Anadol
Turi | Xususiy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobil ishlab chiqarish |
Egasi | Koç Holding |
Qachon asos solingan | 1966 |
Rahbariyat | Vehbi Koç |
Mahsulot(lar)i | Avtomashina, Pick-Up |
Anadol — Turkiyaning birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan yoʻlovchi avtotransport vositasi va 1961-yildagi Devrim sedanidan keyingi ikkinchi turk avtomobili. Anadol avtomashinalari va pikaplari 1966-yildan 1991-yilgacha Istanbuldagi Otosan avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Anadolning quyidagi yettita modeli ishlab chiqarilgan: A1 (1966-1975), A2 (1970-1981), STC-16 (1973-1975), SV-1600 (1973-1982), Bosek (1975-1977), A8-16 (1981−1984) va Otosan P2 500 pikap (1971-1991).
1986-yilda Anadol yengil avtomobillarini ishlab chiqarish toʻxtatildi, Otosan 500 pikaplari ishlab chiqarilishi 1991-yilgacha davom etdi. Hozirgi vaqtda Otosan Ford Motor Company kompaniyasining dunyodagi koʻplab mamlakatlariga, xususan Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarga eksport qilinadigan engil avtomobillar va tijorat transport vositalarini ishlab chiqarmoqda.
Anadol A1 (1966-1975)
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Anadol |
---|
Anadolning talabiga binoan FW5 kod nomi bilan Reliant tomonidan prototipni yaratilgan Anadol A1, 1966-yil 19 dekabrda ishlab chiqarila boshlandi. A1 modelining dizayni Ogle Dizayn kompaniyasi vakili Tom Karen tomonidan yaratilgan. 1967-yilda Yangi Zelandiyalik tadbirkor Alan Gibbs ham ushbu avtomobilni, Anziel Nova nomi bilan ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi. [1] Ammo bu loyiha amalga oshmadi.
A1-ni ishlab chiqarish Otosan yangi Istanbulning sharq tomonidagi zavodida, [2] 1200 kub santimetrlik Cortina dvigateli bilan 1966-yil 16 dekabrda boshlangan, ammo 1968-yilning oktyabrida u 1300 kub santimetrlik Kent dvigateliga almashtirilgan. 1969-yilda boshqaruv paneli oʻlchagichlari dizayni yangilandi va ularning joylari oʻzgartirildi, rulning ergonomik dizayni yaxshilandi. 1970-yilda oldingi ikki dumaloq faralar oval faralar bilan almashtirildi, yangi uzatmalar qutisiga oʻzgartirildi va bamperlar oʻzgartirildi. 1971-yilda tomning ichki qismi oʻsha davrning modasiga muvofiq vinil bilan qoplangan. Avtomashinaning dizayni shu tarzda 1972-yil aprelgacha saqlanib qoldi.
1971-yilda Izmirda boʻlib oʻtgan Oʻrta Yer dengizi oʻyinlariga bagʻishlab, Akdeniz (Oʻrta er dengizi) deb nomlangan maxsus A1 modeli ishlab chiqilgan. Anadol Akdeniz 1972-yilda paydo boʻlgan yangi modelning boshlangʻich nusxasi edi.U korpus shakliga birlashtirilgan bamperlar, oldingi panjara, oq signal chiroqli toʻrtburchaklar faralar va oʻzgacha orqa chiroqlar bilan ishlab chiqarilgan edi. Avtomobilning ichki qismi ham tubdan oʻzgartirilgandi, yangi asboblar paneli, yangi oʻrindiqlar va yangi pardoz materiallari. 1972-yildan boshlab, ushbu model Anadolning standard kupe rusumli avtomashinasi boʻldi vauni ishlab chiqarish 1975-yilda toʻxtatildi.
Besh kishilik korpus elyaf shishadan yasalgan va h-ramkali shassiga yopishtirilgan. Dastlab Anadol faqat kupe sifatida mavjud edi, ammo 1973-yil oxirida sedan va universal versiyalari qoʻshildi.
Anadol A1 birinchi turk ralli avtomobili ham boʻlgan va Anadol Ralli Takimi (ART) birinchi turk ralli jamoasi boʻldi. Turkiyadagi birinchi rasmiy avtorallida, 1968-yildagi Trakya Rallisi, Anadol A1 haydovchilarining taniqli dueti, Rench Kochibey va Demir Bükey, gʻalaba qozondi. Boshqa mashhur Anadol A1 ralli haydovchilari orasida Iskender Atakan, Klod (Klod) Nahum, Mete Oktar, Shükrü Okçu va Serdar Bostanci bor edi. Mashhur avtoralli haydovchisi Romolo Markopoli ham Anadol A1 muxlisi edi.
1968-yilda yana bir turk haydovchisi Iskender Aruoba, oʻzining Anadol A1 bilan, 8 oy davom etgan 30000 kmli Afrika-Osiyo-Yevropa turida qatnashdi.
Anadol A2 (1970-1981)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anadol A2 Anadolning birinchi toʻrt eshikli modeli va dunyodagi birinchi shisha kuzovli toʻrt eshikli sedan edi.
Uning prototipi 1969-yilda tayyorlangan va avtomobil 1970-yilda bozorga chiqarildi.
Haydovchi va yoʻlovchi uchun toʻrtta eshik va bitta keng old oʻrindiq oʻrindigʻidan tashqari, A2 ning birinchi versiyalari A1 bilan bir xil texnik xususiyatlarga ega edi. 1972-yil aprel oyidan boshlab A2-ning old qismi A1 (yangi old qism, old panjara va yoritgichlarni oʻz ichiga olgan)ning oʻzgarishlarni qabul qildi va ushbu dizayn 1975-yil oxiriga qadar davom etdi.
1976-yilda A2 ning yangi versiyasi — SL taqdim etildi. Avtomobilning tashqi koʻrinishidagi eng katta oʻzgarishlar old va orqa tomondagi yangi yoritgichlar edi. Ayniqsa, orqa yoritgichlar mutlaqo yangi koʻrinishga ega edi. Yangi rul, yangi boshqaruv paneli va yangi pardoz materiallari bilan jihozlangan salon ham butunlay oʻzgartirilgandi.
A2, shuningdek, avtomobilning xavfsizligini oshirish uchun keng koʻlamli avtohalokat sinovlaridan oʻtgan birinchi Anadol modeli edi.
A2 asosan oilaviy sedan va tijorat maqsadlarida (odatda taksi sifatida) ishlab chiqarilganligi sababli, eng koʻp sotiladigan Anadol yengil avtomobili boʻlib, jami 35,668 dona sotilgan. A2 1981-yilda A8-16 bilan almashtirildi.
Anadol P2 500/600 (1971-1991)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yengil transport vositalariga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun birinchi prototip pikap yuk mashinasi (A1 asosida) 1970-yilda Bernar Nahum tomonidan ishlab chiqilgan. Bir-yildan soʻng 1,3 litrlik Ford Crossflow dvigateli bilan jihozlangan pikaplarning seriyali ishlab chiqarishi boshlandi. P2 shuningdek, A1ning yangi old qismini ham oʻzlashtirdi. 1980-yillarda pikap dvigateli boshqa Anadollarda boʻlgani kabi 1,6 litr hajmdagi Ford Pinto-ga yangilandi. 1983-yildan keyin pikapning 600D versiyasi ishlab chiqilib, 1,9 litrli dizel dvigatel bilan jihozlandi, bu kaputda ozgina pasayishni talab qildi. Ushbu pikaplarga talab har doim yuqori boʻlgan va Turk Post (PTT) tomonidan keng foydalaniladigan. 1991-yilga kelib 36,892 dona pikap ishlab chiqarilgan edi. Koʻplab sedanlar ham pikap mashinalariga aylantirilgan edi.
Anadol STC-16 (1973-1975)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sport modeli, STC-16 1973-yildan 1975-yilgacha ishlab chiqarilgan. Birinchi prototip 1972-yilda taqdim etilgan.
Eralp Noyan tomonidan ishlab chiqilgan STC-16 birinchi turk sport avtomobili edi. Bu, shuningdek, Devrim (1961-yilda ishlab chiqarilgan turk avtomobilidan)dan keyin ikkinchi butunlay turk avtomobili edi.
1971-yilda Erdogʻan Gonul, Otosan bosh menejeri va Vehbi Kochning kuyovi, sport avtomobilini ishlab chiqarishga kompaniya boshqaruvchilarini ishontirdi. Avtomobil Turkiya bozorining yuqori qatlamiga qaratilgan edi va xalqaro avtorallilarda ishtirok etar va shu bilan Anadol brendining obroʻsini oshirar edi. STC-16 ijodiy ishlari Belgiyadagi Qirollik Tasviriy sanʼat akademiyasini tamomlagan turk dizayneri Eralp Noyanga topshirilgan. STC-16 mutlaqo yangi Anadol boʻlib, brendning oldingi modellariga oʻxshamadi. STC-16 dizayni oʻsha davrdagi Datsun 240Z, SAAB Sonett, Aston Martin V8, Ginetta G21 va Marcos GT kabi sport avtomobillarining modellariga oʻxshash edi, ammo avtomobilning umumiy shakli oʻziga xos va alohida xususiyatlarga ega edi. Eralp Noyan, ayniqsa, avtomobilning ichki va tashqi qismini loyihalashda Ikkinchi Jahon urushidagi Supermarine Spitfire samolyotlaridan ilhomlangan edi.
STC-16 qisqartirilgan va oʻzgartirilgan Anadol shassisi va toʻxtatib turish tizimidan foydalangan, 1600 kub santimetrli Ford Mexico motoridan foydalangan. Oʻz navbatida, uzatish tizimi Britaniyada yuqori natijalarga erishgan Cortina va Capri modellari tomonidan ishlatilgan. STC-16da oʻsha davrdagi Angliya va Italiya sport avtomobillarida boʻlgan barcha tipik oʻlchash moslamalari va koʻrsatkichlari mavjud edi. Tezlik va rpm koʻrsatkichlaridan tashqari, boshqaruv panelida kruizning masofani oʻzgartiradigan koʻrsatkichi (bu davr uchun yangi narsa), shuningdek Lukas ampermetr va Smits moyi, yoqilgʻi va dvigatel harorati koʻrsatkichlari oʻrnatilgan.
Dastlabki rivojlanish davridan 11 oy oʻtgach, ST-16 ning dastlabki uchta prototipi yoʻl sinovlariga tayyor boʻldi. Sinovlar Kojaeli provinsiyasining Koseköy shahrida joylashgan Cengiz Topel harbiy-havo stantsiyasida boʻlib oʻtgan. Ushbu davrda STC-16 ning birinchi avariya sinovlari ham oʻtkazildi. Keyinchalik Otosanning ishlab chiqarish boʻyicha menejeri Nihat Atasagun STC-16 ni Angliyaga olib ketdi va M.I.R.A. poyga maydonida avtomobilni sinovdan oʻtkazgan. Mashina Angliya koʻchalari va magistrallarida katta eʼtiborni tortdi, u yerda koʻpchilik bu yangi britaniya sport avtomobilining prototipi deb oʻyladi. STC-16 poyga maydonida britaniyalik haydovchilar tomonidan sinovdan oʻtkazildi va ularning takliflariga muvofiq oʻzgartirishlar kiritildi, shundan soʻng avtomobilning koʻrsatkichlari va xavfsizlik xususiyatlari yaxshilandi. Nihoyat, 1973-yil aprel oyining boshida birinchi STC-16 Istanbuldagi Otosan zavodidan chiqib, avtosalonga kirdi.
Avtomobilning nomi „STC-16“ dastlab „Sport Turkish Car 1600“ uchun qisqartma edi. Ammo u xalqaro bozorlarga moʻljallanganligi sababli, STC alternativa „Sporting Touring Coupé“ deb nomlandi. Biroq, turk yoshlari orasida STC „Süper Türk Canavarı“ (Super turk monsteri) deb talqin qilingan.
Afsuski, 1973-yilgi global neft inqirozi STC-16 uchun noxush xabarlarni anglatardi. Nafaqat yoqilgʻi narxi, balki STC-16 kabi avtoulovlarni ishlab chiqarish narxi ham qimmatlashdi. Yetakchi orqa gʻildirakli STC-16 dvigateli juda koʻp yoqilgʻi sarflar edi va Turkiyadagi sport kupe bozori juda kichik segmentni, xususan, yuqori daromadli oilalarning yosh aʼzolarini tashkil qilardi holos. Ushbu davrning boshqa Anadolning 50.000 dan 55.000 turk lirasiga sotilgan modellaridan farqli oʻlaroq, STC-16 ning narxi 70000 turk lirasidan yuqori edi. Barcha omillar birlashganda, STC-16 ning asosiy mijozlari avtoralli haydovchilari, sport avtomobil ixlosmandlari va yosh taniqli shaxslar boʻlib qolishdi.
Shunga qaramay, STC-16 oʻsha davrning turk yoshlari xotirasida qoldi va avtomobilning takomillashtirilgan versiyasi Turkiya va Yevropadagi ralli musobaqalarida koʻplab gʻalabalarni qoʻlga kiritdi. Mashhur Anadol STC-16 avtoralli haydovchilari orasida Rench Kochibey, Demir Bükey, Romolo Marcopoli, İskender Aruoba, Cihat Gürkan, Ali Furgach, Shevki Gökerman, Serdar Bostanci, Murat Okçuogʻlu, Juneyd Ishingör, Mehmet Becce, Xizir Güryel, Derya Karaköse va Osman Arabacılar bor.
1973-1975-yillarda jami 176 dona Anadol STC-16 ishlab chiqarildi, ularning aksariyati 1973-yili global neft inqirozigacha davrda ishlab chiqarildi. Deyarli barcha STC-16-lar avtomobil bilan sinonimga aylangan „Alaniya sariq“ rangiga boʻyalgan. Ularning baʼzilari oq poyga chiziqlari bilan qizil, baʼzilari esa koʻk poyga chiziqlari bilan qizil rangga boʻyalgan, xuddi oʻsha davrdagi sport avtomashinalari uchun moda boʻlgani kabi.
Anadol SV — 1600 (1973-1982)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1973-yil oxirida avtosalonlarda paydo boʻlgan SV-1600, dunyodagi birinchi shisha tolali kuzovli 5 eshikli universal avtomashina edi. U 4 eshikli Anadol modellariga qaraganda butunlay boshqacha dizayn va tashqi koʻrinishga ega edi va Reliantʼs Scimitar sport universal kupesidan ilhomlanib yaratilgan edi.
SV-1600 ishlab chiqarilishi 1982-yilgacha davom etdi.
Anadol Bojek (1975-1977)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bojek (qoʻngʻiz) Otosanning dizayn va rivojlanish boshqarmasida ishlagan Yan Nahum tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik, Nahum Otokar va Tofash kabi yirik kompaniyalarning bosh menejeri, FIATning Xalqaro biznesni rivojlantirish boʻlimi rahbari va keyinchalik Petrol Ofisi bosh direktori boʻldi. Yan Nahumning otasi Bernar Nahum Anadol fabrikasini tashkil qilishda va Anadol A1ni rivojlantirishda muhim rol oʻynagan. Shu oilaning yana bir aʼzosi, Claude (Klod) Nahum Anadol A1 ralli poygachisi, shuningdek Otosan Anadol Wankel dvigatelini ishlab chiquvchisi edi. Ayni paytda u KARAÇA kompaniyalar guruhining taʼsis hamkori boʻlib, uning tarkibiga KARSAN Automotive Industries ham kiradi.
Bojek koʻrgazma zallariga 1975-yilda chiqarilda. Tashqi koʻrinishi shisha tolali oynali gumbazga oʻxshash, ammo konstruktsiyasi va xususiyatlari jihatidan farqli boʻlgan ushbu transport vositasi Turkiya Qurolli Kuchlari talabiga binoan ishlab chiqilgan. Otosan shuningdek, Turkiyaning sayyohlik va plyaj kurortlarining tobora rivojlanib borayotgani ushbu turdagi transport vositasiga talabning maʼlum darajasini kafolatlashini bashorat qilgan edi. Bojekning tomini ochish mumkin edi. Bojekning futuristik old paneli va oʻlchagichlari zamonaviy koʻrinishga ega edi va koʻp-yillar oʻtgach Yevropada boʻlajak yoʻlovchi transport vositalarida sifatid namoyish etildi.
Anadol prototiplari (1977-1986)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wankel dvigateli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otosan dizayn va rivojlanish boshqarmasi Claude (Klod) Nahum kabi koʻplab isteʼdodli muhandislarni jalb qildi, uWankel dvigatelini yaratgan guruhga rahbarlik qildi. Ammo yuqori rivojlanish xarajatlari va Wankel dvigatellarining kamchiliklari tufayli ushbu dvigatel Anadolning modellarida ishlatilmadi. Bugungi kunda ushbu Wankel dvigatellaridan biri Istanbuldagi Rahmi M. Koch muzeyida namoyish etiladi.
FW 11
[tahrir | manbasini tahrirlash]1977-yilda Marcello Gandini Anadol va Reliant uchun FW 11-ni ishlab chiqdi, keyinchalik uni Scimitar SE 7 deb nomladi. Ushbu avtomashinaning toʻrtta prototipi ishlab chiqarilgan, ulardan ikkitasi Angliyada Reliant markasi bilan qolgan va qolgan ikkitasi, ulardan biri oq, ikkinchisi koʻk, Anadol markasi bilan Turkiyaga yuborilgan. Zamonaviy dizaynga ega boʻlgan va oʻsha davrda Yevropada ishlab chiqarilgan elektr derazalar kabi „hashamatli“ mashina, ishlab chiqarilishi uchun juda qimmat deb topilgan va loyiha tashlab qoʻyilgan. Ikkala Anadol prototipi ham 25-yil davomida Istambulning Acibadem tumanidagi Koch Holding (Otosan egalik qiladigan) deposida saqlangan. 2004-yildan beri ulardan biri vaqti-vaqti bilan Istanbuldagi Rahmi M. Koch muzeyida namoyish etiladi.
Boshqa prototiplardan biri Reliant Scimitar SE 7 hozirda Angliyada namoyish etilmoqda. Anadolning FW 11-ni ishlab chiqarmaslik toʻgʻrisidagi qaroridan soʻng, Reliant Scimitar SE 7 prototipini Birmingem avtokoʻrgazmasida oʻz stendida namoyish etdi .
FW 11 ning umumiy dizayn uslublari Gandini tomonidan 1982-yilda Citroën BX uchun qayta ishlangan.
Çağdaş
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yillarning oxirlarida Yan Nahum bir nechta prototiplarni ishlab chiqdi va yangi Anadol dizaynlarida ishladi. Ushbu yangi prototiplarning aksariyati ommaviy ishlab chiqarilishga yaramas edi.
Oʻsha davrda „Otosan“ dunyo boʻylab avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga mos ravishda zamonaviy avtomobillarni yaratishga, shu bilan birga oʻz transport vositalarining korpus qismlarini qurishda ishlatiladigan tolali shisha miqdorini kamaytirishga harakat qilar edi. Ushbu talabni qondirish uchun Jan Nahum Anadol Cagdaş (Zamondosh) ning ikki xil prototipini yaratdi. Cagdaşning tanasi temir skeletga oʻrnatilgan shisha tolali qismlardan yasalgan edi. Unga Claude (Klod) Nahum tomonidan ishlab chiqilgan Wankel dvigateli oʻrnatilgandi.
Cagdaş, sanoat dizayni nominatsiyasida Turk Davlat Tasviriy sanʼat akademiyasining yuqori mukofotiga sazovor boʻldi va Jan Nahum ushbu mukofotni prof. Doktor Ender Kuchukermandan qabul qilgan.
Turk gazetalarida, avtomobilning ommaviy ishlab chiqarilishi 1980-1981-yilda boshlanadi deb yozilgandi. Biroq, mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik tufayli loyiha amalga oshmay qoldi.
Cagdaşning yagona prototipi bugun Istanbuldagi Rahmi M. Koch muzeyida saqlanadi.
A9
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bertone tomonidan ishlab chiqilgan A9, Anadolning soʻnggi prototipi edi. Bu 1980-yillarning boshlari uchun juda zamonaviy dizaynli 4 eshikli sedan edi. Avtomobilning orqa qismlari kelajakdagi Peugeot 405-ga, umumiy shakli esa 1980-yillarning oʻrtalaridagi Volvo sedanlariga oʻxshardi. A9 uchun yangi va zamonaviy koʻrinishga ega Anadol logotipi ishlab chiqilgan edi.
Gʻildiraklarning dizayni 1980-yillarning oʻrtalaridan to oxirigacha boʻlgan Yevropa avtomobillariga xos edi.
Biroq, A9 ommaviy ishlab chiqarilmadi va uning prototipi yoʻq qilindi.
Keyinchalik 1986-yilda Anadol avtomobil markasi sifatida toʻxtatildi, chunki Otosan zavodi Ford Motor Company brandi ostida yengil avtomobillar modellarini ishlab chiqarishni boshladi.
Anadol modellari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A1 (1966-1975): 19 724 ishlab chiqarilgan
- A2 (1970-1981): 35,668 ishlab chiqarilgan
- STC-16 (1973-1975): 176 ishlab chiqarilgan
- SV-1600 (1973-1982): 6.499 ishlab chiqarilgan
- Böcek (1975-1977): 203 ishlab chiqarilgan
- A8-16 / 16 SL (1981-1984): 1013 ishlab chiqarilgan
- Otosan 500 pikap (1971-1991): 36,892 dona ishlab chiqarilgan
Anadol prototiplari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FW11 (1977)
- Chagdaş (1970-yillarning oxirlari)
- A9 (1980-yillar boshlari)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.anadolturkey.com Anadol fan klubi
- https://web.archive.org/web/20061205045409/http://anadolclub.org/ Anadol Avtomobil Klubi
- http://www.stc-16.org (Wayback Machine saytida 2019-09-06 sanasida arxivlangan) Anadol STC-16 muxlislari sayti
- Anadol STC-16 video
- https://web.archive.org/web/20060827224806/http://www.kobiline.com/web/anadol/ (turk tilida)
- http://auta5p.eu/katalog/anadol/anadol.htm (Chexiyada)
- https://web.archive.org/web/20061013101310/http://carcatalog2.free.fr/que2.htm (fransuz tilida)