Admiralteystvo orollari
Qiyofa
Admiralteystvo orollari — Tinch okeandagi vulkan va marjon orollari; Bismark arxipelagida. Papua-Yangi Gvineya tarkibida. Maydoni 2072 km² (eng katta oroli Manus o.- 1554 km²). Asosiy shahri — Lorengau. Aholisi qariyb 40 ming kishi, asosan papuaslar. Eng baland joyi 719 m (Manus o.da). Orollar oʻrmon bilan qoplangan. Kokos palmasi oʻstiriladi, baliq ovlanadi. Admiralteystvo orollari ni 1527-29 yillarda ispan dengizchisi A. Saavedra kashf etgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |