Lorenzo Fernandez
Umumiy maʼlumotlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Laqabi | El-Galego (Galisiyalik),El-Patron de la Kancha | |||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan sana va joyi | 1900-yil 20-may Ispaniya, Redondele | |||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻlimi | 1973-yil 16-noyabr (73 yosh) Montevideo, Urugvay | |||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | Urugvay | |||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 173 sm | |||||||||||||||||||||||||||||||||
Ampulasi | Yarimhimoyachi | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||
Xalqaro medallar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||
Mediafayli na Vikisklade |
Lorenzo Fernandez (ital.Lorenzo Fernandez) — urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi.1900-yil 20-may Ispaniyaning Redondele shahrida tugʻilgan.Urugvay terma jamoasi futbolchisi.1928-yilgi Olimpiada chempioni, 1930-yilgi jahon chempioni, 1926 va 1935-yilgi Janubiy Amerika chempioni.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1930-yilda gʻalaba qozongan jahon chempionatida Lorenzo Fernandez oʻz mamlakati terma jamoasi tarkibida barcha 4ta oʻyinni oʻtkazdi.U birinchi jahon chempionatining 4 ta oʻyinida terma jamoa tarkibida toʻliq harakat qilgan kam sonli futbolchilardan biridir.Bu tarixda qolgan oʻyinlar Peru terma jamoasi,Ruminiya terma jamoasi,Yugoslaviya terma jamoasi va finalda Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinlar edi.Terma jamoa tarkibida urilgan 4 goldan bittasini 1929-yil 20-sentabrda Nyuton kubogida Argentina terma jamoasi darvozasiga urgan (2:1).1929-yil 11-noyabrda Janubiy Amerika kubogi musobaqasida Peru terma jamoasiga qarshi baxsda xet-trik qayd etdi (4:1).
Urugvayning „Kapurro“, „Montevideo Uonderers“, „Penyarol“, „River Pleyt“ (Montevideo) futbol klublarida oʻynagan.Urugvay terma jamoasida 31 ta oʻyinda 4 ta gol urgan.Lorenzo 2-3-5 futbol taktikasida markaziy yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan.1928-yilda Urugvay futbolidagi eng mashhur oʻrta chiziqni oʻngda Guildeon Silva va chapda Alvaro Gestido, markazda esa oʻzi tashkil qildi.
Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng murabbiy boʻlib ishlagan,1941—1942-yillarda „Penyarol“ni boshqargan.
1973-yil 16-noyabrda Urugvayning Montevideo shahrida vafot etgan.
Koʻpchilik hozirgi yosh avlod Lorenzo Fernandezni braziliyalik bastakor huddi shunday ism-familiyaga ega Lorenzo Fernandez bilan adashtirishadi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Urugvay chempioni-1923 (FUF), 1928, 1929, 1932, 1935
- Jahon chempioni-1930
- Olimpiya chempioni-1928
- Janubiy Amerika chempioni-1926,1935
- Lipton Kubogi-1927,1929
- Nyuton kubogi-1929,1930
- „La Tribuna Popular“ mukofoti sovrindori-1932
- Xose Pendibene kubogi sohibi-1929
- Mirurgi kubogi sohibi-1928
- Rikardo Pittalugi kubogi sohibi-1928
- Aldao kubogi sohibi-1928
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1.Urugvay terma jamoasining oʻyinlar va urilgan gollar soni boʻyicha rekordchilari
2.https://www.transfermarkt.com/lorenzo-fernandez/profil/spieler/229585
3.https://fbref.com/en/players/a5bde351/Lorenzo-Fernandez
4.https://p2k.utn.ac.id/en3/1-3077-2966/Lorenzo-Fernandez_47601_p2k-utn.html