[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Mother!

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mother!

Film posteri
Rejissyor(lar) Darren Aronofsky
Prodyuser(lar)
  • Scott Franklin
  • Ari Handel
Ssenariynavis(lar) Darren Aronofsky
Rollarda
Kinematografiya Matthew Libatique
Muharrir(lar) Andrew Weisblum
Studiya(lar) Protozoa Pictures
Distribyutor Paramount Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 121 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $30 million[2]
Daromadi $44,5 million[2]

Mother![3] (tarjimasi „Ona!“) 2017-yilda Darren Aronofsky rejissyorligi ostida suratga olingan psixologik triller filmdir. Filmda bosh rollarni Jennifer Lawrence, Javier Bardem, Ed Harris, Michelle Pfeiffer, Domhnall Gleeson, Brian Gleeson va Kristen Wiig ijro etgan.

Katta bir uyning yongʻindan keyingi qolgan narsalari ichida, yozuvchi yani bir taniqli shoir oʻz kabinetidagi tokchaga billur narsani qoʻyadi va bino oʻziga xos manzarada chiroyli uyga aylanadi. Ona, yaʼni shoirning rafiqasi xayolparastgina toʻshagida uygʻonib, erining qayerdaligini bilish uchun baland ovozda chaqirib uni hayratga soladi. Ayol uyni yigʻishtirish jarayonida, u vaqti-vaqti bilan devorlar orasida urib turgan yurakni koʻrgandek boʻlaveradi.

Bir kuni uyga Man ismli gʻalati bir kishi kelib, boshpana soʻraydi va oʻzini mahalliy shifokorman deb tanishtiradi. Uy egasi bu taklifga rozi boʻladi, ona esa istamaygina bosh egadi. Tunda esa boshpana soʻrab kelgan erkak ogʻriqdan azob chekadi va ona uning bir tarafidagi yarani koʻradi.

Keyingi kuni erkakning xotini ayol keladi. Ona mehmonlardan borgan sari achchiqlana boshlaydi, lekin shoir ularga uyda bemalol qolishlari mumkinligini aytadi va boshpana soʻrab kelgan erkak aslida shoir bilan uchrashishni orzu qilgan muxlis ekanligi ayon boʻladi. Lekin, bu muxlia shoir tokchaga qoʻygan billur narsani sindirib qoʻyganda, shoirning jahli chiqadi va oʻziga tegishli narsalarni mahkam qulflab qoʻyadi. Ona yani shoirning ayoli esa Erkak va Ayolga uydan ketishini aytadi, lekin ular uydan ketishdan oldin, shoirning ikki oʻgʻli kutilmaganda uyga keladi va Erkakning qilganlari uchun urisha boshlaydi. Aka-ukalar tez orada qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan meros haqida oʻylab qolishadi va toʻngʻich oʻgʻil ukasi bilan janjallashib, uni ogʻir yaralaydi, akasi ukaning boshini oynaga urib, qonatadi va qochib ketadi.

Shoir, erkak va ayol jarohatlangan oʻgʻlini kasalxonaga olib boradi. Ona uyni yolgʻiz oʻzi tozalab, qon izidan ergashib, yertoʻla devorlari orqasiga yashirilgan moy solingan idishni topadi uyda yurganda uyga qaytib kelgan shoir onaga oʻgʻli vafot etganini aytadi.

Oʻsha oqshom koʻplab odamlar oʻlgan oʻgʻli haqiga yigʻlash uchun uyga bildirmasdan kelganlarida, ona va shoir birdan uygʻonadi. Mehmonlar oʻzlarini qoʻpol tutishadi, onaning jahlini chiqaradi va u nimadir boʻlib, uyni qisman suv bosganida, hammaga chiqib ketishni aytadi. U juda koʻp odamlarni ichkariga kirgazgani va uning kechinmalarini tirnagani uchun shoirni qattiq haqoratlaydi, lekin ularning bahsi mehrli sevgiga olib keladi. Ertasi kuni ertalab ona homiladorligini bildiradi, bu esa shoirni xursand qiladi va yana yozishni boshlashga ilhomlantiradi.

Oradan vaqtlar oʻtadi. Ona bolaning dunyoga kelishiga tayyorgarlik koʻradi va shoirning goʻzal bir yangi sheʼrini oʻqiydi. Aholiga eshittirilgandan soʻng u olqishlanadi va yaxshi foyda keltiradi. Bayram kunida ona katta bir stolda kechki ovqat tayyorlaydi, lekin ularga shoirning bir guruh muxlislar xalaqit berishadi. Garchi ayol shoirdan ularni ketkazib yuborishni soʻrasa ham, u xushmuomala boʻlishi va oʻz minnatdorchiligini bildirishi kerakligini aytadi. Ona esa eshiklarni qulflamoqchi boʻladi, lekin bir gala muxlislar uyga kirib, hammayoqni vayronagar qilib yuborishadi va yodgorlik sifatidagi narsalarni oʻgʻirlab, uyga yomon zarar yetkazadi. Maqtovlarni eshitayotgan shoir esa sodir boʻlayotgan voqealardan bexabar, ammo chalgʻimagan ona harbiy kuchlar shoirningning atrofida paydo boʻlgan din aʼzolariga qarshi jangga kirishayotganini va uning publitsistlari ommaviy qatllarni uyushtirayotganini befarq kuzatib turardi va buni bilardi. Ona tugʻruq boshlanganda shoirni topadi, u ilgari oʻtirgan kabinetiga qayta kiradi, chunki faqatgina shu tinch joydagina koʻzi yorishi mumkin edi.

Tashqaridagi ahloqsizliklar pasaydi. Shoir onaga muxlislari yangi tugʻilgan oʻgʻlini koʻrishni istayotganini aytadi, lekin u bolani ularga koʻrsatishdan bosh tortadi. Va nihoyat u uxlab qoladi va shoir bolani tashqariga, muxlislarining oldiga olib chiqadi, u esa chaqaloqni vahshiyona tarzda oʻlimiga sabab boʻladi. Ona olomon orasiga kirganda, vahshiy odamlar oʻgʻlining burda burda qilingan jasadini yeb bitirayotganini koʻradi. Tahqirlangan ona ularni qotillar deb ataydi va shisha siniqlari bilan ularga hujum qiladi. Olamon ayolga tashlanib, shoir kelguncha uni vahshiylarcha doʻpposlashadi. Shoir onadan ularni kechirishini soʻraydi, lekin u yertoʻlaga yugurib tushib moy idishni kalit bilan teshadi va moyni yoqib yuboradi natijada portlash sodir boʻladi, olamon yonib ketadi, uy esa vayron boʻladi.

Shoir doʻzax boʻlib yongan olovdan hech qanday jarohat olmaydi ammo ona daxshatli koʻrinishda nobud boʻldi. Erkak ayoldan kimligini soʻradi va u: „Menman“ deb javob beradi va ona „uyda edi“ deydi. Erkak ayolning sevgisini soʻraydi va u rozi boʻlgach, koʻkragiga qoʻl choʻzadi va yangi billur ob’ektni ochish uchun goʻyoki yuragini yirtib tashlagandek boʻladi. Erkak billurni poydevorga qoʻyadi va uy yana chiroyli uyga aylanadi. Toʻshakda yangi ona paydo boʻladi va uygʻonib, erining qayerda ekanligiga hayron boʻladi…

  1. „MOTHER! (18)“. British Board of Film Classification. Qaraldi: 12-sentabr 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 „Mother! (2017)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 14-noyabr 2017-yil.
  3. Lesnick. „Darren Aronofsky's Latest Set For Fall Release“. ComingSoon.net. CraveOnline Media (6-fevral 2017-yil). Qaraldi: 7-fevral 2017-yil.