[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Tender

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tender (ing. tend — xizmat koʻrsatish) — 1) ochiq turdagi (ochiq tender) yoki cheklangan sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi (yopiq tender) raqobatli savdo-sotiq; buyurtmani joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qogʻozlarga obuna boʻlish, muddatli shartnoma boʻyicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi ariza, yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashina-uskunalar xarid etish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari koʻrsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar berish. Oʻzbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va rivojlantirishda tender keng qoʻllanadi. Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalar aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib borishda, xalqaro loyihalarini amalga oshirishda tender eʼlon qilinadi. Savdoni tashkil etish uchun vaqtinchalik organ boʻlgan tender qoʻmitasi tuziladi.