[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Abe no Hirafu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abe no Hirafu
阿倍 比羅夫
Abe no Hirafuning ukiyo-e si, 1878-yil
Tugʻilgan yili nomaʼlum
Vafit etgan yili nomaʼlum
Faoliyat davri 645-664-yillar
Era Asuka davri
Bolalari Abe no Sukunamaro [ja],

Abe no Yasumaro [ja], Hiketa Hirome [ja],

Abe no Funamori [ja]

Ota-onasi
  • 阿倍目 (Abe Moku)? (otasi)
  • nomaʼlum (onasi)

Abe no Hirafu (yaponcha: 阿倍 比羅夫?) yapon harbiy strategiyachisi va Asuka davri qoʻmondoni sifatida tanilgan shaxs.

Baʼzi manbalarda u taxminan 575-664 yillar oraligʻida yashaganligi aytiladi[1].

Abe no Hirafuning hayotidagi voqealar uning oʻlimidan bir necha oʻn yillar oʻtib yozilgan "Nihon Shoki " va „Kojiki“ kitoblarida tasvirlangan. Otasining ismi va kelib chiqishi nomaʼlum, chunki yozma manbalar bir-biriga zid boʻlib, oʻsha paytda yashagan urugʻlarning nasabnomasini ulugʻlash uchun oʻzgartirilgan boʻlishi ham mumkin.

Voyaga yetganidan soʻng, Abe no Hirafu Koshi viloyatining gubernatori etib tayinlanadi. 658-yilda u mahalliy aholining iltimosiga binoan „Vatarishima“ da (bu Tsugaru yarim oroli yoki Xokkaydoni anglatishi mumkin) Mishixase ustidan gʻalaba qozondi. Uning odamlari 660-yilgacha Xokkaydo va Okushiri orollarida bosqinchilik va talon-toroj qilishni davom ettirib, koʻplab oʻljalar va mahbuslarni oʻzlari bilan olib kelishadi. Abe no Hirafuning oʻljalari orasida kamida 2 ta tirik ayiq, 70 ta ayiq terisi va 353 ta mahbus bor edi. 660-yil mart oyida mahalliy ittifoqchilar undan Xokkaydodagi Ishikari daryosida harbiy yordam soʻrashdi, u yerda Abe no Hirafu yana gʻalaba qozonadi.

662-yilda Abe no Hirafuning xoʻjayini (tez orada imperator Tenji boʻladi), uni va asirga olingan shahzoda Buyeo Pungni vayron boʻlgan ittifoqchi Baekje qirolligini tiklash uchun Koreya yarim oroliga ekspeditsiyada qatnashishga tayinlaydi. Abe no Hirafuga uchta diviziyada orqa boʻlinma qoʻmondonligiga tayinlangan edi. Uning boʻlinmasi butunlay dengiz boʻlinmasi boʻlib, ular 662-yil avgustda qitʼaga kirib kelgan va 663-yil avgustda Baekgang jangidagi magʻlubiyatdan keyin mamalakatga qayta chaqirib olingan.

Abe no Hirafu bir yoki bir nechta Abe sulolalarining, shuningdek, Ando va Akita sulolalarining ilk vakili boʻlishi mumkin.

Eslatmalar va havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Abe no Hirafu • . A History . . of Japan . 日本歴史“ (en-GB). . A History . . of Japan . 日本歴史. Qaraldi: 2022-yil 11-may.

This article incorporates text from OpenHistory.

Ushbu maqola 2017-yil 27-iyulda foydalanilgan Yapon Vikipediyasi sahifasi língínìnìnìnìnìnìnìnìnči sahifasidan olingan.