[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Moʻyi muborak Ukkosha masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ukkosha masjididan yoʻnaltirildi)
Masjid
Ukkosha masjidi
oʻzbekcha: Уккоша масжиди
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent shahri
Tuman Shayxontohur tumani
Manzil Samarqand darvoza koʻchasi, 13A[1]
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Maqomi amalda
Holati amaldagi
Tarovih

Ukkosha masjidi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Chorsuning janubi-sharqida, Samarqand darvoza koʻchasida joylashgan. Ukkosha masjidi Toshkentning eng mashhur hamda suvi shifobaxsh hisoblangan qad. Ukkosha bulogʻi nomi bilan atalgan ("Chorsu" mehmonxonasi qurilishi munosabati bilan Chorsu jari yon bagʻrida joylashgan buloq berkitib tashlangan). Mezanali darvozaxona (19-asr oxiri — 20-asr boshi), xrvli, gʻarbda gumbazli xonaqoh, unga tutash ayvon va peshayvondan iborat (peshayvon va hovlining sharqidagi darvozaxona 20-asr oxirlarida kayta qurilgan). Xonaqoh devorlari kalin, 4 ravoqli. Gʻarbidagi ravoqqa mehrob ishlangan, qolgan ravoklariga eshik oʻrnatilgan. Linga qismi boʻrtikli, tashqi ravoq lingasi egri chizikli. Gumbazi ravoqlarga tayangan. Gumbaz osti ravoqbagʻallari oʻziga xos. Ayvon ustunlari 4,8 va 16 qirrali, ustun koʻzagidagi madohillar nafis ishlangan. Ukkosha masjidi Xoja Ahror Valiy tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi[2].