Avtoblokirovka
Qiyofa
Avtoblokirovka – temir yoʻl, korxona va sexlardagi harakat va texnologik ja-rayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi avtomatik asboblar guruhi. A. yordamida poyezdlarning harakatini, korxonadagi apparat va mexanizmlarning ishini xavf-siz olib borish, mashinalar guruhida avariya yuz berganda qolganlarining bir qismi yoki hammasini avtomatik ravishda toʻxtatish mumkin. Mas, yogʻ-moy korxona-sining portlash xavfi bor (ekstraksi-yalash, gidrongenlash) sexlarida biror mashina yoki agregat ishdan chiqsa, A. jihozlari darhol undan ilgari turgan mashinalar, transport elementlari va agregatlarni toʻxtatadi hamda bu haqda signal beradi. Poyezdlar harakatini av-tomatik boshqarib turishda ham A.ning roli katta.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |