[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

BIOS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BIOS (inglizcha: basic input/output system — "asosiy kiritish va chiqarish tizimi") — bu kompyuterning mikroprotsessori tomonidan kompyuter sistemasini ishga tushurish uchun foydalaniladigan dastur. BIOS shuningdek operatsion sistema va kopyuterga biriktirilgan qattiq disk, videokarta, klaviatura, sichqoncha, printer va shunga o'xshash qurilmalar orasida ma'lumotlar almashinuvini ta'minlaydi.

BIOS tarixi:

BIOS so'zi birinchi marta 1975-yilda Amerikalik kompyuter tadqiqotchisi Gary Kildall tomonidan ishlatilgan. BIOS 1981-yilda IBM kompaniyasining birinchi shaxsiy kompyuteriga kiritilgan va kelgusi yillarda boshqa shaxsiy kompyuterlarda mashhurlikka erishdi, bir muncha vaqt kompyuterlarning ajralmas qismiga aylandi. Biroq, BIOSning ommaviyligi yangi texnologiya ya'ni UEFIdan keyin pasaydi. Intel 2017-yilda eski BIOS tizimlarini qo'llab quvvatlashni 2020-yilgacha uzaytirib, ularni UEFI bilan almashtirishni e'lon qildi.

BIOSdan foydalanish:

BIOSning asosiy vazifasi operatsion tizim va qurilmalar o'rtasida ma'lumotlar almashinishni yo'lga qo'yishdir. Nazariy jihatdan BIOS mikroprotsessor va kiritish/chiqarish qurilmalari ma'lumotlarini va ma'lumotlar oqimini boshqaradi. Ba'zi hollarda BIOS qurilmalardan xotiraga ma'lumotlar oqimini bevosita yo'naltira oladi. Chunki videokarta va shunga o'xshash qurilmalar samaradorlikni oshirish uchun katta miqdorda ma'lumotlar oqimini talab qiladi.

AWARD kompaniyasining BIOSga ega boʻlgan Gigabyte ona platasi PZU asosiy va ikkilamchi mikrosxemalari.

Sh. qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://www.techtarget.com/whatis/definition/BIOS-basic-input-output-system