Taketoyo
Taketoyo 武豊町 | |
---|---|
Shaharcha | |
34°51′3.8″N 136°54′53.0″E / 34.851056°N 136.914722°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Chita |
Maydon | 26.38 km2 (10.19 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (October 1, 2019) |
43 147 |
Zichligi | 1600 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0569-72-1111 |
|
Taketoyo (yaponcha: 武豊町 Taketoyo-chō ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Chita okrugida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shahardagi 18392 ta xonadonda 43147 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 1636 nafarni tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 26,38 kvadrat kilometr (10,19 mi²) ga teng.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taketoyo janubiy Aichi prefekturasidagi Chita yarim orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, sharqda Mikava koʻrfazi bilan chegaradosh. Shahar hududining bir qismi Mikava Van kvazi-milliy bogʻi chegaralarida joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aichi prefekturasi
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Taketoyo aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida oʻsib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 10,79 | — |
1950 | 15,504 | +43.7% |
1960 | 17,103 | +10.3% |
1970 | 25,575 | +49.5% |
1980 | 33,924 | +32.6% |
1990 | 38,105 | +12.3% |
2000 | 39,993 | +5.0% |
2010 | 42,416 | +6.1% |
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Taketoyoda oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1672 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,5 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, taxminan 4,6 °C boʻladi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taketoyo qishlogʻi Aichining Chita tumanida 1889-yil 1-oktyabrda, zamonaviy munitsipalitetlar tizimi Meiji davrining dastlabki bosqichlarida tashkil etilgan. Taketoyo 1891-yil 15-fevralda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
1899-yil iyul oyida imperator farmoni bilan Taketoyo AQSh va Buyuk Britaniya bilan savdo qilish uchun ochiq port sifatida belgilandi[4].
1954-yil 5-oktyabrda Taketoyo qoʻshni Fuki qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta Nagoya metropolisi va Kinuura portidagi port obyektlari yaqinida joylashganligi sababli Taketoyo koʻplab zavodlarga, jumladan, shisha ishlab chiqarish va farmatsevtikaga korxonalari markazi hisoblanadi. Chubu Electric Power shuningdek, katta ish oʻrinlari va soliq tushumlarini taʼminlaydigan yirik elektr ishlab chiqaruvchi Taketoyo issiqlik elektr stantsiyasiga ega. Shahar markazidagi anʼanaviy sanoat soya sousi, miso va paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslanadi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Taketoyoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
- Shuningdek, shaharda Escola Expressão — Braziliya boshlangʻich maktabi ham joylashgan[5].
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Taketoyo liniyasi
- Taketoyo
- Age — Chita-Taketoyo — Fuki
Meitetsu — Chita yangi liniyasi
- Fuki
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 247
Taketoyoning taniqli odamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shōko Ieda, muallif
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Taketoyo Town official statistics (yaponcha)
- ↑ Taketoyo population statistics
- ↑ Taketoyo climate data[sayt ishlamaydi]
- ↑ US Department of State. (1906). A digest of international law as embodied in diplomatic discussions, treaties and other international agreements (John Bassett Moore, ed.), Vol. 5, p. 759.
- ↑ "Escolas Brasileiras Homologadas no Japão" (Archive). Embassy of Brazil in Tokyo. Retrieved on October 13, 2015.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)