[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muzaffar Murodovich/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muzaffar Murodovich/qumloq

Doerr Techcrunch Disruptda. San-Fransisko, 2013-yil
Tavalludi
Louis John Doerr

29-iyun 1951-yil (1951-06-29) (73 yosh)
Taʼlimi Rice universiteti, Garvard universiteti
Partiyasi Demokratik
Turmush oʻrtogʻi Ann Howland
Bolalari 2

L. John Doerr (1951-yil 29-iyunda tugʻilgan) – amerikalik investor va venchur kapitalist. 2009-yil fevral oyida Doerr Prezident va uning maʼmuriyatiga Amerikaning iqtisodiy inqirozini tuzatish boʻyicha maslahatlar berish uchun Prezidentning Iqtisodiy tiklanish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi etib tayinlangan[1]. Forbes Doerrni 2017-yilda texnologiya sohasidagi 40-eng boy odam[2] va 2023-yil 1-avgust holatiga koʻra, 11,9 milliard AQSh dollari boyligi bilan dunyoning 146-eng boy odami sifatida qayd etdi[3]. Doerr „Measure What Matters“ va „Speed & Scale: An Action Plan for Solving Our Climate Crisis Now“ kitoblarining muallifi[4][5].

2022-yilda John va uning rafiqasi Ann Stenford universiteti bilan hamkorlik qilib, taxminan 70 yil ichida birinchi yangi maktabini ishga tushirishdi: Stenford Doerr Barqarorlik maktabi[6].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doerr Missuri shtatining Saint-Louis shahrida tugʻilgan. Oilasida 5 farzand bor. Doerr Saint-Louisdagi Chaminade kollejining tayyorgarlik maktabini tamomlagan. 1976-yilda Rice universitetida elektrotexnika boʻyicha bakalavr va magistr darajasini olgan[7].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doerr 1974-yilda Intel korporatsiyasiga qoʻshilgan. U Intelning eng muvaffaqiyatli sotuvchilaridan biriga aylangan. Shuningdek, u xotira qurilmalari uchun bir nechta patentlarga ega[8][9]. 1980-yilda Doerrga Kleiner Perkins bilan ishlash taklif qilingan. Intel prezidenti Andrew Grove unga: „John, venchur kapitali bu – haqiqiy ish emas. Bu koʻchmas mulk agenti boʻlishga oʻxshaydi“, degan[10].

U oʻsha yili Kleiner Perkinsga qoʻshilgan va oʻshandan beri texnologiya kompaniyalari, jumladan Compaq, Netscape, Symantec, Sun Microsystems, drugstore.com, Amazon.com, Intuit, Macromedia va Googlega venchur kapital mablagʻlarini taqsimlashga rahbarlik qilgan.

Doerr tadbirkorlarni, jumladan, Google kompaniyasidan Larry Page, Sergey Brin va Eric Schmidtni, Amazon.com dan Jeff Bezos; Scott Cook va Bill Kempbell qoʻllab-quvvatlagan[manba kerak].

Iqtisodiy tiklanish boʻyicha maslahat kengashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil fevral oyida Doerr AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan AQShning iqtisodiy inqirozini hal qilishda maslahat berish va koʻmaklashish maqsadida Prezidentning Iqtisodiy tiklanish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosiga tayinlandi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doerr Ann Howland Doerga uylangan. Ular ikki farzandi bilan Kaliforniyaning Woodside shahrida yashaydi[12].

2010-yil avgust oyida ular Bill va Melinda Gates jamgʻarmasi va Warren Buffett tomonidan oʻta yuqori daromadli shaxslarni oʻz boyliklarini hayotlari davomida xayriya ishlariga ehson qilishlari uchun tashkil etgan „Giving Pledge“ kampaniyasini imzoladilar[13][14].

1997-yilda Doerr biznesdagi yutuqlari uchun Rice universitetining taniqli bitiruvchisi unvoniga sazovor boʻlgan[15]. 2009-yilda Doerr Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib tayinlangan[16][17][18]. 2010-yilda Doerr Kaliforniya shon-shuhrat zaliga kiritilgan. 2019-yilda Doerr Amerika yutuqlari akademiyasining Oltin plastinka mukofotiga sazovor boʻlgan[19][20].

Shuningdek, u Khan Academy global maslahat kengashi aʼzosi[21].

2022-yil 4-may kuni Stenford universiteti Ann va John Doerrning Stenford Doerr Barqarorlik maktabini tashkil etish uchun 1,1 milliard dollar xayriya qilishini eʼlon qildi[22][23]. Sovgʻa akademik muassasa uchun ikkinchi eng katta sovgʻadir – birinchisi Michael Bloombergning Johns Hopkins universitetiga 1,8 milliard dollarlik sovgʻasi. Bu universitet tarixidagi Stenfordga berilgan eng katta sovgʻadir[24].

Siyosat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doerr Demokratik partiya tarafdori va bir necha bor partiya uchun mablagʻ yigʻish marosimlarini oʻtkazgan[25]. Mark Zuckerberg va Reid Hoffman bilan birga John Doerr immigratsiya islohoti, taʼlimni yaxshilash va ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan FWD.us lobbi guruhi asoschilaridan biri edi[26].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Los Angeles Times article Who's Who on new economic advisory board“. Los Angeles Times (2009-yil 6-fevral). Qaraldi: 2009-yil 5-fevral.
  2. „The Richest People in Tech 2017“ (en). Forbes. Qaraldi: 2019-yil 8-aprel.
  3. „Forbes: John Doerr“ (en). Forbes. 2023-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  4. „WHEN JOHN DOERR BROUGHT A 'GIFT' TO GOOGLE'S FOUNDERS“. WIRED. 24 April 2018. Qaraldi: 28 April 2018.
  5. „Speed & Scale“.
  6. Gelles, David. „Stanford Gets 7.1 Billion for New Climate School From John Doerr“ (en-US). The New York Times (2022-yil 4-may). Qaraldi: 2022-yil 1-avgust.
  7. „John Doerr, MBA 1976“. Harvard Business School (2008-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 4-oktyabr.
  8. Andoza:Cite patent
  9. Andoza:Cite patent
  10. John Doerr, 2018, Measuring What Matters. New York, Portfolio/ Penguin. ISBN 9780525536222 Quote at p.33.
  11. „Obama appoints John Doerr to economic advisory board“. VentureBeat (2009-yil 6-fevral). Qaraldi: 2017-yil 22-may.
  12. Siegler. „John Doerr to Charlie Rose: I use my iPad in church“. Tech Crunch (2010-yil 24-may). Qaraldi: 2015-yil 2-oktyabr.
  13. „The Giving Pledge – Pledge List“. The Giving Pledge. Qaraldi: 2015-yil 29-aprel.
  14. „John Doerr – Tech Philanthropists“. Inside Philanthropy. Qaraldi: 2015-yil 29-aprel.
  15. „Association of Rice Alumni“. Rice Alumni. Qaraldi: 2015-yil 29-aprel.
  16. „American Academy Announces 2009 Class of Fellows and Foreign Honorary Members“. American Academy of Arts & Sciences (2009-yil 20-aprel). 2012-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-may.
  17. „[American Academy of Arts & Sciences NEWLY ELECTED MEMBERS, APRIL 2009“]. American Academy of Arts & Sciences. 2013-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 1-may. (see also the 4th entry on page 10 of the AAAS New members list for April 2009 sorted by field Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.)
  18. „Rice Professor Naomi Halas, alums John Doerr and Karen Davis elected to the American Academy of Arts & Sciences“. Rice University (2009-yil 23-aprel). 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-aprel.
  19. „Golden Plate Awardees of the American Academy of Achievement“. www.achievement.org. American Academy of Achievement.
  20. „2019 Summit Highlights Photo: Summit Co-Host Stefano Pessina, CEO of Walgreens Boots Alliance, presents the Golden Plate Award to investor and famed venture capitalist John Doerr at the Banquet of the Golden Plate gala ceremonies at the St. Regis Hotel.“. American Academy of Achievement.
  21. „Khan Academy Annual Report“. khanacademyannualreport.org. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
  22. (2022-yil 4-may). „Introducing the Stanford Doerr School of Sustainability“ (en). Press-reliz.
  23. Knox, Liam. „Stanford Receives 26.1 Billion Gift for Sustainability School“ (en). Inside Higher Ed (2022-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  24. Gelles, David. „Stanford Gets 27.1 Billion for New Climate School From John Doerr“ (en-US). The New York Times (2022-yil 4-may). Qaraldi: 2022-yil 7-may.
  25. Marinucci. „Dems, GOP holding mega-fundraisers on same street in Woodside“. SF Gate (2014-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 4-oktyabr.
  26. Quinn, Michelle. „Zuckerberg group lines up pieces“. Politico (2013-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-iyun.