[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Kraton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
21-may 2024, 20:53 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Kraton (yun. kratos — kuch, mustahkamlik) — Yer poʻstining alpinotip burmalanishi oʻzgarishlariga layoqatsiz konsolidatsiyalashgan qismlari. Nemis geologi X. Shtille K.ni koʻtarilgan K. — aksari sial (Si, AI) tarkibli (kad. tokembriy platformalari yoki poʻsti kontinental tuzilishga ega hozirgi geologik qalqonlar) massivlari va choʻkkan K. — simatik (Si, Fe, Mg) zaminli (koʻpincha Yer poʻstining "granitmetamorfik" qatlamiga ega boʻlmagan okean tubi maydonlari) massivlariga ajratgan. "K" terminini fanga Shtille kiritgan (1940) va xorij adabiyotlarida ruscha "platforma" terminining sinonimi sifatida keng qoʻllaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil