[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

The Weeknd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Weeknd

The Weeknd 2021-yil.
Fotograf Bryan Ziff.
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Abel Makkonen Tesfaye
16-fevral, 1990-yil (34 yil avval) (1990-02-16)
Boshqa nomlari
  • The Noise
  • Kin Kane[1]
Fuqaroligi Kanada bayrogʻi Kanada
Kasbi
Leybl
  • XO
  • Republic Records
Janr
  • pop
  • alternativ R&B
  • R&B
  • new wave
Faoliyat yillari 2009 – hozirgacha
Veb-sayt theweeknd.com
Imzosi

Abel Makkonen Tesfaye (talaffuzi: Eybel Makkonen Tesfaye) (amh. አቤል መኮንን ተስፋዬ, 1990-yil 16-fevralda tugʻilgan) – kelib chiqishi efiopiyalik boʻlgan kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va musiqiy prodyuser[2][3]. The Weeknd taxallusi ostida ijod qiladi. U oʻzining noanʼanaviy ijodi, retro uslublardan ustamona foydalana olishi va faltset registridagi ovozi bilan mashhur.

Tesfaye 2009-yilda anonim ravishda qoʻshiqlar chiqarishni boshladi. XO ovoz yozish leybliga asos solganidan soʻng, u 2011-yilda House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence nomli uchta miksteypni chiqardi va zamonaviy hamda alternativ R&B ning oʻzaro aralashmasi sababli katta shuhrat qozondi. U Trilogy (2012) nomli toʻplam albomda oʻzining miksteyplarini qayta chiqarish uchun Republic Records leybli bilan shartnoma imzoladi va keyingi yili oʻzining Kiss Land (2013) nomli ilk studiyaviy albomini chiqardi. 2013-2014-yillardagi film saundtreklaridagi bir qator hamkorliklardan soʻng, Tesfaye alternativ R&B dan biroz chekingan holda pop janriga oʻtib, oʻzining ikkinchi va uchinchi studiyaviy albomlari – Beauty Behind the Madness (2015) va Starboy (2016) ni yaratdi, ularning ikkisi ham AQSh Billboard 200 chartiga birinchi oʻrin bilan kirib kelgan. Birinchi albomda Billboard Hot 100 da birinchi oʻringa chiqqan ikkita singl, „Canʼt Feel My Face“ va „The Hills“, Starboyda esa yana ikkita yetakchi singl: xuddi shu nomdagi (Daft Punk ishtirokida) va 2023-yilgi "Die for You"ning Ariana Grande ishtirokidagi remiksi bor edi.

Abel alternativ R&B janriga AQShning top-10 singllar roʻyxatiga kirgan "Call Out My Name" singliga ega, oʻzining ilk mini-albomi – My Dear Melancholy (2018) orqali qaytdi. U oʻzining toʻrtinchi studiyaviy albomi After Hours (2020) da dream-pop va new wave janrlarini oʻzi uchun kashf qildi, uning tarkibiga bir qator rekordlarni buzgan "Blinding Lights" singli va yana AQShda yetakchilik qilgan ikkita singl: „Heartless“ va "Save Your Tears" kiradi. Tesfaye dance-pop janrini oʻrganishni boshladi, bu esa AQShda kuchli oʻntalikka kirgan „Take My Breath“ singliga ega uning beshinchi studiyaviy Dawn FM (2022) albomining yaralishiga olib keldi. 2023-yilda u HBO ning "The Idol" nomli drama serialida hammualliflik qildi va bosh rolni ijro etdi, teleserial tanqidchilar tomonidan qoralanganiga qaramay, unga biriktirilgangan saundtreklar tufayli tijorat muvaffaqiyatiga erishdi.

Tesfaye 75 milliondan ortiq yozuvlarni sotgan holda dunyodagi eng koʻp qoʻshiqlari sotilgan ijodkorlardan biriga aylandi. U Amerika yozuv sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) dan singllari uchun yettita olmos sertifikatini qoʻlga kiritdi va Hot R&B/Hip-Hop Songs chartida bir vaqtning oʻzida birinchi uchta oʻrinni egallagan birinchi qoʻshiqchi boʻldi. "Blinding Lights" Spotify tarixidagi eng koʻp tinglangan qoʻshiq, Billboard Hot 100’da eng uzoq vaqt „yashagan“ qoʻshiq va chart tarixidagi yakkaxon ijrochining eng uzoq vaqt qatnashgan qoʻshiqqa aylandi. Tesfaye Time jurnalining 2020-yilda dunyoning eng nufuzli odamlari roʻyxatiga kiritildi va 2023-yilda Ginnesning rekordlar kitobi uni „dunyoning eng mashhur ijodkori“ deb eʼtirof etdi. Irqiy tenglik va oziq-ovqat xavfsizligi tarafdori, 2021-yilda Jahon oziq-ovqat dasturining yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan. Uning mukofotlari qatoriga 4 ta Grammy Awards, 20 ta Billboard Music Awards, 22 ta Juno Awards, 6 ta American Music Awards, 3 ta MTV Video Music Awards, 1 ta Latin Grammy Awards mukofotlari kiradi va Oscar hamda Primetime Emmy Awards mukofotlariga nomzod sifatida koʻrsatilgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayotining dastlabki yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel Makkonen Tesfaye 1990-yil 16-fevralda Ontario provinsiyasining Toronto shahrida tugʻilgan[4][5]. Efiopiyalik-amharalik muhojirlar Makkonen Tesfaye va Samrawit Hailuning[lower-alpha 1] yagona farzandi boʻlib, u tugʻilganidan koʻp oʻtmay ota-onasi ajralishgan[7][8] va Abel Scarborough chekkasida onasi va buvisi tomonidan tarbiyalangan[5][9]. Tesfayening otasining ismi Efiopiyaning anʼanaviy „Makonnen“ oʻrniga „Makkonen“ tariqasida yoziladi. Finlandiyadagi Makkonen familiyasi bilan oʻxshashligi tasodif sanaladi. Tesfaye otasining ismining yozilishi imloviy xato yoki anʼanaviy ismning yangi shakli boʻlishi mumkin[10]. Tesfaye buvisidan oʻrgangani uchun ona tili hisoblanmish amhara tilini yaxshi biladi[11] va fransuz immersion maktabida oʻqiganligi sababli fransuz tilini ham yaxshi biladi[12]. Keyinchalik u West Hill Collegiate Institute va Birchmount Park Collegiate Instituteda tahsil olgan[13].

Oʻn yetti yoshida Tesfaye maktabni tashlab, ikki doʻsti bilan Parkdaledagi kvartiraga koʻchib oʻtdi, ulardan biri uning eng yaqin doʻsti va hozirda kreativ direktori hisoblangan La Mar Taylor edi[14]. Doʻstlari bilan gedonistik turmush tarzini olib borgan[5][15] Tesfaye dam olish kunlari uyni tashlab chiqib ketgani uchun shuni taxallus sifatida tanlab oldi[16]. U Kanadadagi The Weekend pop-rok guruhi bilan savdo belgisiga oid muammolarni oldini olish uchun oxirgi „e“ harfini olib tashladi[17]. Bu vaqt ichida u uysizlikni ham boshdan kechirdi va bir necha bor qamoqda oʻtirgan, bu esa uni „uygʻonishga va diqqatni jamlashga“ undagan[18][19]. Bu davrda Tesfaye giyohvand moddalarni, jumladan ketamin, kokain, MDMA, gallyutsinogen qoʻziqorin va yoʻtal siropi kabi moddalarni tez-tez isteʼmol qilib[20], musiqa yozganida giyohvand moddalar oʻzi uchun „tirgak“ boʻlganini taʼkidlagan[21]. Hozirgi sahna nomi ostida musiqa chiqarishdan oldin u „Bulleez n Nerdz“ hip-hop duetining bir qismi sifatida „Kin Kane“ taxallusi ostida[8], shuningdek, „The Noise“ prodyuserlik jamoasining bir qismi sifatida ham ijod qilgan[22][23].

The Weekndning logotipi

2009—2011: faoliyatining boshlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil avgust oyida Tesfaye YouTubeʼda anonim tarzda musiqa chiqarishni boshladi[24][25]. Keyingi yili u ziyofatda prodyuser Jeremy Rose bilan uchrashib qoladi. Rose Tesfayedan ​​dark R&B loyihasida birga ishlashni taklif qiladi. Koʻp sonli qoʻshiqlar yaratilib, ijodiy nizolar tufayli hamkorlik toʻxtatilganidan soʻng, Tesfaye Rose bilan birgalikda yaratilgan qoʻshiqlarning titrida Rosening ham ismi ishlatilishi sharti bilan foydalanishga ruxsat oldi[26]. 2010-yil dekabr oyida Tesfaye YouTubeʼga „xoxxxoooxo“ foydalanuvchi nomi ostida „What You Need“, „Loft Music“ va "The Morning"ni yukladi[27][28]. Dastlab, uning shaxsi sirligicha qoldi. Qoʻshiqlar Internetda shuhrat qozondi va keyinchalik reper Drake oʻz blogidagi postida ularni maqtadi[26][29]. Keyinchalik qoʻshiqlar turli ommaviy axborot vositalari, jumladan Pitchfork va The New York Timesda yoritildi[30].

2011-yilda Tesfaye musiqa rahbarlari Wassim „Sal“ Slaiby va Amir „Cash“ Esmailian bilan uchrashdi va ular bilan birga (La Mar Taylor bilan ham) XO ovoz yozish leybliga asos solgan[31]. 21-mart kuni Tesfaye Ilangelo va Dok McKinney hamkorligida ishlab chiqarilgan House of Balloons nomli ilk miksteypini taqdim etdi[32][33][34]. Miksteyp shuningdek, Rose tomonidan ishlab chiqarilgan treklarni ham oʻz ichiga olgan, ammo uning ismi prodyuserlar qatorida yozilmagan edi[26]. House of Balloons 2011-yil Polaris Music Prize uchun oʻnta nomzod qatoriga kiritilgan edi[35].

Tesfaye 2011-yilning may oyidan Drake bilan ishlay boshladi va 31-iyul kuni oʻtkazilgan OVO Festda ishtirok etdi[36]. 2011-yil iyul oyida Tesfaye Torontodagi Mod Club teatrida birinchi marta jonli ijroda chiqish qildi[37]. U Toronto universitetida qora tanli talabalar assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan konsertlarda ham qatnashgan[38]. 18-avgust kuni Tesfaye oʻzining ikkinchi miksteypi – Thursdayni chiqardi, u koʻproq ijobiy baholandi[39]. Tesfaye Drakening 15-noyabrda chiqarilgan „Take Care“ albomidagi toʻrtta qoʻshiqda oʻz hissasini qoʻshdi, shu jumladan, yettinchi, "Crew Love" singlida esa qoʻshiq muallifi, prodyuser va mehmon ijdokor sifatida ishtirok etdi[40]. 21-dekabr kuni u oʻzining uchinchi mikstaypi – Echoes of Silenceni chiqardi, u 2012-yilgi Polaris Music Prizeʼning longlistʼidan oʻrin olgan[41][42].

2012―2014: Trilogy va Kiss Land

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tesfaye 2012-yilgi Coachella Valley Music and Arts Festival’da chiqish qilmoqda

2012-yil aprel oyidan boshlab Tesfaye yirik shoularda chiqish qila boshladi, Coachella[43] va Nyu-Yorkdagi Bowery Ballroomda oʻtkazilgan ikkita katta shoular shular jumlasidandir[43][44]. Shuningdek, u Ispaniya va Portugaliyadagi Primavera Sound[45] va Buyuk Britaniyadagi Wireless Festival kabi turli Yevropa festivallarida ishtirok etgan[46][47][48]. Sentabr oyida Tesfaye Republic Records bilan shartnoma imzoladi; XO uning tarkibiga kiruvchi leyblga aylandi[49]. Oʻsha oyda u oʻzining birinchi konsert gastroli – „Fall Tour“ni boshladi, shuningdek ingliz guruhi Florence and the Machineʼning baʼzi konsertlarini ochib beruvchi sifatida ishtirok etdi. Tur Shimoliy Amerika boʻylab 2012-yilning sentyabridan noyabrigacha boʻlib oʻtdi[50].

2012-yil 13-noyabrda Tesfaye oʻzining 2011-yilgi miksteyplarining remiks va remaster qilingan versiyalari hamda uchta qoʻshimcha trekdan iborat Trilogy toʻplamini chiqardi[51]. Albom birinchi haftada 86,000 nusxada sotilgan holda Billboard 200 chartida toʻrtinchi oʻrinda debyut qildi[52] va RIAA tomonidan bitta hamda Music Canada tomonidan ikkita platinaga sazovor boʻldi[53][54]. Bundan tashqari, BBC oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra Tesfaye 2013-yilgi „Yil ovozi“ mukofotiga nomzod boʻldi[55].

Tesfaye 2013-yil oktabr oyida Massey Hall’da chiqish qilmoqda

2013-yilning 17-mayida Tesfaye oʻzining ilk studiyaviy albomi Kiss Landning bosh trekini taqdim etdi[56] va albom 10-sentabr kuni chiqishini eʼlon qildi[57]. Chiqarilgandan soʻng, albom 96,000 nusxada sotilgan holda Billboard 200 da ikkinchi oʻrinni egalladi[58] va musiqa tanqidchilaridan tomonidan, asosan, ijobiy sharhlarni oldi[59]. Tesfaye 2013-yil sentabridan noyabrigacha Shimoliy Amerika va Angliyada boʻlib oʻtgan kuzgi gastrol safari bilan albomni targʻib qilishni davom ettirdi[60]. 6-noyabrdan 13-noyabrgacha u Justin Timberlakening „The 20/20 Experience“ xalqaro turi davomida bir qancha shoularni ochib berdi[61]. Shuningdek, u 2013-yilda suratga olingan The Hunger Games: Catching Fire filmining saundtreklari qatoriga kiruvchi ikkita qoʻshiqda: „Devil May Cry“ hamda Sia va Diplo bilan „Elastic Heart“da ishtirok etgan[62].

2014-yil fevral oyida Tesfaye Beyoncening „Drunk in Love“[63] va Ty Dolla Signning "Or Nah" treklarining remiksini chiqardi[64]. 2014-yil iyun oyida u Schoolboy Q va Jhene Aiko koʻmagida Shimoliy Amerikaning toʻrtta shahrida sentabrdan oktyabrgacha boʻlgan „King of the Fall Tour“ni eʼlon qildi[65]. Gastrolni qoʻllab-quvvatlash uchun u oʻsha yilning iyul oyida "King of the Fall" va "Often" qoʻshiqlarini chiqardi[66]. 25-avgust kuni Tesfaye Ariana Grandening My Everything albomining „Love Me Harder“ qoʻshigʻida hamkorlik qildi. Keyinchalik, u 30-sentabr kuni albomning toʻrtinchi singli sifatida qayta chiqarildi va Billboard Hot 100 roʻyxatida yettinchi oʻrinni egalladi[67]. 23-dekabr kuni Tesfaye Fifty Shades of Grey (2015) uchun „Earned It“ saundtrekini taqdim etdi. Billboard Hot 100 roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan singl Tesfayeni „Eng yaxshi film uchun qoʻshiq“ nominatsiyasida birinchi marta Oscar mukofotiga nomzod boʻlishiga sabab boʻldi[68]. Qoʻshiq 58-Grammy Awards marosimida „Eng yaxshi R&B ijrosi“ nominatsiyasida gʻolib chiqdi, „Eng yaxshi R&B qoʻshigʻi“ va „Vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyalariga nomzod boʻldi[69].

2015–2017: Beauty Behind the Madness va Starboy

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Abel 2015-yilgi Bumbershootda.

2015-yil 27-may kuni Tesfaye „The Hills“[70] qoʻshigʻi uchun klipni chiqaradi. Keyinchalik qoʻshiq The Weeknd „Beauty Behind the Madness“ nomli ikkinchi studiyaviy albomining birinchi singli sifatida raqamli yuklab olish uchun chiqarildi. „The Hills“ Billboard Hot 100 roʻyxatida 20-oʻrinda debyut qilib, haftaning „Hot Shot“ debyutiga aylandi; singl keyinchalik chartning teparogʻiga ham chiqdi[71]. Singlning rasmiy chiqarilishidan tashqari, tegishli sanalarda yana uchta qoʻshiq Internetda tarqaldi[72]. 8-iyun kuni sizib chiqqan treklardan biri boʻlgan „Canʼt Feel My Face“, xuddi shu kuni Apple's Worldwide Developers Conferenceda Abelning ijrosidan soʻng rasman ikkinchi singl sifatida taqdim etildi[73]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 24-oʻrinda debyut qildi va Hot 100 roʻyxatida 1-oʻrinni egallab, The Weekndning uchinchi top-10 ga kirgan qoʻshigʻiga va AQShda birinchi marta 1-oʻrinni egallagan qoʻshigʻiga aylandi[74][75].

Haftalik Billboard Hot R&B Songs chartida 2015-yil 25-iyul kuni The Weekend uchta eng yaxshi oʻrinni egalladi: „Canʼt Feel My Face“ – 1-oʻrin, „The Hills“ – 2-oʻrin va „Earned It“ – 3-oʻrin ― bu uni chart tarixida bu natijaga erishgan birinchi ijodkorga aylantirdi.

Apple kompaniyasining yangi striming xizmati Apple Music ishga tushirilishi eʼlon qilingandan soʻng, Abel oʻzining doimiy hamkori boʻlgan Drake[76] bilan birga musiqiy yuzlardan biri sifatida ishtirok etishi maʼlum boʻldi. 2015 MTV Video Music Awards davomida Apple Tesfaye va John Travolta ishtirokidagi ikki qismli reklama taqdim etdi[77].

2015-yil 28-avgustda Abelning ikkinchi studiyaviy albomi Beauty Behind the Madness chiqarildi va Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi, birinchi haftada 412 000 ekvivalent birlik sotilgan (sof albom sotuvi 326 000 tadan koʻproq)[78]. U chartda birinchi oʻrinda uch haftani oʻtkazdi[79]. Albom 10 dan ortiq mamlakatlarda eng yaxshi 10 talikka kirdi va Kanada, Avstraliya, Norvegiya va Buyuk Britaniya[80][81] chartlarda birinchi oʻrinni egalladi. Tesfaye albomni Chikagodagi Lollapalooza, Pomonadagi Hard Summer Music Festival, Somersetdagi Summer Set Music va Camping Festival, Filadelfiyadagi Made in America, Ostindagi Austin City Limits va Sietldagi Bumbershoot Festival kabi yozgi musiqa festivallari orqali reklama qildi[82]. The Madness Fall Tour 2015 – noyabrda boshlanuvchi Abelning yangi albomni targʻib qilish uchun Shimoliy Amerika safari 2015-yil 20-avgustda eʼlon qilindi[83]. Turni Travis Scott, Banks va Halsey[84] kabilar ochdi. 2015-yil 24-avgustda Abel Kanye West[85] produserlik qilgan albomdagi qoʻshigʻi – „Tell Your Friends“ning klipini chiqardi.

2015-yil 8-sentyabr haftasida The Weeknd taxminan yetti yil ichida bir hafta ichida ikkita qoʻshiqni Hot 100 ning top-3 taligiga kiritgan birinchi erkak qoʻshiqchi boʻldi („Canʼt Feel My Face“ 2-oʻrinda va „The Hills“ 3-oʻrinda)[86]. Abel bu yil bir nechta hamkorlikda ishtirok etdi, jumladan Bellyning „Might Not[87], Meek Millning „Pullin Up[88] va Travis ScottningPray 4 Love“ida[89]. Tesfaye, shuningdek, hamkorlikda Disclosurening ikkinchi Caracal albomida ishtirok etdi[90]. 2015-yil 10-oktyabrda Abel Saturday Night Liveda aktrisa Amu Shcumerga musiqiy mehmon sifatida qoʻshildi[91].

2015-yil 1-dekabr holatiga koʻra Beauty Behind the Madness albomi 60 milliondan ortiq tinglovchi bilan 2015-yilda eng koʻp tinglangan albom boʻldi[92]. Shuningdek, u Rolling Stone jurnalining 2015-yildagi 50 ta eng yaxshi albomida beshinchi oʻrindan joy oldi[93]. 2015-yil 25-dekabrda Abel ikkita yangi qoʻshiqni, „Low Life“ va Jeremihning „Pass Dat“ qoʻshigʻining remiks versiyasini chiqardi[94].

2016: Starboy

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Tesfaye Kanye Westning 2016-yilgi The Life of Pablo[95] albomidagi „FML“da va Beyonsening Lemonade albomidagi „6 inch“ qoʻshigʻida ishtirok etdi.

2016-yil 26-avgustda Cashmere Cat oʻzining yangi albomidan „Wild Love“ singlini chiqardi; Tesfaye ushbu trekni yozishda ishtirok etdi.

2016-yil 21-sentyabrda Abel oʻzining uchinchi studiyaviy albomi „Starboy“ni eʼlon qildi. 18 qoʻshiqdan iborat albom XO va Republic Records[96] da chiqariladi. Ertasi kuni u Daft Punk ishtirokidagi „Starboy“ trekini chiqardi. „Starboy“ 25-noyabrda[97] chiqishi rejalashtirilgan.

2016-yil 1-oktyabr kuni Tesfaye Saturday Night Live dasturining musiqiy mehmoni boʻlib, „Starboy“ va „False Alarm“ qoʻshiqlarini ijro etdi.

2016-yil 17-noyabrda „Party Monster“ singli va fransuz guruh Daft Punk bilan „I Feel It Coming“ deb nomlangan yana bir hamkorlik ishi chiqarildi [98].

2016-yil 23-noyabrda The Weeknd albomni targʻib qilish maqsadida 12 daqiqalik qisqa metrajli filmni chiqardi. Filmga Abelning The Hills, Canʼt Feel My Face, Tell Your Friends va Starboy kliplari uchun rejissorlik qilgan Grant Singer rejissorlik qilgan.

2017-yilda Abel Futurening oltinchi studiyaviy albomi (Hndrxx) dagi „Comin Out Strong“ qoʻshigʻida, Navning „Some Way“ qoʻshigʻida va Lana Del Reyning „Lust For Life“ singlida ishtirok etdi.

2020: After Hours

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 27-29-noyabr kunlari The Weeknd ikkita yangi singl chiqardi – „Heartless“ va „Blinding Lights“. Amerikaning Hyperbeast veb-saytiga koʻra, bular Abelning toʻrtinchi yakkaxon albomiga kiritilgan. 19-fevral kuni Abel „After Hours“ albomi chiqishi oldidan yana bitta soʻnggi xuddi shu nomdagi singlni chiqardi. 2020-yil 24-martda „In Your Eyes“ singli chiqdi.

2019-yil 3-dekabrda Heartless singli uchun musiqiy video chiqarildi[99].

2020-yil 21-yanvarda Blinding Lights singli uchun musiqiy video chiqarildi[100].

2020-yil 13-fevralda Tesfaye 48 soniyalik tizerda albom nomini eʼlon qildi[101].

2020-yil 19-martda After Hours ushbu albomga Apple Music tarixidagi eng yirik global oldindan buyurtma boʻyicha rekord oʻrnatdi, 1,02 milliondan ortiq foydalanuvchilar uni buyurtmalar kutubxonalariga oldindan qoʻshishdi[102].

2020-yil 23-mart kuni In Your Eyes[103] singliga klip chiqdi.

2020-yil avgust oyida The Weeknd „Blinding Lights“ qoʻshigʻiga ishlangan klip uchun „Yil videosi“ nominatsiyasida MTV Video Music Awards mukofotini oldi. Shuningdek, kompozitsiya „Eng yaxshi R&B qoʻshigʻi“ nominatsiyasida ham mukofotga sazovor boʻldi[104].

22-noyabr kuni 48-yillik Amerika musiqa mukofotlari marosimi boʻlib oʻtdi, unda The Weeknd quyidagi mukofotlarini oldi: „Yil artisti“; „Eng yaxshi musiqiy video“ – Blinding Lights; „Eng yaxshi erkak ijrochi“; „Eng yaxshi qoʻshiq“ – Blinding Lights va Heartless, „Eng yaxshi albom“ – After Hours.

2021-yil 5-yanvarda Save Your Tears [105] singlining klipi chiqdi.

23-aprel kuni Ariana Grande bilan „Save Your Tears“ qoʻshigʻining remiksi chiqdi.

2022: Dawn FM

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 7-yanvarda synth-pop raqs uslubida yozilgan yangi „Dawn FM“ albomi chiqdi. U tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi va Amerika qitʼasida ikkinchi oʻrinni egallab, oʻnta mamlakatda birinchi oʻrinni egalladi[106].

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel 2015-yil boshida Bella Hadid bilan uchrashishni boshladi; juftlikni birinchi marta aprel oyida Coachellada birga koʻrishgan[107][108]. Hadid 2015-yil dekabr oyida Abelning „In the Night“ klipida suratga tushgan. Ular, shuningdek, 2016-yil fevral oyida Grammy marosimida juftlik sifatida qizil gilamda paydo boʻldi[109]. 2016-yil 13-noyabrda bir yarim yillik munosabatlardan soʻng juftlik ajralishga qaror qilgani maʼlum boʻldi[110]. 2017-yil yanvar oyida Abel qoʻshiqchi Selena Gomez bilan ishqiy uchrashuvda koʻrindi[111]. U qoʻshiqchi bilan 2017-yilning noyabrigacha munosabatda boʻlgan, oʻsha vaqtda rasmiy manbalar juftlik ajralishganini eʼlon qilgan. Gomes bilan ajrashgandan soʻng, musiqachi Bella Hadid bilan munosabatlarni qayta tiklashga urinib koʻrdi. 2018-yil may oyidan Abel va Bella yana birga boʻlishdi. Ammo 2019-yil avgust oyida juftik band grafik tufayli yana ajralishdi.

Huquqiy masalalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil yanvar oyida Tesfaye Las-Vegas politsiyasi xodimi bilan mushtlashgani uchun hibsga olingan[112]. U aybiga eʼtiroz bildirmadi va 50 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi[113].

2014-yilda professional mahorat uchun Bikila mukofoti bilan taqdirlanganidan soʻng, Tesfaye Toronto universitetiga Efiopiyaning klassik tili boʻlgan geez tili boʻyicha yangi kursni moliyalashtirish uchun taxminan 50 ming Kanada dollari xayriya qildi[114]. 2016-yil may oyida, pravoslav Pasxasi paytida, Tesfaye bolaligida qatnagan Torontodagi St. Mary Efiopiya pravoslav Tewahedo cherkoviga 50 ming Kanada dollari xayriya qildi[115][116]. 2016-yil avgust oyida u Toronto universitetidagi yangi Efiopiya taʼlim dasturini moliyalashtirdi[117].

2017-yil iyunda Tesfaye Ugandaning Budondo shahridagi Suubi tibbiy markaziga (homilador ayollar va bolalar klinikasi) $100,000 miqdoridagi mablagʻni xayriya qilgan. U French Montananing Suubi va Uganda xalqi haqidagi maʼlumotlar bilan boʻlishuvchi Global Citizen va Mama Hope bilan ishlashini bilganidan keyin bu ishni amalga oshirgan[118].

2020-yil aprel oyida Tesfaye yuz uchun notibbiy niqoblarni taqdim etdi, undan tushgan mablagʻlar esa MusiCares – COVID-19 ga chalinganlarga yordam fondiga oʻtkazilgan, fond Recording Academy tomonidan ochilgan boʻlib, u COVID-19ga chalingan musiqachilarga yordam berish bilan shugʻullangan[119]. Bundan tashqari, Abel MusiCares va Scarborough sogʻliqni saqlash tarmogʻi hisoblariga 500 ming Kanada dollaridan oʻtkazib bergan[120].

2016-yil avgust oyida Tesfaye Qoʻshma Shtatlardagi politsiya shafqatsizligi haqidagi koʻplab xabarlardan soʻng Black Lives Matter global fondiga 250 ming AQSH dollari xayriya qildi[121][117][122]. 2020-yil may oyida George Floydning oʻldirilishi va undan keyingi noroziliklardan soʻng Abel Black Lives Matter, National Bail Out va Colin Kaepernickning Know Your Rights Camp tashkilotlariga 500 ming AQSh dollari miqdorida xayriya qildi[123]. Shundan soʻng u boshqa musiqiy rahbarlar, yirik musiqa yozish leybllari va striming xizmatlarini xayriya qilishga chaqirdi[124][125].

2020-yil 7-avgustda Tesfaye TikTok ijtimoiy tarmogʻida interaktiv virtual „Weeknd Experience“ konsertini oʻtkazdi, uni jami 2 million odam tomosha qildi, bir vaqtda 275 ming kishi tingladi. Konsertdan ishlangan 350 ming AQSh dollari Equal Justice Initiativega oʻtkazildi. Shuningdek, u Bayrutdagi portlashdan jabrlanganlarni qoʻlab-quvvatlash maqsadida 300 ming dollar xayriya qildi[126][127]. 2-noyabr kuni Toronto universiteti oʻzining yangi Efiopiya dasturi uchun yigʻilishi kerak boʻlgan 500 ming Kanada dollari yigʻilganini eʼlon qildi, undan 30 ming dollari Abelga tegishli edi[128]. 2021-yil may oyida u 2021-yilgi Isroil-Falastin inqirozi chogʻida halok boʻlgan tinch aholiga chuqur hamdardlik bildirgan mashhurlar qatorida edi[129][130]. 23-sentabr kuni Tesfaye Black Music Action Coalition tomonidan oʻtkazilgan ilk Music in Action Awardsda Quincy Jones gumanitar mukofoti bilan taqdirlandi[131].

2024-yil 9-yanvar kuni Tesfaye School on Wheels Inc. notijorat tashkiloti bilan ming nafar uysiz oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kelishuvga erishdi[132].

2021-yil 4-aprel kuni Abel BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi orqali Efiopiyadagi Tigray urushi ortidan jabr koʻrgan aholiga yordam uchun 1 million AQSh dollari miqdorida xayriya qilganini eʼlon qildi[133]. 9-iyunda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi maʼmuri Samantha Power bilan uchrashib, Tigray urushidan kelib chiqqan gumanitar inqirozni muhokama qildi[134]. 7-oktyabr kuni Tesfaye BMTning Jahon oziq-ovqat dasturidagi yaxshi niyat elchisi etib tayinlandi[135][136]. 2022-yil 3-martda u WFP bilan hamkorlikda XO gumanitar fondini ishga tushirdi. Ushbu fond orqali Tesfaye 500 000 AQSH dollari miqdoridagi xayriyadan tashqari, „After Hours til Dawn Tour“da sotilgan har bir chiptadan 1 AQSh dollari oziq-ovqat dasturiga xayriya qilindi[137]. XO gumanitar jamgʻarmasidan 2,5 million AQSh dollari oziq-ovqat dasturining Gʻazo sektoridagi gumanitar yordam harakatlariga ajratildi, 2023-yilgi Isroil va Hamas oʻrtasidagi urushdan jabrlanganlar toʻrt million shoshilinch ovqat bilan taʼminlandi[138][139].

Studiyaviy albomi

  • Kiss Land (2013)
  • Beauty Behind the Madness (2015)
  • Starboy (2016)
  • After Hours (2020)
  • Dawn FM (2022)

Konsert turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tur egasi sifatida

  • The Fall Tour (2012)
  • The Kiss Land Fall Tour (2013)
  • King of the Fall Tour (2014)
  • The Madness Fall Tour (2015)
  • Starboy: Legend of the Fall Tour (2017)
  • The Weeknd Asia Tour (2018)
  • After Hours til Dawn Tour (2022–)

Mehmon sanʼatkor sifatida

  • Florence and the Machine – Ceremonials Tour (2012)
  • Justin Timberlake – The 20/20 Experience World Tour (2013)
  • Drake – Would You Like a Tour? (2014)

Tur aʼzolari

  • Patrick Greenaway – yetakchi gitarachi (2012–hozir), sintezator (2020-hozir)
  • Ledaris „LJ“ Jones – bass, klavishlar (2013–hozir)[lower-alpha 2]
  • Ricky Lewis – baraban (2011–hozir)
  1. Tesfayening biologik ota-onasi hech qachon turmush qurmagan. 2020-yil noyabr oyida Tesfaye Toronto universitetining Efiopiya dasturiga xayriya qilganida, onasining to'liq ismi Samrawit Hailu sifatida ko'rsatilgan[6].
  2. Jones After Hours til Dawn Tourning (2023) Yevropa va Lotin Amerikasi safarlarida qatnasha olmagan.
  1. Marsh, Calum {{{editor}}}: „Everything We Know About The Weeknd Before He Blew Up“ (2021-yil 16-fevral). — „Ko'rinishidan, u The Noise va Kin Kane taxalluslari ostida ham musiqa yozgan.“. 2022-yil 15-martda asl nusxadan [url=https://web.archive.org/web/20220315044609/https://www.complex.com/music/everything-we-know-about-the-weeknd-before-he-blew-up/ arxivlangan].
  2. „Page 6 of Sex, Drugs and R&B: Inside The Weeknd's Dark Twisted Fantasy - Rolling Stone“. Rolling Stone (2015-yil 21-oktyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
  3. Sharf, Matt Donnelly,Zack; Donnelly, Matt; Sharf, Zack „'The Idol' Scandalizes Cannes With Five-Minute Standing Ovation for Lily-Rose Depp's Masturbating Pop Star, Explicit Nudity and the Weeknd's TV Acting Debut“ (en-US). Variety (2023-yil 22-may).
  4. „The Weeknd“, Billboard, March 8, 2024da asl nusxadan arxivlandi
  5. 5,0 5,1 5,2 Caramanica, Jon. „Can The Weeknd Turn Himself into the Biggest Pop Star in the World?“. The New York Times Magazine (2015-yil 27-iyul). 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „With support from The Weeknd, U of T's Ethiopic program soars past $500,000 endowment goal“. University of Toronto (2020-yil 2-noyabr). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-noyabr.
  7. Mistry, Anupa. „Daily Disc: The Weeknd's 'Echoes Of Silence'“. Toronto Standard (2011-yil 23-dekabr). 2019-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. 8,0 8,1 Eells, Josh. „Sex, Drugs and R&B: Inside The Weeknd's Dark Twisted Fantasy“ (2015-yil 21-oktyabr). 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Rivera, Joe. „Who is The Weeknd? Super Bowl 55 halftime show performer's songs, lyrics & more to know“. Sporting News (2021-yil 7-fevral). 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Määttänen, Juuso „Kesällä Suomeen saapuvan supertähden Weekndin oikea nimi on Makkonen - ei silti yhteyttä Suomeen“ (FI). iltalehti.fi (2016-yil 16-dekabr). 2024-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
  11. Lamb, Karas. „The Weeknd Reveals The Origin Of His Name + More“. Okayplayer (2013-yil 16-sentyabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Aswad, Jem (April 8, 2020), „The Weeknd Opens Up About His Past, Turning 30 and Getting Vulnerable on 'After Hours', Variety (ingliz (Amerika)), April 8, 2020da asl nusxadan arxivlandi
  13. Hatherly, Tara. „Scarborough native The Weeknd scores seven Grammy nominations“. Metroland Media Group (2015-yil 7-dekabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Why The Weeknd is truly Toronto's very own“ (en-CA). The Globe and Mail (2015-yil 30-oktyabr).
  15. Wagstaff, Keith; Swanson, David. „10 Things You Should Know About the Weeknd“. GQ (2015-yil 26-oktyabr). 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  16. Ehrlich, Brenna „The Weeknd Reveals How He Got His Name... And Where The 'E' Went“. MTV News (2013-yil 13-sentyabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  17. Caramanica, Jon. „Can the Weeknd Turn Himself Into the Biggest Pop Star in the World?“ (en-US). The New York Times (2015-yil 27-iyul).
  18. Kimble, Lindsay (December 12, 2016), „The Weeknd Reveals How His Fans Helped Him Overcome Stage Fright“, People, March 10, 2024da asl nusxadan arxivlandi
  19. Lamont, Tom. „The Weeknd: 'Drugs were a crutch for me'“ (2016-yil 3-dekabr). 2023-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  20. Fisher, Luchina. „The Weeknd Opens Up About His 'Dark' Past“. ABC News (2016-yil 5-dekabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  21. Levine, Nick. „The Weeknd opens up about 'heavy' drug use“. NME (2016-yil 3-dekabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  22. Breihan, Tom „Hear Unreleased Early Tracks From the Weeknd“. Pitchfork (2011-yil 25-may). 2024-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  23. „How the Producer of the Weeknd's Breakout Tracks Got Majorly Screwed“ (en) (2012-yil 22-mart). 2012-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „10-Year High: The Weeknd's Game-Changing Decade“ (en). Paper (2019-yil 27-dekabr). 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan.
  25. „Everything We Know About The Weeknd Before He Blew Up“. Complex. 2022-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan.
  26. 26,0 26,1 26,2 McGuire, Patrick. „How the Producer of The Weeknd's Breakout Tracks Got Majorly Screwed“. Vice (2012-yil 22-mart). 2012-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  27. Caramanica, Jon. „Screams That Charmed, and Other Overlooked Highlights“ (2010-yil 31-dekabr). 2015-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  28. Stewart, Allison. „Singles File: Da Phuture, The Weeknd, Fever Ray“ (2011-yil 14-mart). 2013-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  29. Shepherd, Julianne Escobedo. „Love and Other Drugs: The Weeknd's Altered-State R&B“. WNET (2011-yil 23-mart). 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  30. Fitzmaurice, Larry. „The Weeknd – What You Need. Pitchfork (2011-yil 4-mart). 2011-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan.
  31. „The Weeknd on the Crew That Boosted Him From 'Basically Homeless' to the Super Bowl“, Billboard, January 28, 2021, June 8, 2021da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: June 8, 2021
  32. Kameir, Rawiya; Hockley-Smith, Sam; Mistry, Anupa. „How House of Balloons Changed R&B“. The Fader (2016-yil 21-mart). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  33. Ramirez, Erika. „Say Hello to The Weeknd, Drake Co-Signs“. MTV News (2011-yil 21-mart). 2015-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  34. „25 best Canadian debut albums ever“. CBC Music (2017-yil 16-iyun). 2017-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  35. „Polaris Music Prize“. Polaris Music Prize. 2014-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  36. Fitzmaurice, Larry. „The Weeknd to Play Drake's OVO Festival“. Pitchfork (2011-yil 3-iyul). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  37. Ritchie, Kevin. „The Weeknd's perfect premiere“. NOW Toronto (2011-yil 25-iyul). 2011-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  38. Marsh, Calum (February 16, 2021), „Everything We Know About The Weeknd Before He Blew Up“, Complex, March 15, 2022da asl nusxadan arxivlandi
  39. Diver, Mike „BBC - Music - Review of The Weeknd - Thursday“ (en-GB). BBC. 2022-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  40. Berry, Peter A. (November 16, 2017), „Drake Sets The Record Straight On How Much The Weeknd Wrote On Take Care Album“, XXL, January 7, 2021da asl nusxadan arxivlandi
  41. Dunlevy, T'Cha. „365 days of Weeknd: We chart Abel Tesfaye's rise to fame a year after House of Balloons“ (2012-yil 23-mart). 2012-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan.
  42. Mudhar, Raju. „Polaris Prize long list includes lots of Toronto bands“ (en-CA) (2012-yil 14-iyun). 2014-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  43. 43,0 43,1 Snapes, Laura. „Abel Tesfaye makes his U.S. debut“. Pitchfork (2012-yil 16-aprel). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  44. Krishnamurthy, Sowmya. „The Weeknd Mesmerizes at Bowery Ballroom“ (2012-yil 29-aprel). 2012-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  45. Battan, Carrie. „The Weeknd to Headline Pitchfork Stage at Primavera“. Pitchfork (2012-yil 1-mart). 2022-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  46. Lough, Kate. „Wireless Festival 2012“. London Evening Standard (2012-yil 31-may). 2022-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  47. „The Weeknd, Chiddy Bang & More for Wireless 2012“, DIY, March 27, 2012, July 12, 2022da asl nusxadan arxivlandi
  48. Goodwyn, Tom. „The Weeknd covers Michael Jackson as he plays his debut UK show“ (2012-yil 8-iyun). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  49. Hampp, Andrew (November 12, 2012), „The Weeknd & Reps Talk Clearing Samples, Touring For 'Trilogy' Release“, Billboard, January 7, 2021da asl nusxadan arxivlandi
  50. Hudson, Alex. „The Weeknd Schedules More Canadian Dates on North American Fall Tour“ (2012-yil 14-avgust). 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  51. Diver, Mike. „The Weeknd Trilogy Review“. BBC Music (2012-yil 13-noyabr). 2024-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  52. Caulfield, Keith (October 10, 2012), „One Direction Tops Billboard 200 Chart, 'Twilight' Debuts at No. 3“, Billboard, Los Angeles, February 24, 2017da asl nusxadan arxivlandi
  53. „Gold & Platinum Searchable Database“. RIAA. 2007-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  54. „Gold and Platinum Search“. Music Canada. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  55. „Sound of 2013 Profiles: The Weeknd“. BBC (2012-yil 9-dekabr). 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  56. Nostro, Lauren (May 16, 2013), „Listen: The Weeknd "Kiss Land", Complex, November 24, 2020da asl nusxadan arxivlandi
  57. Williott, Carl. „The Weeknd Unveils 'Kiss Land' Release Date & Cover Artwork“. Idolator (2013-yil 22-iyul). 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  58. Caulfield, Keith (December 1, 2012), „Keith Urban Edges The Weeknd for No. 1 Debut on Billboard 200“, Billboard, September 19, 2013da asl nusxadan arxivlandi
  59. „Kiss Land Reviews“. Metacritic. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  60. Battan, Carrie. „The Weeknd Announces Big Fall Tour, Kiss Land Out Late Summer“. Pitchfork (2013-yil 8-iyul). 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  61. Payne, Chris. „The Weeknd To Open For Justin Timberlake On '20/20 Experience' Tour“ (2013-yil 4-noyabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  62. Hakimian, Rob (November 19, 2013), „Album Review: Various Artists – The Hunger Games: Catching Fire Soundtrack“, Consequence, December 11, 2018da asl nusxadan arxivlandi
  63. Hooton, Christopher (February 17, 2014). „Listen: The Weeknd enters Beyonce Drunk in Love remix battle with Kanye West and Diplo“. The Independent. May 2, 2024da asl nusxadan arxivlandi.
  64. Pelly, Jen „Listen: The Weeknd remixes Ty Dolla Sign's "Or Nah"“. Pitchfork (2014-yil 21-fevral). 2024-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  65. „The Weeknd touring w/ Schoolboy Q & Jhene Aiko, playing Barclays Center (dates); SBQ played Central Park“. BrooklynVegan (2014-yil 26-iyun). 2014-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  66. Bowe, Miles (July 21, 2014). „The Weeknd – "King Of The Fall". Stereogum. May 2, 2024da asl nusxadan arxivlandi.
  67. „Ariana Grande and The Weeknd Team Up In 'Love Me Harder' Video“. Rap-Up (2014-yil 3-oktyabr). 2014-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  68. Cox, Jamieson. „Oscars 2016: Watch The Weeknd reenact his sultry video for Earned It“. The Verge (2016-yil 28-fevral). 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  69. „Grammys 2016: The Weeknd Wins Two Awards“ (en). PEOPLE.com. 2021-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  70. „The Weeknd Returns With 'The Hills,' Which Probably Isn’t About Lauren Conrad“. Vulture. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-may.
  71. „The Weeknd“. Billboard. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  72. „The Weeknd, Lil Mama & Maroon 5: Real-Time Twitter Chart Rewind Ep. 52“. billboard.com. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-iyun.
  73. „Hear The Weeknd's Funky New Song 'Can't Feel My Face'“. Rolling Stone (2015-yil 8-iyun). 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-iyun.
  74. „Wiz Khalifa No. 1 on Hot 100 'Again,' Selena Gomez Debuts at No. 9“. Billboard (2015-yil 1-iyul). 2015-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  75. „The Weeknd Tops Hot 100 With 'Can't Feel My Face,' One Direction Debuts at No. 3“ (2015-yil 10-avgust). 2015-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  76. „Apple's new musical faces - Drake and The Weeknd“. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
  77. „Latest Apple Music ads debut during MTV VMAs, feature The Weeknd & playlists“. 2015-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-avgust.
  78. „The Weeknd's 'Beauty Behind the Madness' Debuts at No. 1 on Billboard 200 Chart“. Billboard. 2017-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-sentyabr.
  79. „The Weeknd spends third week at No. 1 on Billboard 200“. Billboard.com. 2015-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
  80. „ARIA Albums : The Weeknd Takes Top Spot On Australian Chart“. Noise11. 2020-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-sentyabr.
  81. „Top 20 Albums“. usatoday.com. 2021-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  82. „The Weeknd's new album is coming Aug. 28“. usatoday.com. 2020-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
  83. „The Weeknd announces The Madness Fall Tour“. Pitchfork. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  84. „The Weeknd Announces The Madness Fall Tour With Travi$ Scott, Halsey & Banks“. Billboard. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
  85. „Watch The Weeknd Get Buried Alive in His 'Tell Your Friends' Video“. TIME. 2020-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-avgust.
  86. „The Weeknd Doubles Up in Hot 100's Top Three“. Billboard. 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-avgust.
  87. „Belly "Might Not" (ft. The Weeknd)“. Exclaim. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  88. „Meek Mill Reveals "Dreams Worth More Than Money" Features“. hiphopdx. 2019-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyun.
  89. „Demi Lovato & The Weeknd To Perform On ‘Saturday Night Live’ This Season“. Idolator. Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  90. „Justin Bieber, Kanye West, The Weeknd, & more featuring on Travi$ Scott's 'Rodeo" album“. Inquisitr. 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-avgust.
  91. „The Weeknd & Demi Lovato Announced as 'SNL' Musical Guests“. Billboard. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  92. „Spotify's Year in Music: Drake Most Streamed Artist, Major Lazer & DJ Snake Had Top Song“. Billboard. 2020-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  93. „The Weeknd, 'Beauty Behind the Madness'“. Rolling Stone. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  94. Staff. „LISTEN: The Weeknd Surprises Fans By Dropping Two New Songs!“. Kiss 92.5 (2015-yil 27-dekabr). 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  95. „Archived copy“. 2016-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-fevral.
  96. music, editor. „Hear the Weeknd's new track with Daft Punk, Starboy“ (en). The Guardian (2016-yil 22-sentyabr). 2021-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  97. Zwilling, Eric „Listen to Daft Punk’s new collaboration with The Weeknd, 'Starboy'“. Dancing Astronaut (2016-yil 21-sentyabr). 2020-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  98. „The Weeknd Releases ‘Party Monster’ and Daft Punk–Featuring ‘I Feel It Coming’“ (en). Vulture. 2017-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  99. The Weeknd. „The Weeknd - Heartless (Official Video)“ (inglizcha). YouTube (2019-yil 3-dekabr). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  100. The Weeknd. „The Weeknd - Blinding Lights (Official Music Video)“ (inglizcha). YouTube (2020-yil 21-yanvar). 2021-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  101. The Weeknd. „Тизер альбома After Hours“ (Английский). YouTube (2020-yil 13-fevral). 2021-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  102. „CONFIRMED: THE WEEKND’S AFTER HOURS SURPASSED A MILLION PRE-ADDS ON APPLE MUSIC AHEAD OF RELEAS“ (Английский). 2020-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  103. The Weeknd. „The Weeknd - In Your Eyes (Official Video)“ (Английский). YouTube (2020-yil 23-mart). 2021-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  104. „Клип на песню The Weeknd стал лучшим видео года по версии MTV“ (ru). Коммерсантъ (2020-yil 31-avgust). 2020-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  105. The Weeknd. „The Weeknd - Save Your Tears (Official Music Video)“ (Английский). YouTube (2021-yil 5-yanvar). 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  106. Rossignol, Derrick „The Weeknd gains third UK Number 1 album with Dawn FM“ (en). Official Charts Company (2022-yil 14-yanvar). 2022-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  107. Soraya Nadia McDonald. „Kylie Jenner and Bella Hadid are 18. Their boyfriends are 25. Why do their relationships elicit such different reactions?“. Washington Post (2015-yil 11-sentyabr). 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  108. Lindig, Sarah „Bella Hadid Spends Her Birthday Weekend With The Weeknd“. ELLE. 2015-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.
  109. Sisavat, Monica „The Weeknd and Bella Hadid Made Their Red Carpet Debut at the Grammys“ (en). POPSUGAR Celebrity. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
  110. „The Weeknd and Bella Hadid Have Split“ (en). PEOPLE.com (2016-yil 10-noyabr). 2021-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  111. „The Weeknd And Selena Gomez Weren't Shy With The PDA At Coachella“ (en). ELLE UK (2017-yil 17-aprel). 2017-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  112. „The Weeknd Arrested For Punching Las Vegas Police Officer“. Billboard. 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  113. „THE WEEKND Pleads No Contest TO PUNCHING A COP“. TMZ. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  114. Carissimo, Justin. „The Weeknd donates $50,000 to language class at the University of Toronto“. The Independent (2016-yil 7-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  115. Min, Lilian. „The Weeknd donated $50,000 to a cause dear to his heart“. HelloGiggles (2016-yil 7-avgust).
  116. „The Weeknd Donates $50,000 to St. Mary Ethiopian Orthodox Church in Toronto“ (2016-yil 2-may). 2021-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  117. 117,0 117,1 Daly, Rhian. „The Weeknd has donated $250,000 to Black Lives Matter“ (2016-yil 14-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  118. Malkin, Marc. „The Weeknd Donates 9900,000 to Health Center in Uganda“. E!. 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  119. „The Weeknd Brings Back XO Face Mask For COVID-19 Relief“. HYPEBAE (2020-yil 23-aprel). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  120. Aswad, Jem „The Weeknd Donates 101 Million to MusiCares' and His Hometown's Coronavirus Relief“. Variety (2020-yil 29-iyun). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  121. Melas, Chloe. „The Weeknd donates $250,000 to Black Lives Matter“. CNN (2016-yil 11-avgust).
  122. „The Weeknd gives $250,000 to Black Lives Matter“. The Guardian (2016-yil 11-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  123. „The Weeknd Donated $500K to Racial Justice Initiatives: 'Please Give What You Can Even If It's a Small Amount'. Billboard. June 2, 2020. January 7, 2021da asl nusxadan arxivlandi.
  124. Aswad, Jem „The Weeknd Calls on Major Music Companies to 'Go Big and Public' With Blackout Tuesday Donations“ (en-US). Variety (2020-yil 2-iyun).
  125. Curto, Justin „WMG Creates Vague 10600 Million Anti-Racism Fund Following the Weeknd's Criticism“ (en-us). Vulture (2020-yil 3-iyun).
  126. Spangler, Todd. „The Weeknd Virtual Concert on TikTok Drew Over 2M Viewers, Raised $350,000 for Equal Justice Initiative“. Variety (2020-yil 12-avgust). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  127. Mahadevan, Tara C.. „The Weeknd, TikTok Raise $350K for Equal Justice Initiative, Singer Also Donates $300K to Beirut Explosion Victims“. Complex Networks (2020-yil 12-avgust).
  128. „With support from The Weeknd, U of T's Ethiopic program soars past $500,000 endowment goal“. University of Toronto (2020-yil 2-noyabr). 2021-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  129. Nolan, Emma „Bella Hadid, Dua Lipa and the Other Celebs Supporting Palestine Over Israel“. Newsweek (2021-yil 11-may).
  130. „The Weeknd Shares Instagram Posts Protesting Sheikh Jarrah Eviction“. Haaretz (2021-yil 11-may).
  131. Halperin, Shirley; Tangcay, Jazz „The Weeknd, Motown's Ethiopia Habtemariam Highlight Emotional Night at Black Music Action Coalition Awards“ (en-US). Variety (2021-yil 24-sentyabr).
  132. Mamo, Heran (2024-01-09). „The Weeknd & School on Wheels Team Up to Provide Laptops, Tutoring & Mentorship for Homeless L.A. Students“. Billboard (ingliz (Amerika)).
  133. Shafer, Ellise „The Weeknd Donates 114 Million to Relief Efforts in Ethiopia“. Variety (2021-yil 4-aprel).
  134. „USAID Administrator Power Held Urgent Meetings on Famine and Atrocities in Tigray, Ethiopia, including Ministerial Convening with Nine Countries and Conversation with The Weeknd, And Announced 11581 Million in New USAID Assistance“. usaid.gov (2021-yil 9-iyun).
  135. „It's The Weeknd! Superstar singer becomes World Food Programme Goodwill Ambassador“ (en). www.wfp.org (2021-yil 8-oktyabr).
  136. „The Weeknd Becomes U.N. Goodwill Ambassador for World Food Programme“ (en-US). World Food Program USA.
  137. Aswad, Jem „The Weeknd Unveils Stadium Tour Dates, Launches XO Humanitarian Fund With Combined 118.5 Million Donation“ (en-US). Variety (2022-yil 3-mart).
  138. Jones, Abby „The Weeknd Donates $2.5 Million to Gaza Food Deliveries“ (en-US). Consequence of Sound (2023-yil 1-dekabr).
  139. Cho, Regina „The Weeknd To Provide 4 Million Emergency Meals To Humanitarian Efforts In Gaza“ (en-US). Vibe (2023-yil 1-dekabr).