[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Kalandr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kalandr (frans. calande — dumalatish, yaltiratish) — materiallar (gazlama, qogʻoz, rezina va b.)ga gul bosish, ularni silliqlash, yaltiratish, zichlash mashinasi. K. gorizontal joylashgan metall vallar (2—20 ta)dan iborat boʻlib, ular orasidan rulon yoki list materiallar oʻtkaziladi. Vallar richag-yuk, pnevmatik va gidravlik qurilmalar yordamida qisiladi hamda koʻtariladi. Qogʻoz i.ch.da K.ning mashinali, superkalandr, kalibrlovchi va bosma naqsh tushiradigan xillari bor. K. toʻqimachilikda, rezina i. ch.da, plastmassalardan polimer plyonkalar va buyumlar tayyorlashda, qogʻoz sanoatida qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil