Kampirdevol
Manzilgoh | Qo‘shqand qishlogʻi, Yangiobod tumani, Jizzax |
---|---|
Mintaqa | Oʻzbekiston |
Balandlik | 1.2 m (4 ft) |
Turi | Mudofaa devori |
Hudud | 10 gektar |
Tarix | |
Material | Paxsa |
Tashkil etilgan | V-VIII asrlar |
Kampirdevol – Jizzax viloyati Yangiobod tumani Qoʻshqand qishlogʻidan 1.2 km shimol tomonda joylashgan sharqdan gʻarbga qarab qurilgan devor qoldiqlari.
VIII—X-asrlarda Markaziy Osiyoda barpo etilgan bir necha qal’a devorlari nomi Kampir nomi bilan yuritiladi. Oʻzbekistonning turli hududlarida ushbu nomdagi qal’a va devorlar qad rostlagan. Eng mashhurlari Buxoro vohasida; Samarqandda; Jizzax va Oʻratepa oraligʻida – Ustrushonada; Fargʻona vodiysida; Sirdaryodan Xoʻjakentgacha – Toshkent vohasi hududlarida joylashgan[1]. Kampirdevol soʻzi „eski, qishloq“ maʼnosida tushuntiriladi.
Jizzax qishlogʻidagi devor qoldiqlari ilk oʻrta asrlar davriga tegishli. Devorning boshlanish qismi Tojikiston Respublikasi Oʻratepa tumaniga toʻgʻri keladi. Gʻarbiy tomonda esa Hovatogʻ, Uchqoʻrgʻon va Eski Xovos qishloqlarini suv bilan taʼminlaydigan Shoʻrbuloqsoy boʻyigacha yetgan. Shu yerda qurilish ishlari toʻxtab qolgan. Kampirdevolning Qoʻshqand qishlogʻidagi qismining boʻyi 0.7-1-1.2 metrga yetadi. Qadimiy devorning baʼzi qismlarida yarim yoysimon shakldagi harbiy burj va borular izi saqlanib qolgan. Devor milodiy V-VIII asrlarda barpo etilgan[2]. Kampirdevolni oʻrganish ishlari XX asrning 80-yillarida boshlangan. 1984—1985-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining Zomin arxeologiya guruhi tadqiqotchilari tadqiq etilgan.
Kampirdevolning baʼzi qoldiq qismlari Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Arja, Shoʻrcha, Pishagʻor qishloq hududlarida uchraydi. Rovot qishlogʻidagi Kampirdevol qishloqni ikki qismga boʻlgan. Bu qismlarda oʻtroq dehqonchilik va koʻchmanchi chorvadorlik bilan shugʻullanuvchi aholi yashagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xudoyberganov R. O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati. Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022 — 183-bet. ISBN 978-9943-7673-7-9.
- ↑ Toʻychiboyev B. Oʻlkа mоddiy mаdаniyati tаriхi. Guliston 2022 — 87-bet.