Viktoriya Dayneko
Viktoriya Petrovna Dayneko | |
---|---|
Tavalludi |
12-may 1987-yil |
Janrlar | pop |
Kasbi | qoʻshiqchi, aktrisa |
Faoliyat yillari | 2004-yildan hozirgacha |
Leybllar | Igor Matviyenko prodyuserlik markazi |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayt | daineko.ru |
Viktoriya Petrovna Dayneko (1987-yil 12-may, Kirovsk, Taldiqoʻrgʻan viloyati, Qozogʻiston SSR) — rossiyalik qoʻshiqchi va aktrisa. „Fabrika zvyozd-5“ (2004) va „Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye“(2011) gʻolibi, Qorachoy-Cherkesiya respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2015)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viktoriya Dayneko 1987-yil 12-mayda Taldiqoʻrgʻon viloyati, Kirovsk qishlogʻida tugʻilgan[2][3][4].
Viktoriyaning bolaligi Saxa, Mirniy shahrida oʻtgan. Bolaligidan estrada qoʻshiqchisi boʻlishni orzu qilgan, ammo kattalar uning istagini jiddiy qabul qilishmagan. Ota-onasi Piter va Yevgeniya Daynekolar dasturchi boʻlishgan boʻlib[5], qizini „Almazi Yakutii“ baletiga berishgan, Viktoriya 11 yoshigacha raqs bilan shugʻullangan[6]. Maktab yillarida Mirniydagi turli musiqa sahnalarida, asosan, boshqa qoʻshiqchilarning xitlarini kuylab chiqqa boshlagan[2]. Bu orqali tanila boshlaganidan keyin Viktoriyani dastlab mahalliy „Otrajeniye“ estrada guruhiga, keyinroq esa „Faeton“ deb nomlangan guruhga taklif qilishadi[6][7]. Maktabda oʻqib yurgan yillarida ingliz tilini oʻrgangan va Moskva aviatsiya institutining chet tillari fakultetiga oʻqishga kirgan[4]. 17 yoshida Moskvaga oʻqish uchun keladi, Moskva aviatsiya institutiga oʻqishga kirib, „Fabrika zvyozd-5“ musiqiy shousining ishtirokchisiga aylangunicha institutda bir necha oy tahsil oladi[5].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilda 17 yoshida qoʻshiqchi Alla Pugachova boshchiligidagi Birinchi kanalning „Fabrika zvyozd-5“ televizion loyihasining ishtirokchisiga aylandi, loyiha gʻalaba qozonib, mukofot sifatida Moskvadan kvartira olgan[8]. Televizion loyiha doirasida ikkita „Ya budu luchshe“ (O. Volyando musiqasi, K. Arsenyev soʻzi) va „Leyla“ (I. Matvienko musiqasi, I. Matviyenko, Y. Bujilova soʻzi) qoʻshiqlarini ijro etgan. Aleksandr Marshal bilan birga ijro etgan „Snilos mne“ (A. Marshal musiqasi, K. Kavaleryan soʻzi) qoʻshigʻi uchun videoklip suratga oladi .
Televizion loyiha tugagandan soʻng, Igor Matviyenko bilan ishlay boshlaydi. Xonandaning „Leyla“ qoʻshigʻining debyut klipi (I. Matvienko musiqasi, Y. Bujilova soʻzi) 2005-yilda Tailandda suratga olingan. Shundan keyin Dayneko yangi qoʻshiqlari va yangi videokliplari chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, Daynekoning hayoti matbuotda tez-tez muhokama qilingan, yaʼni 2006-yilda „Korni“ guruhining yetakchi qoʻshiqchisi Pavel Artemyev bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Ammo munosbatlar qisqa boʻladi, ammo bu Daynekoning „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ qoʻshigʻining yaralashiga sabab boʻlagan. Qoʻshiqning videoklipi syujeti (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya soʻzi), rejissyor Viktor Priduvalov tomonidan yaratilgan boʻlib, „Korni“ guruhining „Xochesh, ya tebya spoyu“ xit qoʻshigʻining klipi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan.
2007-yil boshida Viktoriya „Film ne o lyubvi“ filmiga „V ojidanii chuda“ (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya soʻzi) saundtrekini yozadi. Filmni suratga olish bilan bir qatorda ushbu qoʻshiq uchun ham videoklip suratga olingan. 2007-yil kuzida Viktoriya MTV Russia Music Awards marosimida „Eng yaxshi ijrochi“ nominatsiyasida MakSimga yutqazadi[9]. Shuningdek, Fashion TV telekanalining „2007-yilgi moda qoʻshiqchisi“ nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[10].
Oʻsha yilning boshida Viktoriya Playboy jurnalining aprel sonida suratga tushgan[11], keyinroq Stansii 2.0 radiokanalining jonli efirdagi suhbatida bundan afsusda ekanligini bildirgan[12]. Ammo tez orada Viktoriya oʻzi va butun oilasi fotosessiyadan mamnun ekanligini aytadi[13].
Shuningdek, 2007-yilda Aleksey Yagudin bilan „Lednikoviy period“ loyihasida ishtirok etib, loyihaning finaliga chiqqan. Loyiha bilan bir vaqtda „Igolka“ (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya soʻzi) qoʻshigʻi uchun videoklip suratga olgan. 2007-yilda Dayneko „Schastlivi vmeste“ teleserialida epizod rolda oʻynaydi, yana, „Noah’s Ark“ multfilmida bosh qahramon Pantiga ovoz beradi.
2008-yil 6 martda „Igolka“ debyut albomi chiqqan[14], bu qoʻshiqchining oʻziga xos „xitlari toʻplami“ga aylanadi, chunki bu uch yillik faoliyatidagi birinchi albom boʻlgandi.
2008-yil qishda Aleksey Yagudin bilan birga „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ televizion oʻyinida ishtirok etadi. 2009-yil bahorida Birinchi kanalning „Dve zvezdi 2009“ loyihasida ishtirok etib, unda aktyor Aleksandr Oleshko bilan birgalikda 3-oʻrinni egallaydi[15].
2010-yil oxirida „Rapunzel“ multfilmining bosh qahramoniga ovoz beradi[16][17].
2011-yilda „Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye“ loyihasida ishtirok etadi. Unda loyihaning turli yillardagi ishtirokchilari oʻzaro bellashishadi. Dayneko prodyuser Igor Matvienko jamoasining tarkibida boʻlgan. Loyihada Dayneko gʻolib boʻladi, unga loyihada ishtirok etgan tomoshabinlarning 19 foizi ovoz bergan[8].
2014-yil 12-mayda „Bey sebya“ qoʻshigʻi videoklipining premyerasi boʻlib oʻtadi. 2014-yil 25-noyabrda „V“ deb nomlangan birinchi ingliz tilidagi albomining premyerasi boʻlib oʻtgan[18].
2015-yil may oyida „Qorachoy-Cherkesiyada xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻladi.
2015-yil noyabr oyida „Eti nochi“ qoʻshigʻi chiqadi, 2016-yil yanvar oyida ushbu qoʻshiq uchun videoklip suratga olinadi.
2016-yil noyabr oyida „Trollar“ multfilmidagi qahramonlardan biriga Dayneko ovoz beradi[19].
2019-yil 1-fevralda yangi „Magnitniye“ albomi chiqqan[20].
2021-yilgi Davlat Dumasi saylovlarida „Zelyonaya alternativa“ partiyasining saylovoldi jarayonini boshqargan[21].
2022-yil kuzida Ukrainadagi urushda Rossiyani qoʻllab-quvvatlagan rus estrada yulduzlari bilan birga „Vstanem“ qoʻshigʻini yozishda va videoklipini suratga olishda ishtirok etadi[22][23][24].
2023-yilda Birinchi kanaldagi "Tri akkorda "shousining yettinchi mavsum ishtirokchisi boʻlgan[25].
2023-yilda NTV telekanalidagi „Maska“ shousining 4-mavsumida Feniks obrazida ishtirok etadi. 2023-yil 19-martda namoyish etilgan oltinchi epizodda Feniksning niqobi ochiladi[26].
2024-yil fevral oyidan Radio Gordost ovozlaridan biri[27].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Korni" guruhining yetakchi qoʻshiqchisi Pavel Artemyev bilan munosabatlari tugagandan keyin Viktoriya ushbu guruhning yana bir vakili, qoʻshiqchi Dmitriy Pakulichev bilan uchrashadi. Ularning munosabatlari ajralish bilan yakunlanadi. 2011-yil yozining oxirida Aleksey Vorobyov bilan uchrashishni boshladi, munosabatlari 2012-yil maygacha davom etgan[28].
2014-yil oktyabr oyidan boshlab DrumCast guruhining barabanchisi Dmitriy Kleyman bilan uchrasha boshlagan[29] va 2015-yil 14-aprelda unga turmushga chiqadi[30] 2015-yil 3-oktyabrda ularning Lidiya ismli qizi tugʻiladi[4][31]. 2017-yilda Dayneko va Kleyman ajrashishadi[31].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2008 — „Igolka“
- 2014 — " V "
- 2018 — „Smayli“
- 2019 — „Magnitniye“
- 2021 — „Ya — zima“ (EP)
Video kliplari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Klip | Rejissyor | Albom |
---|---|---|---|
2004 | „Snilos mne“ (Aleksandrom Marshal bilan birga) | Marat Adelshin | albomsiz |
2005 | Leyla | Dmitriy Zaxarov | „Igolka„ |
2006 | „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ | Viktor Priduvalov | |
2007 | „Film ne o lyubvi“ (OST V ojidanii chuda) | Yevgeniy Bedaryov | |
„Igolka“ (Alekseem Yagudin bilan birga) | Marat Adelshin | ||
„Ya budu jit“ (OST Noyev kovcheg) | Viktor Priduvalov | ||
2008 | „Stop, kuda je ya idu“ | ||
„Glaza v glaza“ (Korni guruhi bilan birga) (OST Tarif novogodniy) | Yevgeniy Bedaryov | bez alboma | |
2009 | „Klyaksa“ | Oksana Shkvornikova | „Smayli“ |
„Moy angel (Remiks)“ (OST Nasha Masha i Volshebniy orex) | Maksim Kuderov | albomsiz | |
2011 | „Sotri ego iz memory“ | Vladimir Yakimenko | |
„Devushka na million“ | Konstantin Cherepkov | ||
2012 | „Blije, chem tango“ | nomaʼlum | |
„Mirror, mirror“/„Mira malo“ (T-killah bilan birga) | Xindrek Maasik | ||
2013 | „Dishi“ | Marat Adelshin | |
2014 | „Bey sebya“ | „Smayli“ | |
2015 | „Jit vdvoyom“ | Mariya Yefremova | albomsiz |
2016 | „Eti nochi“ | Andrey Tomashevskiy | |
2018 | „S Novim godom, moy LCh“ (Alekseem Vorobyov bilan birga) | Aleksey Vorobyov | |
2019 | „Tvoya devochka“ | Grigoriy Shmakov | „Magnitniye“ |
2021 | „Yesli bi znal ti“ | Igor Rudnik | „Devochka ne plach“ |
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Ism | Rol |
---|---|---|
2006 | Klub | Kameo |
2007 | Schastlivi vmeste | Kameo |
Perviy doma | Kameo | |
Nuh kemasi | Pantera Panti (dublyaj) | |
2010 | Rapunzel | Rapunzel (dublyaj) |
2011 | Vsyo vklyucheno! | Vika |
2012 | Zolushka | Kameo |
2016 | Trollar (multfilm) | Rozeta (dublyaj) |
2018 | Ralph internetga qarshi | Rapunzel (dublyaj) |
2018 | Ulyotniy ekipaj | Natasha |
2020 | Trollar: Dunyo boʻylab ijodiy safar | Rozeta (dublyaj) |
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mukofot | Nominatsiya | Nomzod ishi | Natija |
---|---|---|---|---|
2004 | Fabrika Zvyozd-5. Alla Pugachova | Viktoriya Dayneko | Gʻolib | |
Noviye pesni o glavnom[32][33] | Diplom | "Leyla" | Gʻolib | |
2005 | "Ya budu luchshe" | Nominatsiya | ||
MTV Russia Music Awards[34] | Eng yaxshi debyut | Viktoriya Dayneko | Nominatsiya | |
2006 | ZD Awards[35] | Yil yakkaxoni | Nominatsiya | |
Zolotoy grammofon | „Zolotoy grammofon“ haykalchasi | Ya prosto srazu ot tebya uydu | Gʻolib | |
Noviye pesni o glavnom[36] | Diplom | Gʻolib | ||
2007 | MTV Russia Music Awards[37] | Eng yaxshi ijrochi | Viktoriya Dayneko | Nominatsiya |
„Yil qoʻshigʻi“ | Laureat | Film ne o lyubvi | Gʻolib | |
Zolotoy grammofon | „Zolotoy grammofon“ haykalchasi | Gʻolib | ||
2008 | „Yil qoʻshigʻi“ | Laureat | „Stop, kuda je ya idu“ | Gʻolib |
„Zolotoy grammofon“ | „Zolotoy grammofon“ haykalchasi | Gʻolib | ||
Moy admiral (Lyube bilan birga) | Gʻolib | |||
2009 | „Premiya Muz-TV“ | „Eng yaxshi saundtrek“ | Nominatsiya | |
Eng yaxshi ijrochi | Viktoriya Dayneko | Nominatsiya | ||
2010 | Russkiy Top[38] | Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi | Nominatsiya | |
2011 | Fabrika Zvyozd-8. Vozvrashcheniye | Gʻolib | ||
Fashion People Awards[39] | „Fashion pesnya“ | Sotri ego iz Memory | Gʻolib | |
Premiya RU.TV | Eng yaxshi rington | Nominatsiya | ||
„Yil qoʻshigʻi“ | Laureat | Gʻolib | ||
„Zolotoy grammofon“ | „Zolotoy grammofon“ haykalchasi | Gʻolib | ||
„Krasnaya zvezda“ | Eng yaxshi qoʻshiq | Gʻolib | ||
Radio Potok[40] | 2011-yilning eng yaxshi qoʻshiqlari | Gʻolib | ||
2012 | Rossiya Federatsiyasi prezidentining tashakkurnomasi[41] | „Den semyi, lyubvi i vernosti“ bayramini tashkil etish va undagi ishtiroki uchun | Rossiya Federatsiyasi prezidentining tashakkurnomasi | Gʻolib |
Love Radio Awards[42] | Yil dueti | T-killah va Viktoriya Dayneko | Nominatsiya | |
Russkiy Top[43][44] | Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi | Viktoriya Dayneko | Nominatsiya | |
2013 | Nominatsiya | |||
„Realnaya premiya MusicBox“ | Nominatsiya | |||
„Zolotoy grammofon“[45] | „Zolotoy grammofon“ haykalchasi | Dishi | Nominatsiya | |
„Krasnaya zvezda“ | Eng yaxshi qoʻshiq | Gʻolib | ||
2014 | Love Radio Awards[46] | Eng yaxshi milliy qoʻshiqchi | Viktoriya Dayneko | Nominatsiya |
Russkiy Top[47] | Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi | Nominatsiya | ||
Yilning eng yaxshi musiqiy albomi | V | Nominatsiya | ||
2015 | „Qorachoy-Cherkesiya respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ | Madaniyat sohasidagi koʻp yillik mehnatlari uchun | „Qorachoy-Cherkesiya respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni | Gʻolib |
Premiya Muz-TV | Chet tilidagi eng yaxshi qoʻshiq | R. E.D. | Nominatsiya | |
Premiya RU.TV | Eng seksual video | Bey sebya | Nominatsiya | |
2016 | „Zolotoy grammofon“ | „Zolotoy grammofon“ haykalchasi | "Jit vdvoyom" | Gʻolib |
„Russkiy Top“[48] | Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi | Viktoriya Dayneko | Nominatsiya | |
“Premiya RU.TV“ | Yil onasi | Nominatsiya | ||
Yil nikohi | Viktoriya Dayneko va Dmitriy Kleyman | Gʻolib |
Sanksiyalarga tushishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilda Ukrainaga hujumni qoʻllab-quvvatlash uchun „Za Rossiyu“ vatanparvarlik marafonida ishtirok etadi[49]. Shundan keyin Dayneko Ukrainaga qarshi urushni qoʻllab-quvvatlashdagi konsertlarda ishtirok etgani uchun unga qarshi xalqaro sanktsiyalar qoʻllash taklifi bilan FBKning korrupsionerlar va urush qoʻzgʻatuvchilari roʻyxatiga kiritiladi[50][51][52].
2022-yil mart oyining oxirida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Latviya tomonidan bosqinni qoʻllab-quvvatlagani va rus tajovuzini oqlagani uchun Daynekoga mamlakatga kirishni taqiqlandi[53].
2023-yil 7-yanvarda Viktoriya „Vladimir Putinning urush mitingi ishtirokchisi“ sifatida Ukrainaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan[54][55].
2023-yil 3-fevralda Rossiya dezinformatsiyasi va tashviqotini tarqatishda ishtirok etgani uchun „Rossiya dezinformatsion agentlari“ sifatida Kanadaning sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshildi[56][57].
2023-yil iyun oyi oʻrtalarida Ukrainaning „Leopard“ tanklari yoʻq qilgan Rossiya harbiylari va fuqarolariga shaxsiy mablagʻlari hisobidan mukofot toʻlash taklifini qoʻllab-quvvatlaydi va unga qoʻshiladi[58][59][60].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Виктория Дайнеко стала Заслуженной артисткой КЧР“ (ru). AiF (2015-yil 12-may). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Виктория Дайнеко“ (ru). Europe Plus TV (2008-yil 6-mart). 2012-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
- ↑ „Сенсационный успех Виктории Дайнеко“ (ru). www.саханьюс.рф. ИА SakhaNews (2011-yil 29-may). 2021-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Виктория Дайнеко“ (ru). Cosmopolitan. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.
- ↑ 5,0 5,1 Дмитрий Тульчинский. „В гостях у сказки“ 54—63. Интервью (9 2010).
- ↑ 6,0 6,1 „Биографии звезд на Cosmo.ru: Виктория Дайнеко“. 2012-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-avgust.
- ↑ „Дайнеко Виктория Петровна, РОССИЯ - Деловой квартал“ (ru). www.dk.ru. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
- ↑ 8,0 8,1 „Как изменилась Виктория Дайнеко спустя 19 лет после "Фабрики звезд"“ (ru). Рамблер/кино (2023-yil 12-may). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „Победители MTV Russia Music Awards“. 2008-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-aprel.
- ↑ „Вика Дайнеко станет лицом Motivi“. 2008-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-aprel.
- ↑ „Виктория Дайнеко обнажилась для Playboy.“. 2007-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-aprel.
- ↑ Zapis efira ot 21.06 2010.
- ↑ Дмитрий Тульчинский. „В гостях у сказки“ 54—63. Интервью (9 2010).
- ↑ „Вышел дебютный альбом Виктории Дайнеко «Иголка»“. 2008-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-aprel.
- ↑ „Победителями конкурса «Две звезды» стали Марк Тишман и Нонна Гришаева. Новости. Первый канал“ (ru). 1tv.ru. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „Главная героиня нового мультфильма говорит голосом Вики Дайнеко“ (ru). 72.ру - новости Тюмени (2010-yil 18-noyabr). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „Герои мультфильма «Рапунцель: Запутанная история» заговорили голосами Виктории Дайнеко и Григория Антипенко / ИА REX“ (ru). iarex.ru. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „Виктория Дайнеко обнародовала гимн безопасному сексу“ (ru). km.ru (2014-yil 26-noyabr). 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „Виктория Дайнеко: Я согласилась озвучивать «Троллей» ради дочки“. Собеседник.ру. 2016-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-noyabr.
- ↑ „Виктория Дайнеко презентовала альбом «Магнитные» - новость канала RU.TV“. ru.tv. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „Певица Виктория Дайнеко возглавит список «Зеленой альтернативы» на выборах в Госдуму“. www.znak.com. 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „Культурный фронт: как из эфира и со сцены в России пропали "война", "мир" и артисты, не поддержавшие вторжение в Украину“ (ru). Настоящее Время (2022-yil 2-dekabr). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „SHAMAN и пустота: как автор песни «Я русский» стал (единственной) надеждой кремлевского музыкального агитпропа?“ (ru). RFI (2023-yil 25-mart). 2023-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „Кринж-рок. Артемий Троицкий о провале путинского музыкального агитпропа“ (ru). The Insider. 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyul.
- ↑ „Шоу Три аккорда 7 сезон (2023): дата выхода, участники, выступления, жюри, ведущий“ (ru-RU). www.kp.ru. 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „Кто под маской Феникса на шоу Маска-4: кого раскрыли 19 марта 2023“ (ru-RU). www.kp.ru. 2024-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-mart.
- ↑ „«Гордость» вместо «Книги»: как патриотическое радио заменило литературное“. Лениздат (2024-yil 20-fevral).
- ↑ „Виктория Дайнеко“ (ru). Cosmopolitan. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
- ↑ „Виктория Дайнеко показала своего 20-летнего парня“ (ru). www.depo.ua. 2015-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
- ↑ „Вика Дайнеко вышла замуж в Кутузовском загсе Москвы“. 7days.ru (2015-yil 14-aprel). 2015-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-aprel.
- ↑ 31,0 31,1 Юлия Мухамедова. „«Моей первой любовью был Гарик»: Виктория Дайнеко рассказала о своих бойфрендах“ (ru). Cosmopolitan (2021-yil 29-yanvar). 2021-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
- ↑ „Виктория Дайнеко Лейла“.
- ↑ „Виктория Дайнеко Я буду лучше“.
- ↑ „MTV RMA 2005: триумфальная победа Димы Билана“ (2005-yil 21-sentyabr). 2019-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „Сергей Лазарев стал «Солистом года» на ZD Awards“. 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.
- ↑ „"Новые песни о главном" в Кремле“.
- ↑ „MTV RMA 2007: четвертый провал кряду | Guru Ken Shou. Novosti shou-biznesa“. www.guruken.ru. 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul.
- ↑ „Русский ТОП 2010“. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „FASHION PEOPLE AWARDS 2011“. 2016-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
- ↑ „Лучшие песни 2011 года“. 2017-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
- ↑ „Распоряжение Президента Российской Федерации от 5 апреля 2012 года № 130-рп «О поощрении»“. 2018-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-noyabr.
- ↑ [http://www.loveradio.ru/new/49098.htm „Итоги года! Love Radio Awards 2012“]. 2017-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
- ↑ „Русский ТОП 2012“. 2020-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „Русский ТОП 2013“. 2018-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „Архив результатов хит-парада Золотой граммофон - ВКонтакте“. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
- ↑ „Love Radio Awards 2014. Музыка“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyun.
- ↑ „Русский ТОП 2014“. 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „Русский ТОП 2016“. 2020-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
- ↑ „Марафон «Zа Россию» обошелся почти в 100 миллионов рублей из бюджета. Его организовал экспертный институт, далекий от шоу-бизнеса, но близкий к Кремлю. Главное из расследования «Русской службы Би-би-си»“ (ru). Meduza. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ „GAGARINA Polina Sergeevna“ (en). OpenSanctions. 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
- ↑ „А чего вам дома не сидится?“ (en). Звуки.Ру. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.
- ↑ „Гарик Сукачев, Николай Басков, Валерия попали в «Список 6000» Навального“ (ru-RU). Радио (2022-yil 10-may). 2023-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyun.
- ↑ „Латвия запретила въезд ещё 102 россиянам“ (ru). Радио Свобода. 2023-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-yanvar.
- ↑ „Зеленский ввел санкции против Михалкова, Киркорова, Симоньян и еще 116 российских артистов и других публичных лиц“ (ru). Настоящее Время. 2023-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
- ↑ „ДАЙНЕКО Виктория Петровна - биография, досье, активы“ (ru). Война и санкции. 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
- ↑ Global Affairs Canada. „Canada sanctions additional Russian propagandists“. www.canada.ca (2023-yil 3-fevral). 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ „Канада ввела санкции против МИА «Россия сегодня», журналистов и артистов“ (ru). Коммерсантъ (2023-yil 3-fevral). 2023-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.
- ↑ „Основатель группы «Земляне» предложил платить по миллиону рублей за подбитый танк Leopard 2. Его поддержали Лепс и Басков“ (ru). Meduza. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
- ↑ „Басков, Дайнеко, Долина: кто из звезд будет премировать бойцов за подбитые танки“. Российская газета (2023-yil 15-iyun). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
- ↑ Русская служба The Moscow Times. „Лепс и Басков пообещали платить российским военным по 1 млн рублей за подбитый в Украине Leopard“ (ru). Русская служба The Moscow Times (2023-yil 15-iyun). 2023-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.