[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Tiritaka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiritaka (yunoncha, Tyritake) — Bospor podsholigi shahri. Pantikapey (hozirgi Kerch)dan janubida joylashgan. Miloddan avvalgi avvalgi VI asrda yunonlar tomonidan asos solingan. Milodiy I —III asrlarda yirik baliq ovlash markazi. Arxeologik qazishlar natijasida shahar mudofaa devorlari, turar joy qoldiqlari, xoʻjalik va maishiy buyumlar va boshqa topilgan. Milodiy IV asrning 2-yarmida Tiritaka aftidan gunnlar hujumi oqibatida vayron boʻlgan, biroq, undagi hayot ilk oʻrta asrlarga qadar davom etgan.