Samira Said
Samira Said (سميرة سعيد) | |
---|---|
Tavalludi |
Samira Abdelrazak Bensaïd[1] 10-yanvar 1958-yil |
Janrlar | Pop |
Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa, prodyuser, tadbirkor |
Faoliyat yillari | 1975-hozirgi kungacha |
Leybllar | |
Fuqaroligi | Marokash va Misr |
Turmush oʻrtogʻi | Hani Mehanna |
Samira Abdelrazak Bensaïd (arabcha: سميرة عبد الرزاق بنسعيد) – Samira Said (arabcha: سميرة سعيد) nomi bilan tanilgan professional arab qoʻshiqchisi. Misrda 40 yildan ortiq yashab, asosan misr-arab janrida ijod qilgan[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samira Said 1958-yilda Marokashning Rabot shahrida tugʻilgan[2]. Uning otasi Rabotlik, onasi esa Fos shahridan boʻlgan[3]. U toʻqqiz yoshida qoʻshiq aytishni boshlagan va Marokash televideniyasida efirga uzatiladigan Mawaheb musiqiy dasturida chiqqan. Keyin u Misrga koʻchib oʻtgan va u yerda uning arab musiqiy dunyosidagi shon-shuhrati orta boshlagan. U Marokash va Misr davlatlarining fuqaroligiga ega[4]. 1977-yilda u Qohiraga koʻchib oʻtgan. Uning asosiy albomlari Misr-arab janrida boʻlishiga qaramasdan, „Kifash Tlakina“ (oʻzbekcha: „Biz qanday uchrashdik“), „Fayetli sheftek shi marra“ (oʻzbekcha: „Men seni bir marta koʻrganman“), „Sarkouh“ (oʻzbekcha: „Uni oʻgʻirlashdilar“) va „Al Behhara“ (oʻzbekcha: „Dengizchilar“) kabi Marokash-arab janridagilari ham bor edi. Uning singllari orasida „Maghlouba“ (oʻzbekcha: „Kaltaklangan“) va „Waʼady“ (oʻzbekcha: „Mening sevgim“) kabilari ham bor edi. 1980-yilda u Eurovision qoʻshiq tanlovida oʻzi tugʻilgan Marokash davlatidan vakil sifatida ishtirok etgan va „Bitaqat Hub“ deb nomlangan xit qoʻshigʻini kuylab, 19 ta ishtirokchi orasida 18-oʻrinni egallagan.
Said „Ben Lef“ (oʻzbekcha: „Hayot doirasi“), „Sayidati Sadati“ (oʻzbekcha: „Xonimlar va janoblar“), „Malich 3inwan“ (oʻzbekcha: „Siz boʻlganingizda“) va „Akher Hawa“ (oʻzbekcha: „Soʻnggi sevgi“) kabi Misrda yuqori reytingga ega boʻlgan koʻplab arab xitlarini kuylagan. Misrlik bastakor Muhammad El Mougi bilan birga ishlab, „Saaktob Ismak Ala Arrimal“ (oʻzbekcha: „Ismingni qumga yozaman“) filmida rol ijro etgan hamda film uchun „Yadamiiti Haddi“ (oʻzbekcha: „Koʻzimdan toʻkilgan koʻz yoshlar“) saundtrekini kuylagan. Shuningdek, uning „Lilet El Ouns“ (oʻzbekcha: „Ajoyib yigʻilish“), „Ech Gab Li Gab“ (oʻzbekcha: „Qolganlar haqida“), „Amrak Aagib“ (oʻzbekcha: „Men seni tushunmayman“) va „Menghir Sabab“ (oʻzbekcha: „Hech qanday sababsiz“) kabi taronalari ham mavjud.
2000-yilda u „Lilah Habeebee“ (oʻzbekcha: „Bir kecha, mening sevgim“) qoʻshigʻini chiqardi va bu taronasi bilan 2001-yilda Qohirada boʻlib oʻtgan Cairo Arabic Music festivalida „Arab musiqiy dunyosidagi eng yaxshi videoklip“ nominatsiyasida gʻolib boʻldi. 2003-yil u World Music Awards marosimida jahon miqyosidagi yuqori savdo koʻrsatkichlari uchun World Music Award mukofotini qoʻlga kiritdi. U „Youm Wara Youm“ albomi bilan Yaqin Sharqdagi eng yaxshi qoʻshiqchi uchun beriladigan BBC mukofotini qoʻlga kiritdi[5][6]. Samira Said 40 dan ortiq mukofotlarga sazovor boʻlgan[7][8].
Qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Halina Hopkis Saidni „Marokash va Misr davlatlari, shuningdek, arab musiqa jamoatchiligi vakili sifatida turli mukofotlar va shoularda qatnashgan arab musiqasi timsoli“ deb atagan[9].
2003-yilda Said BBC Radio 3 World Music Awards tomonidan Yaqin Sharqdagi eng yaxshi qoʻshiqchi sifatida eʼtirof etildi[10]. U 2008-yilda Tetouanʼs Voix des Femmes festivalida Rabab D’or mukofotini qoʻlga kiritdi[11]. 2009-yilda esa Murex d’Or mukofoti gʻolibi boʻldi[12].
2009-yilda Agadirda boʻlib oʻtgan Timitar festivalida Said 100 000 kishilik olomon oldida chiqish qildi[13]. 2011-yilda Beirut International Award Festival (BIAF) marosimida qator arab va xalqaro qoʻshiqchilar qatorida Said ham maxsus mukofot bilan taqdirlandi[14][15].
U arab musiqasini XXI asrning tijoriy yoʻnalishiga olib kelgani uchun hurmatga sazovor boʻldi[16].
Misrning Al Ahram gazetasi bergan maʼlumotlarga koʻra Samira Saidning albomlari 60 milliondan ortiq nusxada sotilgan. 2004-yilda chiqarilgan „Aweeny Beek“ nomli albomi 10 milliondan ortiq nusxa bilan Yaqin Sharq va butun dunyoda eng koʻp sotilgan arab albomlaridan biri hisoblanadi[8][17][18].
Musiqiy uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Halina Hopkins Samira Saidning musiqiy uslubi haqida quyidagicha fikr bildirib oʻtgan: „Saidni musiqalarining mashhur boʻlishining eng asosiy sabablaridan biri bu uning ovozi fon asbob-uskunalari bilan ohangli goʻzallik hosil qila olishidadir. Uning ovozi ijodidagi shaxsiy taʼsirini ifodalaydi“[9].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samira Said 1988-yildan 1994-yilgacha misrlik musiqachi Hany Mehanna bilan turmush qurib, birga yashab kelgan. Keyin esa tadbirkor Mustafa Naboulsy bilan turmush qurgan hamda undan Shady ismli yagona oʻgʻil farzandini dunyoga keltirgan[19].
Bir necha intervyularida Said oʻzi tugʻilib oʻsgan Marokashga qaytib, oilasi va yaqinlari yonida yashash istagi borligini bildirib oʻtgan[20].
Xayriya va insonparvarlik ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samira Said 2006-yilda butun Fransiya davlati boʻylab sodir boʻlgan muhojirlar oʻrtasidagi tartibsizliklardan soʻng odamlarni birlashtirish va barcha dinlar oʻrtasida birdamlikni taʼminlash maqsadida bir nechta kontsertlar oʻtkazdi[21][22][23].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- El hob elli ana aʼaycheh (1975)
- Ben Lif (1979)
- Bitaqat Hub (1980)
- Hikaya (1981)
- Allemnah el Hob (1982)
- Ketr al Kalam (1983)
- Methayaʼli (1984)
- Lilet el Ouns (1984)
- Ya Damaiti Haddi (1984)
- Ehki ya Shehrazade (1985)
- Youm akablak Fih (1985)
- Ech gab li gab (1985)
- Amrak ajib en (1986)
- Ana walla anta (1989)
- Moch hatnazel aʼanak (1986)
- Sibak (1986)
- Ya ebn al halel (1987)
- Ghariba (1988)
- Sibni louahdi (1988)
- Ensani (1989)
- Baʼadin netaʼateb (1990)
- Choft el amar (1991)
- Hannitlak (1992)
- Khayfa (1992)
- aʼach’a (1993)
- Enta habibi (1995)
- Wallah Mahansak (1995)
- Kolli de echa3at (1996)
- Aʼal bal (1998)
- Rouhi (1999)
- Laila habibi (2001)
- Youm Wara Youm (2002)[24]
- Awweeni Beek (2004)
- Best of Samira Said (1995-2005)
- Ayaam Hayati (2008)
- Be winner ft. Fnaïre (2010)
- Khallouh (2010)
- Mazal (2013)[25][26]
- Ayza Aeesh (2015)
- Ensan 'Ali (2021)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Samira Said tease ses fans avec un mystérieux nouveau project“, ledesk.ma
- ↑ libvoice.net „سميرة سعيد“. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-noyabr.
- ↑ „Samira Saeed reveals why her father's family refused to enter the field“. saudi24news.com (2021-yil 19-fevral). 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Such the dutiful citizen! Samira Saeed takes voting very seriously, no matter the country she resides.“, albawaba, „Samira had announced from the polling center where she cast her vote, that it is the civil duty of every Egyptian citizen to vote for the amended constitution.“
- ↑ Samira Said: Winner in the Middle East Category; Garth Cartwright; 2002
- ↑ Winners of the 2003 World Music Awards; Oct. 12, 2003; Monaco; Billboard.com;
- ↑ LG Fait Chanter Samira Bensaid (Wayback Machine saytida 2013-11-11 sanasida arxivlangan); Aujourd’hui le Maroc; 2004
- ↑ 8,0 8,1 Samira Saeid; the Best-seller Moroccan Singer in Arabic Music History; hitmarker.com Best Sellers; Stars Cafe Entertainment; 2009
- ↑ 9,0 9,1 „Kolleena Ensan: Samira Said's Music as an Interpretation of Moroccan Women's Cultural Identity“. Halina Hopkins. Valparaiso University (2011-yil 31-mart). 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Awards for World Music 2003 - Samira Said (Egypt)“. BBC Radio 3. Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
- ↑ „Samira Said Glows in Front of 60,000 Fans“. Al Bawaba. Associated Newspapers (2009-yil 28-iyun). 2009-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-iyun.
- ↑ „Star Scene: Murex D'or Hosts its 9th Award Ceremony“. Associated Newspapers. 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Timitar Festival 2009“. BBC. BBC Radio 3.
- ↑ „The Beirut International Awards Festivals (BIAF) honored Samira Said“. BIAF. 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Pack of Cards“. Al-Ahram Weekly; Issue No. 1076. Associated Newspapers (2011-yil 15-dekabr). 2013-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Mowafi, Amy (2010-09-10), Samira Said: The Time of Her Life, 2012-05-29da asl nusxadan arxivlandi
- ↑ Samira Said: A Moroccan Star Shines in the Arab World; Magharebia.com; 2009-02-05)
- ↑ Samira Said’s record „Ayaam Hayati“ Has Been Ranked No. 1 Best-selling Album of 2008 (Wayback Machine saytida 2013-11-11 sanasida arxivlangan); البوم سميرة سعيد يحتل المرتبة الأولى; AlRiyadh.com. (2004-12-16)]
- ↑ „How Is Your Relationship With Your Mother During Home Stay? Samira Said Is Dancing With Her Son In Full Glam!“. albawaba.com (2020-yil 15-aprel).
- ↑ „Moroccan Singer Samira Said to Return Permanently to Morocco“.
- ↑ „Samira Saeed Fights Terrorism“. Al Bawaba. Associated Newspapers (2006-yil 9-may). Qaraldi: 2009-yil 12-dekabr.
- ↑ „Concert Pour la Tolérance: Réussi, Oui Mais“. GoAgadir. Associated Newspapers (2007-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 2-noyabr.
- ↑ „Concert Pour la Tolérance 2007 à Agadir“. news.agadir-souss.com. Associated Newspapers (2007-yil 29-sentyabr). 2009-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-sentyabr.
- ↑ Garth, Cartwright (2002-02-13), Samira Said: Egypt's top female singer
- ↑ worldmusicawards (2013-10-11), Morocco: Samira Saïd Nominated for Worlds Best Song, 2014-02-26da asl nusxadan arxivlandi
- ↑ „Moroccan Diva Samira Said Back with a Great Song in "Darija"“. Morocco World News (2013-yil 12-oktyabr). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Women of Fes: Ambiguities of Urban Life in Morocco, by Rachel Newcomb, University of Pennsylvania Press, 2009 – 236 pages. ISBN 978-0-8122-4124-2, 9780812241242. (English)
- Iraqi Maqam voices of women: an analytical study of the critical technical experience of Iraqi women in singing Almqami, by Hussein Azami, by Hussein Azami, AIRP, 2005 – 316 pages. ISBN 978-9953-36-677-7, ISBN 978-9953-36-677-7. (arabcha)
- Songs and stories, by Karīm Irāqī, by Karīm Irāqī, Company Whites of Arts and Letters, Volume 1 de Aghānī wa-ḥikāyātuhā, Karīm ʻIrāqī – . (arabcha)