechgan[4].
Faxriy unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Latviya:
- Buyuk Xoch qoʻmondonligi Uch yulduz ordeni (19-iyun 2008-yil)
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2006-yil 26-aprelda „Chernobil bolalariga yordam va taraqqiyot“ jamgʻarmasining maxsus mukofoti
- „Oltin piramida“ mukofoti, YuNESKO, 2005-yil noyabr
- Ostrox Akademiyasi knyaz Vasiliy-Kostyantin Ostrozkiy medali, 2005-yil oktyabr
- Chikago universiteti Oliy biznes maktabining davlat xizmati/davlat sektori bitiruvchilari mukofoti, 2005-yil oktyabr
- Kiyev Mohila kolleji gimnaziyasining faxriy professori, 2007-yil fevral
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sneed, Michael „How Chicago taught Ukraine's former first lady to have hope“ (en). Chicago Sun-Times (2022-yil 11-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-may.
- ↑ „Kateryna Yushchenko's Biography | Ukraine 3000 International Charitable Fund“. www.ukraine3000.org.ua. Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
- ↑ „Even as private citizen, Kateryna Yushchenko finds criticism remains“. KyivPost (2010-yil 6-may). Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
- ↑ https://www.pravda.com.ua/articles/2008/05/23/3447154/
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Profil, latimes.com, 2004 yil 29 dekabr. (arxivlangan)
- „Ukraina 3000“ xalqaro xayriya fondi
Oʻtmishdoshi: Lyudmila Kuchma |
Ukrainaning birinchi xonimi 2005–2010 |
Vorisi: Lyudmila Yanukovich |