[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Roberta Vinci

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Roberta Vinchi (talaffuzi: Roberta Vinchi; 1983-yil 18-fevralda Tarantoda tugʻilgan) – italiyalik professional tennischi[1]. Roberta juftlik bahslari boʻyicha dunyo reytingida birinchi raqamli va yakkalik bahslarida yettinchi oʻrinda turgan. Xotin-qizlar oʻrtasidagi juftlik karyerasida „Katta Dubulgʻa“ gʻolibi, US Open 2015 musobaqasida final bosqichigacha yetib borgan. Roberta 35 marta WTA turnir gʻolibligini qolga kiritgan bulardan 10 tasi yakkalik bahslarida boʻlgan. Italiya terma jamoasi tarkibida esa toʻrt karra Fed Kubogi sohibasi hisoblanadi (2006, 2009, 2010, 2013).

Roberta Vinchi tennis oʻynashni olti yoshligidan boshlagan. Professional musobaqalardagi ilk uchrashuvini 1997-yilda Italiyaning Galatina shahridagi ITF musobaqasida 14 yoshida qatnashishni boshlagan. 1998-yilda hamyurti Flaviya Pennetta bilan birgalikda ikkita ITF turnirida gʻolib chiqqan. 1999-yilda Pennetta bilan juft boʻlib, qizlar oʻrtasidagi Fransiya ochiq chempionatida gʻolib boʻlishgan. Xuddi shu yili Roberta Vinci birinchi marta ITF turnirlarida gʻolib chiqqan[2].

  1. "Italy’s 'Fab Four': Celebrating Schiavone, Pennetta, Vinci and Errani". Womenʼs Tennis Association
  2. "Italy’s 'Fab Four': Celebrating Schiavone, Pennetta, Vinci and Errani". Womenʼs Tennis Association