[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Siyovush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siyovush
Tahmasp „Shohnoma“sida chizilgan Siyovush
Mifologiya Fors va Markaziy Osiyo mifologiyasi
Ism talqini Qora ot
Boshqa tillardagi ism forscha: سیاوش
Jins erkak
Sulola Kayoniylar
Otasi Kaykovus
Onasi Sudoba (oʻgay onasi)
Turmush oʻrtogʻi Farangis
Bolalari Kayxusrav
Bogʻliq personajlar Rustam, Afrosiyob
Dafn joyi Buxoro
Birinchi eslatma Avesto
Boshqa madaniyatlarda Markaziy Osiyoda umri soʻnayotgan va qayta tirilayotgan maʼbud ramzi

Siyovush (Avestoda Siyovarshan, Siyovaxsh — „qora ot“; forscha: سیاوش, pahlaviycha: Syāvakhš, Siāvaš) — forsiy va turkiy xalqlar folklorida afsonaviy qahramon. Avvaliga maʼbud sifatida koʻrilgan, xalq ogʻzaki ijodiga asonaviy qahramon sifatida koʻchgan. „Shohnoma“ eposi qahramonlaridan biri. Kayoniylar sulolasidan. Markaziy Osiyo xalqlarining mifologik tasavvurlariga koʻra Quyoshga teng qilingan, umri soʻnayotgan va qayta tirilayotgan maʼbud ramzi. Beruniyga koʻra, Xorazmda hukm surgan Afrigʻiylar shajarasi Siyovushdan boshlangan. „Shohnoma“ga koʻra, Siyovush Kaykovusning oʻgʻli boʻlib, uni bahodir Rustam tarbiya qilgan. Turon hukmdori Afrosiyobning qiziga uylangan. Keyinchalik, Afrosiyob tomonidan qatl etilgan. Buxoro arkining Goʻriyon darvozasi yoniga dafn etilgani taxmin qilinadi.

„Avesto“da

„Avesto“da oʻldirilgan Siyovush uchun uning oʻgʻli Kavi Husravah Fraŋrasyandan oʻch olishi haqida uchta yashtda aytib oʻtiladi[1]. Shuningdek, u „Avesto“da xvarnoga ega sakkiz Kavidan yettinchisi ekani[2] va uning fravashlari muqaddas ekani aytib oʻtilgan[3]

Pahlaviy tilidagi manbalarda

Siyovush (Siāvaš) Kaykovusning oʻgʻlidir[4].

Yoshlik yillari

Fors askarlari oʻzlarining sevimli mashgʻulotlari boʻlmish, ov vaqtida bir goʻzal, yosh qizni topib oladilar. Askarlar oʻrtasida qiz kimning joriyasi boʻlishi, u bilan kim koʻngilxushlik qilishi borasida bahs boshlanib ketib, oxir-oqibat, adolat istab qizni Kaykovusning oldiga olib keladilar va uni kimga berishni hal etishni soʻraydilar. Shoh qizni oʻziga joriya qilib qoldiradi. Ularning nikohidan Siyovush dunyoga keladi. Siyovushning onasi zodagon oiladan boʻlmagani sababli shoh oʻgʻlini tarbiyalash uchun Rustamga topshiradi. Siyovush Rustamdan ot chopish, kamondan oʻq uzish, ov qilish, adolatparvarlik va jang sanʼatini oʻrganadi. Bir necha yil oʻqib-oʻrgangach Siyovush otasidan saroyga qaytishga ruxsat soʻraydi.

Xorazmda IVII asrlarda zarb etilgan tangalardagi chavandoz surati ayrim tadqiqotchilar (S. P. Tolstov va boshqalar) tomonidan Siyovushning tasviri deb qabul qilingan. „Shohnoma“ga koʻra, Siyovush Kaykovusning oʻgʻli boʻlib, uni bahodir Rustam tarbiya qilgan. Oʻgay onasi Sudoba Siyovushga shahvoniy mehr qoʻygan, biroq undan rad javobini olgach, Siyovushni oʻzining nomusiga tajovuz qilganlikda ayblagan. Biroq Siyovush gulxan sinovidan oʻtib oʻzini pok, aybsizligini isbot qilgan. Shundan soʻng Siyovush Turon hukmdori Frangrasan (Afrosiyob) xuzuriga borgan. Afrosiyob dastlab uni yaxshi qabul qilib, qizi Farangisni bergan, soʻngra makkorlik bilan uni oʻldirgan. Siyovushning qasoskori sifatida oʻgʻli Kayxusrav Turonga otlangan. Siyovush Markaziy Osiyo xalqlari orasida katta shuhrat qozongan. U haqida qissalar, qoʻshiqlar (Buxoroda Siyovushga bagʻishlangan turkum qoʻshiqlar Kini SiyovushSiyovush uchun qasos yoxud Mugʻlar yigʻisi deb atalgan), xalq afsonalari toʻqilgan. Nishopuriyning yozishicha, oʻldirilgan Siyovush jasadi Buxoroning sharqiy darvozasi (Goʻriyon darvozasiBuxoro arkining hozirda saqlanib qolmagan darvozasi) oldiga koʻmilgan. Har yili Yangi yil kuni quyosh chiqquniga qadar har bir erkak Siyovushga atab xoʻroz soʻyishi lozim boʻlgan. Ajdarho daraxtining mumi „Siyovush qoni“ deb ataladi[5].

Manbalar

  1. Гэуш-яшт IX 18, 22; Ард-яшт (Яшт XVII 38, 42; Авеста в русских переводах. СПб, 1997. С. 369, 370); Замйад-яшт (Яшт XIX 77; Авеста в русских переводах. СПб, 1997. С. 397)
  2. «Замйад-яшт» (Яшт XIX 71; Авеста в русских переводах. СПб, 1997. С. 396)
  3. Фравардин-яшт (Яшт XIII 132)
  4. Большой Бундахишн XXXV 31
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil