[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Umar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Umar ibn Xattobdan yoʻnaltirildi)

Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (Umar ibn Xattob) (arabcha: عمر بن الخطاب; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; taxminan 584-yil — 644-yil) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644), jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“ („Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“) nomini olgan xalifalardan biri. Islomni taxminan 616-yili qabul qilgan. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yaqin safdoshlaridan biri, Ul zot alayhissalom tomonidan olib borilgan barcha janglarda qatnashganlar. Abu Bakr roziyallohu anho oʻlimlaridan avval Umar roziyallohu anhoni oʻz oʻrnlariga tavsiya etadilar. Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar roziyallohu anho xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishlarida ham ifodalandi. Umar roziyallohu anho yangi musulmon yil hisobi — hijriy yil taqvimini joriy etganlar. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar roziyallohu anho risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, barchaga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Ul zotning davrlari islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar roziyallohu anhu Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Madinadagi muborak qabrlari yoniga dafn etilgan.[1]Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning shahidliklaridan soʻng Usman ibn Affon roziyallohu anhu moʻminlarga amir boʻladilar.