[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Generator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inson energiya ishlab chiqarishi ham mumkin

Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ generatori, gaz generatori, elektr generatori va hokazo. Xususan, elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi. Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllanadi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. Generatorning umumiy makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. Generatorlarning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kHs dan bir necha ming MHs gacha chastotada ishlaydi. Generatorning asosiy funksional qismini 50 kHs — 30 MHs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqligi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal Generatordan modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Hs) va tashqi ulangan Generatorlar bajarishi mumkin. Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllanadi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgan, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqariladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil