[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Siyovush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siyovush
Tahmasp „Shohnoma“sida chizilgan Siyovush
Mifologiya Fors va Markaziy Osiyo mifologiyasi
Ism talqini Qora ot
Boshqa tillardagi ism forscha: سیاوش
Jins erkak
Sulola Kayoniylar
Otasi Kaykovus
Onasi Sudoba (oʻgay onasi)
Turmush oʻrtogʻi Farangis
Bolalari Kayxusrav
Bogʻliq personajlar Rustam, Afrosiyob
Dafn joyi Buxoro
Birinchi eslatma Avesto
Boshqa madaniyatlarda Markaziy Osiyoda umri soʻnayotgan va qayta tirilayotgan maʼbud ramzi

Siyovush (Avestoda Siyovarshan, Siyovaxsh — „qora ot“; forscha: سیاوش, pahlaviycha: Syāvakhš, Siāvaš) — afsonaviy qahramon. „Shohnoma“ eposi qahramonlaridan biri. Kayoniylardan. Markaziy Osiyo xalqlarining mifologik tasavvurlariga koʻra, Quyoshga teng qilinib, umri soʻnayotgan va qayta tirilayotgan maʼbud ramzi. Beruniyga koʻra, Xorazmda hukm surgan Afrigʻiylar shajarasi Siyovushdan boshlangan. Xorazmda IVII asrlarda zarb etilgan tangalardagi chavandoz surati ayrim tadqiqotchilar (S. P. Tolstov va boshqalar) tomonidan Siyovushning tasviri deb qabul qilingan. „Shohnoma“ga koʻra, Siyovush Kaykovusning oʻgʻli boʻlib, uni bahodir Rustam tarbiya qilgan. Oʻgay onasi Sudoba Siyovushga shahvoniy mehr qoʻygan, biroq undan rad javobini olgach, Siyovushni oʻzining nomusiga tajovuz qilganlikda ayblagan. Biroq Siyovush gulxan sinovidan oʻtib oʻzini pok, aybsizligini isbot qilgan. Shundan soʻng Siyovush Turon hukmdori Frangrasan (Afrosiyob) xuzuriga borgan. Afrosiyob dastlab uni yaxshi qabul qilib, qizi Farangisni bergan, soʻngra makkorlik bilan uni oʻldirgan. Siyovushning qasoskori sifatida oʻgʻli Kayxusrav Turonga otlangan. Siyovush Markaziy Osiyo xalqlari orasida katta shuhrat qozongan. U haqida qissalar, qoʻshiqlar (Buxoroda Siyovushga bagʻishlangan turkum qoʻshiqlar Kini SiyovushSiyovush uchun qasos yoxud Mugʻlar yigʻisi deb atalgan), xalq afsonalari toʻqilgan. Nishopuriyning yozishicha, oʻldirilgan Siyovush jasadi Buxoroning sharqiy darvozasi (Goʻriyon darvozasiBuxoro arkining hozirda saqlanib qolmagan darvozasi) oldiga koʻmilgan. Har yili Yangi yil kuni quyosh chiqquniga qadar har bir erkak Siyovushga atab xoʻroz soʻyishi lozim boʻlgan. Ajdarho daraxtining mumi „Siyovush qoni“ deb ataladi[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil