[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Gavriil Kachalin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gavriil Kachalin
Dinamo Tbilisi jamoasi murabbiyi sifatida, 1972-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gavriil Dmitriyevich Kachalin
Tavallud sanasi 17-yanvar 1911-yil
Tavallud joyi Moskva, Rossiya Imperiyasi
Vafot sanasi 23-may 1995-yil(1995-05-23)
(84 yoshda)
Vafot joyi Moskva, Rossiya
Boʻyi 1.71 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1928—? Volny Trud
Homel
Dynamo Homel
1936—1942 Dynamo Moskva
Boshqargan klublari
1945—1948 Trudovye Rezervy Moscow
1949—1952 Lokomotiv Moscow
1955—1958 USSR
1960—1962 USSR
1963 Paxtakor Toshkent
1964—1965 Dinamo Tbilisi
1965 USSR U-21
1966—1968 USSR Olympic
1968—1970 USSR
1971—1972 Dinamo Tbilisi
1973—1974 Dynamo Moskva
1975 Paxtakor Toshkent
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Gavriil Dmitriyevich Kachalin (ruscha: Гавриил Дмитриевич Качалин; 1911-yil 17-yanvar – 1995-yil 23-may) – sovet / rossiyalik futbolchi va murabbiy.

Sovet milliy futbol terma jamoasini eng katta yutuqlarga, 1956-yilgi Olimpiada oʻyinlarining oltin medallariga va 1960-yilda futbol boʻyicha Yevropa chempionatiga olib chiqgan. Uchta FIFA Jahon kubogida: 1958, 1962 va 1970-yillardagi jahon chempionatlarida murabbiylik qilgan.

Kachalin qoʻl ostida „Dinamo Tbilisi“ 1964-yilda oʻz tarixidagi birinchi Sovet Oliy Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va keyinchalik 1971 va 1972-yillarda ikki marta 3-oʻrinni egallagan. 1973-yilda Moskvaning Dinamo klubi 3-oʻrinni egallagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kachalin oʻz faoliyatini 1928-yilda „Volniy Trud“ klubida boshlagan. Homel shahar futbol jamoasi va FC Dinamo Homel uchun oʻynadi. 1936-yildan 1942-yilgacha Moskvaning „Dinamo“ jamoasi uchun kurashgan. Faoliyati davomida SSSR oliy ligasining 36 ta oʻyinida maydonga tushib, 1937 va 1940-yillarda ikki marta chempion boʻlgan va 1937-yilda Moskvaning „Dinamo“ jamoasi bilan Sovet Ittifoqi kubogi sohibi boʻlgan. Bask mamlakati futbol jamoasiga qarshi ham oʻynagan[1].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gavriil Kachalin quyidagi klublar va terma jamoalar bosh murabbiyi boʻlgan:

Faoliyatining oxirida Kachalin Moskvaning „Dinamo“ yoshlar akademiyasida ishlagan. 1963-yilda Sovet futbol federatsiyasining murabbiylar kengashi raisi boʻlgan. FIFA texnik qoʻmitasi aʼzosi ham boʻlgan.

Kachalin „Futbol afsonalari“ turkumidagi 2016-yilgi rus markasida

Futbolchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo-Moskva

Murabbiy sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Tbilisi

Dinamo Moskva

Sovet Ittifoqi

Moskva XI

  • SSSR xalqlari Spartakiadasi (1): 1956-yil
  1. „Пять лет назад не стало великого тренера“. sovsport.ru (2000-yil 24-may). Qaraldi: 2007-yil 29-dekabr.
  2. Sbornaya Rossii po futbolu. Kachalin Gavriil Dmitrievich (Wayback Machine saytida 14 July 2015 sanasida arxivlangan). Rusteam.permian.ru. Retrieved on 20 October 2016.