Andrew Considine
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andrew MacLaren Considine[1] | ||
Tavallud sanasi | 1-aprel 1987-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Banchory, Shotlandiya | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | St Johnstone | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2004 | Aberdeen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2022 | Aberdeen | 442 | (27) |
2022 | St Johnstone | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007 |
Shotlandiyaning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 2 | (0) |
2007—2008 |
Shotlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi | 4 | (0) |
2020 | Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 20-sentyabr uchun) |
Andrew MacLaren Considine (talaffuzi: Endryu Maklaren Konsidin) (1987-yil 1-aprelda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Andrew Considine Shotlandiya Premer-ligasi vakili „St Johnstone“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Andrew Considine 18 yil davomida „Aberdeen“ futbol klubi safida 550 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan va bu natija bilan u oʻz tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar qatoriga kirgan. Andrew Considine 2021—2022-yilgi mavsumdan keyin „Aberdeen“ futbol klubini tark etdi va „St Johnstone“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aberdeen
[tahrir | manbasini tahrirlash]Considine yoshligida „Rangers“ futbol klubi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega edi, lekin u „Aberdeen“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Chunki Andrew Considine ularning birinchi jamoasiga kirish imkoniyati koʻproq ekanligini his qilgan edi[4]. Andrew Considine oʻzining ilk oʻyinini 2004-yilning may oyida „Dundee“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. 2005—2006-yillarda Andrew Considine oʻyin koʻrsatish boʻyicha ikki karra koʻrsatkichlarga erishdi va 2006—2007-yilgi mavsumda asosiy jamoa safiga qoʻshildi. Andrew Considine 2007-yil yanvarida „St Mirren“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan) „Aberdeen“ futbol klubi uchun birinchi golini kiritdi.
Considine 2011—2012-yilgi mavsumda „Aberdeen“ futbol klubining yilning eng yaxshi futbolchisi boʻldi[5]. Andrew Considine 2012—2013-yilgi mavsumda klub safida muntazam oʻynashda davom etdi, biroq 29-dekabr kuni „Dundee“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oyogʻi sindi[5].
2014-yilning 29-dekabrida Considine shartnomasini ikki yarim yilga uzaytirdi va bu shartnoma Andrew Considineni 2017-yil yozigacha „Aberdeen“ futbol klubida qoldirdi[6]. Considine 2015-yil 27-mart kuni Gollandiyaning „Tvente“ klubiga qarshi oʻyinda „Aberdeen“ klubidagi koʻp yillik xizmatlari uchun mukofotlandi[7].
Andrew Considine 2017-yilning 14-fevralida klub bilan yana bir yangi shartnoma imzoladi. 2017-yilning 31-martida u Dens Parkda „Dundee“ futbol klubi ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda xet-trik qayd etdi[8].
2019-yil aprel oyida Andrew Considine „Aberdeen“ futbol klubibilan (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. U 2019-yil 24-noyabr kuni „St Johnstone“ klubiga qarshi oʻyinda „Aberdeen“ klubi uchun 500-uchrashuvini oʻtkazdi[10][11]. Uning shartnomasi 2020-yil dekabr oyida yana uzaytirildi[12].
Andrew Considine 2021—2022-yilgi mavsumning koʻp qismini jarohat olib, oʻtkazib yubordi[13]. U 2022-yilning bahorida oʻzining jismoniy holatiga qaytdi, biroq 2022-yil aprel oyida klub bilan yangi shartnomaga kelishib boʻlmagani uchun mavsum oxirida klubni tark etishi eʼlon qilindi[13][14][15].
St Johnstone
[tahrir | manbasini tahrirlash]Considine 2022-yil 16-iyun kuni „St Johnstone“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[16].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Considine Banchory shahrida tugʻilib oʻsgan[17]. Andrew Considine „Aberdeen“ futbol klubining sobiq himoyachisi Doug Considinening oʻgʻlidir[18].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Yevropa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Aberdeen | 2003—2004 | Shotlandiya Premer ligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
2004—2005 | Shotlandiya Premer ligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
2005—2006 | Shotlandiya Premer ligasi | 12 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 14 | 0 | |
2006—2007 | Shotlandiya Premer ligasi | 33 | 2 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 36 | 2 | |
2007—2008 | Shotlandiya Premer ligasi | 22 | 0 | 5 | 2 | 3 | 2 | 7 | 0 | 37 | 4 | |
2008—2009 | Shotlandiya Premer ligasi | 20 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 23 | 1 | |
2009—2010 | Shotlandiya Premer ligasi | 16 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 19 | 1 | |
2010—2011 | Shotlandiya Premer ligasi | 27 | 0 | 4 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
2011—2012 | Shotlandiya Premer ligasi | 36 | 3 | 4 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 42 | 4 | |
2012—2013 | Shotlandiya Premer ligasi | 18 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 22 | 0 | |
2013—2014 | Shotlandiya Premer ligasi | 21 | 0 | 4 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | 28 | 2 | |
2014—2015 | Shotlandiya Premer ligasi | 37 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | 45 | 2 | |
2015—2016 | Shotlandiya Premer ligasi | 32 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | 40 | 3 | |
2016—2017 | Shotlandiya Premer ligasi | 36 | 6 | 5 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | 51 | 6 | |
2017—2018 | Shotlandiya Premer ligasi | 32 | 4 | 4 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | 42 | 4 | |
2018—2019 | Shotlandiya Premer ligasi | 33 | 3 | 6 | 1 | 4 | 0 | 1 | 0 | 44 | 4 | |
2019—2020 | Shotlandiya Premer ligasi | 27 | 4 | 5 | 1 | 2 | 1 | 6 | 0 | 40 | 6 | |
2020—2021 | Shotlandiya Premer ligasi | 36 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 43 | 1 | |
2021—2022 | Shotlandiya Premer ligasi | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | 7 | 1 | |
Jami | 442 | 29 | 49 | 6 | 34 | 4 | 44 | 2 | 569 | 41 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Shotlandiya milliy futbol terma jamoasi | 2020 | 3 | 0 |
Jami | 3 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „National football team player Andy Considine“. EU-Football.info. Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Andrew Considine: Overview“. ESPN. Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Andrew Considine“. Aberdeen F.C.. 2022-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ Macintyre. „Aberdeen: Andrew Considine on call-ups & joining the 500 club“. BBC Sport (21-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.
- ↑ 5,0 5,1 Dewar. „Andrew Considine loss a huge blow, says Dons boss Craig Brown“. BBC Sport (30-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Dons duo commit their futures“. Afc.co.uk. Aberdeen football club (29-dekabr 2014-yil). 2022-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
- ↑ „Tickets announced for Considine testimonial against FC Twente“. Evening Express (5-fevral 2015-yil).
- ↑ Dowden. „Dundee 0–7 Aberdeen“. BBC Sport (31-mart 2017-yil). Qaraldi: 9-aprel 2017-yil.
- ↑ „Considine extends Aberdeen stay“. BBC Sport (26-aprel 2019-yil).
- ↑ Macintyre. „Aberdeen: Andrew Considine on call-ups & joining the 500 club“. BBC Sport (21-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.Macintyre, Kenny (21 November 2019).
- ↑ Duncan. „St Johnstone 1–1 Aberdeen“. BBC Sport (24-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Andy Considine: Aberdeen & Scotland defender extends contract until 2022“. BBC Sport (16-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 16-dekabr 2020-yil.
- ↑ 13,0 13,1 Coyle. „Aberdeen unhappy at leak of Andy Considine exit news“. STV Sport (6-aprel 2022-yil). Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ „Aberdeen 'thrown under bus' as Considine to exit“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
- ↑ „Andy Considine rejected Aberdeen PAY CUT as Dons statement misses crucial detail“ (inglizcha). Daily Record. Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
- ↑ Coyle. „Drey Wright and Andy Considine join St Johnstone on free transfers“. STV Sport (16-iyun 2022-yil). Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
- ↑ Davie, Scott. „Andrew Considine's Aberdeen family fortunes“. The Scotsman (4-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Andrew Considine“. Aberdeen F.C.. 2011-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2011-yil.