[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Atropat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Atropat
qadimgi yunoncha: Aτρoπάτης, s avesto:Atərəpāta – „olov bilan himoyalangan“

Ozarbayjon harbiy tarixi muzeyida Atropatning zamonaviy haykali
Midiyaning Ahamoniylar satrapi
Mansab davri
 – miloddan avvalgi 330-yil
Monarx Doro III
Aleksandr Makedonskiy
Vorisi Midiya makedoniyaliklar nazoratiga o‘tadi
Midiyaning Makedoniya satrapi
Mansab davri
miloddan avvalgi 328-yil – miloddan avvalgi 323-yil
Monarx Aleksandr Makedonskiy
Oʻtmishdoshi Midiya ikki qismga - "Buyuk" va "Kichik" (Atropatenga) bo‘lingan
Vorisi Oksidat
Atropaten hukmdori
Mansab davri
miloddan avvalgi 323-yil – miloddan avvalgi 320-yildan keyin
Monarx noaniq
Vorisi noaniq
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi miloddan avvalgi IV asr
Vafoti miloddan avvalgi 320-yildan keyin
Dini Zardushtiylik

Atropat (qadimgi forscha:Aturpat, yunoncha: Atropatas, avesto:Atərəpāta – „olov bilan himoyalangan“; Miloddan avvalgi IV asrda tavallud topgan) – Doro III va Aleksandr Makedonskiy davrida fors zodagoni, Midiya satrapi. „Midiya Atropaten“ yoki „Atropaten“ mustaqil davlatining asoschisi.

Antik manbalarda Atropatning birinchi tilga olinishi uning miloddan avvalgi 331-yilda Gavgamel yaqinidagi jangda ishtirok etgani bilan bogʻliq. Doro III vafotidan soʻng, Atropat makedoniyaliklar tomoniga oʻtgan va tez orada yana Midiya satrapi etib tayinlangan. Bu lavozimda u oʻz taʼsirini kuchaytirgan va Midiyani tinchlantirishda Atropatning sadoqati va xizmatlarini eʼtirof etgan Aleksandrning iltifotiga sazovor boʻlgan. Aleksandr vafotidan keyin Midiya boʻlingan va Atropat uning shimoli-gʻarbiy qismiga hukumdor boʻlgan. Keyinchalik u „Midiya Atropatena“ yoki „Atropatena“ nomini olgan. Diadoxlar urushi paytida Atropatena makedoniyaliklar hukmronligidan chiqgan va Atropat oʻzini shoh deb eʼlon qilgan. Hozirgi fikrlarga koʻra, Eron mamlakati va mintaqasi „Ozarbayjon“ nomining etimologiyasi „Atropatena“ va shunga mos ravishda „Atropat“ bilan bogʻliq.

Doro III va Aleksandr Makedonskiy davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atropat qadimgi fors zodagonlari sulolasiga mansub boʻlgan[1]. Doro III davrida u Midiya satrapligi lavozimini egallagan. Miloddan avvalgi 331-yilda Gavgamel yaqinidagi Doro III va Aleksandr Makedonskiy oʻrtasidagi jang oldidan Atropat forslarga yordam uchun midiyaliklar, albanlar, kaduslar va sakesinlardan iborat qoʻshinni olib kelgan[2]. Jang paytida midiyaliklar, albanlar va sakesinlar oʻng qanotda, kadusiyaliklar esa chap qanotda harakatlanishgan[3][4][5]. Zamonaviy tarixchilarning fikriga koʻra, bu fragmentlar Atropat hukmronligi ularning xalqlari yerlariga, yaʼni Midiyaga, Sharqiy Kavkazortiga, shu jumladan Ozarbayjonning janubiy qismlariga, shuningdek, Gruziyaning bir qismiga tarqalganligidan dalolat beradi[6][7].

Magʻlubiyatdan soʻng, Atropat Doro III ga sodiq qolgan. Fors podshosi Gavgameldan Atropat hukumronlik qilayotgan yerlarga qochib ketgan, u yerda makedoniyaliklarga qarshi urush uchun yangi qoʻshin toʻplash umidida boʻlgan edi. Ammo miloddan avvalgi 330-yilda, fors podshosi Doro III Bess va Nabarzan boshchiligidagi fitnachilar tomonidan oʻldirilgan, shundan soʻng Atropat Aleksandr tomoniga oʻtgan[6][4][5]. Bu vaqtga kelib Makedoniya podshosi Midiyaning satrapi qilib Oksidatni tayinlagan. Bir muncha vaqt Atropat Aleksandr saroyida „zaxirada“ boʻlgan. Keyinchalik Aleksandr Oksidatga ishonchini yoʻqotgan{{ref+|По одной из версий, Оксидат идентичен упомянутому Плутархом «Орсодату», «изменившему Александру варвару», которого тот собственноручно застрелил из лука[8] va 328/327-yil qishda Atropat avvalgi Midiya satraplik lavozimiga tiklangan[9][10][4][11][5]. Bunday strategik jihatdan muhim viloyatga mahalliy odamni, mintaqani yaxshi biladigan odamni tayinlanishi Hindistonga boʻlajak yurish oldidan Midiyani tinchlantirish zarurati bilan bogʻliq boʻlishi mumkin edi[12].

Aleksandr Hindistonda uzoq vaqt boʻlmaganida, Atropat unga sodiq qoldi va Midiyada Bariaks boshchiligidagi makedoniyaliklarga qarshi qoʻzgʻolonni bostirgan. Bu qoʻzgʻolon miloddan avvalgi 327-325-yillar oraligʻida boʻlgan davrga toʻgʻri kelgan. Bariaksning shaxsi haqida ishonchli maʼlumotlar yoʻq. Ehtimol, u avvalgi Midiya podsholari sulolasidan chiqqan, ehtimol, Axomaniylar davrida maʼmuriy yoki harbiy lavozimda ishlagan. Nima boʻlganda ham qoʻzgʻolon uchun qulay fursat tanlangan edi. Makedoniyaliklarning asosiy qoʻshini Hindistonda boʻlib, mahalliy aholi makedoniyaliklarning oʻzboshimchaliklaridan norozi edi. Atropat nafaqat sarkardalik, balki tashkilotchilik qobiliyatini ham namoyon qilgan, chunki u otliqlardan ham, Eron falangasidan ham iborat qoʻshin toʻplay olgan va u bilan qoʻzgʻolonni bostirgan. Miloddan avvalgi 324-yilda u Makedoniya podshosi qatl etishni buyurgan qoʻzgʻolon yoʻlboshchilarini Aleksandr huzuriga Pasargadaga olib kelgan[13][14][15].

Hindistondan qaytgach, Aleksandr bir necha satrap va lashkarboshilarni qatl qiladi, ammo Atropat zarar koʻrmay Midiyaga qaytgan, bu esa uning satraplik boshqaruviga ijobiy baho berilganidan dalolat bergan[16].

Miloddan avvalgi 324-yil oktyabrda Atropat Aleksandrni Ekbatan poytaxtida qabul qilgan. U dabdabali ziyofat uyushtiribgina qolmay[17], makedon podshosiga yuz nafar amazonka kiyimidagi chavandozlarni ham taqdim etgan[18]. Ehtimol, aynan shu epizod Makedoniyalik Aleksandrning amazonkalar bilan uchrashuvi va ularning malikasi Falestrida bilan ishqiy aloqalari haqidagi afsonaning asosiga aylangan[5].

Aleksandr Makedonskiy oʻlimidan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi 323-yilda Aleksandr Makedonskiy vafotidan soʻng, u tuzgan imperiya sarkardalari Atropat va Pifon tomonidan boʻlib olingan. Imperiyani boʻlish paytida Atropat Midiyaning shimoli-gʻarbiy qismini oʻz hukumronligida saqlab qolgan, janubiy yarmini esa Pifon boshqarishni boshlagan[19][20][4][5]. Midiyaning boʻlinish sabablari nomaʼlum. Aleksandr vafotidan keyin Makedoniya imperiyasining regenti Atropatning qaynotasi Perdik boʻlgan. Ehtimol u ulkan viloyatda hokimiyatni bir kishiga berishni istamagan va satraplikni ikkiga boʻlgan[1].

Diadoxlar urushlari davrida Atropat makedonlar hukmronligidan chiqib, "Kichik Midiya, " „Midiya Atropatena“ yoki „Atropatena“ deb nomlangan oʻz davlatini tuzishga muvaffaq boʻlgan. Strabon (taxminan miloddan avvalgi 64-63-yillar – taxminan milodiy 23-24-yillar) shunday yozgan:"bu [Atropatiya Midiyasi] davlat nomlanishi harbiy qoʻmondon Atropat ismidan kelib chiqgan, u Buyuk Midiyaning bir qismi sifatida bu mamlakatning ham makedoniyaliklarga boʻysunishiga qarshi boʻlgan. Haqiqatan ham, podsho deb eʼlon qilingan Atropat oʻz qarori bilan bu mamlakatni mustaqil qilgan va hozir ham meros uning oilasida saqlanib qolgan, chunki uning avlodlari arman va Suriya podshohlari bilan, keyinchalik esa Parfiya podshohlari bilan qarindoshlik rishtalari oʻrnatilgan"[21]. Bunday batafsil tavsifga qaramay, zamonaviy tarixchilar Atropatning boshqaruvi tafsilotlarini aniq bilmaydilar. Hatto Kichik Midiyadagi Atropatning siyosiy mavqei ham bir nechta farazlar mavjudligini taqozo etadi. Miloddan avvalgi 321-320-yillarda Triparadisda Makedoniya imperiyasining boʻlinishida, Atropat tilga olinmagan. Biroq u Kichik Midiyani boshqarishda davom etgan. Makedoniyaliklar bu viloyatning oʻz nazoratlaridan chiqib ketishiga rozi boʻlganlar deb tamin qilinadi. Ulardan farqli oʻlaroq, tarixshunoslikda diadoxlar va Atropat oʻrtasidagi harbiy harakatlar haqida maʼlumotlar berilmagan. Ehtimol, bu manbalarning holati bilan bogʻliq. S. V. Smirnovning fikriga koʻra, Pifon va Atropat oʻrtasidagi oʻzaro ittifoqchilik shartnomasi boʻlganligi ehtimoli koʻproq boʻlib, unda ularning mulklari chegaralari koʻrsatilgan. Atropat Pifon imperiyasining chekka viloyatlaridan birini bosib olishdan koʻra kattaroq maqsadlar uchun u bilan ittifoqchilik shartnomasi tuzgan va Atropat oʻz mulklarini xavfsizlashtirgan[1].

Taxminlarga koʻra, Atropat oʻzini qirol deb eʼlon qilgan va shunga koʻra, Kichik Midiyani miloddan avvalgi 317-316-yillardagi Gabian jangidan keyin Makedoniya tarkibidan mustaqil davlat sifatida eʼlon qilgan[4][5]. Boshqa bir tahminlarga koʻra, Atropatena mustaqil boʻlgan yilini Triparadisdagi boʻlimni hisoblash kerak, unda Atropatena tilga olinmagan, chunki Makedoniyaliklar uning imperiyaning markaziy hokimiyati nazoratidan chiqib ketganligini tan olishgan[6][1].

Tarixchilarga Atropatning hukmronlik yillari, uning haqiqiy mustaqillikka erishgandan keyingi ichki va tashqi siyosatining xususiyatlari nomaʼlum. Uning hukmronligi davrida Atropatena davlati kuchayib, Aleksandrning sobiq Osiyodagi barcha mulklarini egallashga intilgan Selevkkaga qarshi qattiq kurash olib borganiga qaramay, Atropat vafot etgan sana va uning vorisi nomi nomaʼlumligicha qolgan[6]. Kichik Midiya tarixining oʻziga xos xususiyatlari haqidagi antik manbalardagi bunday boʻshliqning sababi, ehtimol, Atropat va uning vorislarining chet elliklarni, birinchi navbatda, yunonlar va makedonlarni oʻz mamlakatlariga kiritmaganligi deb tahmin qilinadi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Смирнов 2014.
  2. Арриан 1962, III. 8. 4.
  3. Арриан 1962, III. 11. 3—4.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Chaumont 1987.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Heckel 2021, s. 116, 261. Atropates.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Алиев 1989.
  7. Балахванцев 2021.
  8. Плутарх 1994, Александр 57. 3.
  9. Арриан 1962, IV. 18. 3.
  10. Кошеленко, Гаибов 2007.
  11. Hyland 2013, s. 120.
  12. Hyland 2013, ss. 128–129.
  13. Арриан 1962, VI. 29. 3.
  14. Hyland 2013, ss. 128–132.
  15. Heckel 2021, ss. 128–129, 288. Baryaxes.
  16. Арриан 1962, VII. 4. 1.
  17. Афиней 2010, XII. 53; 538 a.
  18. Арриан 1962, VII. 13. 2—6.
  19. Диодор Сицилийский 1947, XVIII. 3. 3.
  20. Юстин 2005, XIII. 4. 13.
  21. Страбон 1964, XI. 13. 1.