[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Uttar-Pradeshdagi tiqilinch (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uttar-Pradeshdagi tiqilinch
Sana2024-yil 2-iyul
JoylashuvPhulrai Mughal Garhi, Uttar-Pradesh, Hindiston
Sababtiqilinch
Oqibatlari
121+ vafot etgan[1]
30+ jarohatlangan[1]

Uttar-Pradeshdagi tiqilinch – 2024-yil 2-iyulda Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida diniy marosim vaqtida sodir boʻlgan tiqilinch. Tiqilinch Phulrai Mughal Garhi qishlogʻida sodir boʻlgan[2].

Phulrai Mughal Garhi qishlogʻida voiz Bhole Babaning nutqini tinglash uchun 10 minglab odam toʻplangan. Hindiston politsiyasi tarafidan berilgan hisobotda 80 ming nafar ishtirokchiga marosimda ishtirok etish uchun ruxsat berilganiga qaramasdan hududga 250 ming odam tashrif buyurgani qayd etilgan. Marosim davomida odamlar voiz ortidan yugurib, unga teginishga harakat qilishgan. Natijada, koʻpchilik loyga botib qolgan va oyoqlar ostida qolib ketgan. Voizning qoʻriqchilari uning avtomashinasi oʻrnidan qoʻzgʻalguniga qadar maydonning chiqish joyini toʻsib qoʻyishgan[3].

Hatras okrugi bosh inspektori Shalab Matur Hindustan Times nashriga bergan intervyusida tiqilinchga uchrashuvning yopiq chodirda oʻtkazilganligi uchun odamlarga havo yetmay qolganligi ortidan barcha tezroq chiqib ketishga intilganligi sabab boʻlgani haqida gapirib oʻtgan[4].

Politsiya bergan maʼlumotlarga koʻra, 2-iyul kuni voqea joyida juda issiq va nam ob-havo kuzatilgan[4].

2-iyul kuni hodisa oqibatida 107 kishi halok boʻlgani maʼlum qilingan. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Etah tumani bosh shifokori Umesh Kumar Tripati jabrlanganlarning bir qismi shifoxonaga yotqizilganini maʼlum qilgan[5]. 2024-yil 11-iyul holatiga koʻra tiqilinchda halok boʻlganlar soni 121 nafarga yetgan. Kamida 30 kishi jarohatlangan. Qurbonlarning shaxsini aniqlash jarayoni davom etmoqda. Narendra Modi tiqilinchda halok boʻlgan va jabrlanganlarning oilasiga moddiy yordam berishni vaʼda qilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 „Hindistonda diniy marosimdagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq kishi halok bo‘ldi“ (3-iyul 2024-yil). Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.
  2. Ulkanboeva, Rayhona. „Hindistonda diniy marosimdagi tiqilinch oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi“. qalampir.uz (2-iyul 2024-yil). Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.
  3. Gʻafforov, Shahzod. „Hindistonda diniy tadbir chog'ida yuz bergan tiqilinch oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 120 nafardan oshdi“. yuz.uz (3-iyul 2024-yil). Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.
  4. 4,0 4,1 S, Elshod. „Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinchda 120 dan ortiq odam halok bo‘ldi“ (3-iyul 2024-yil). Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.
  5. „Hindistonda diniy marosimdagi tiqilinchda 107 kishi halok bo‘ldi (video)“. daryo.uz (2-iyul 2024-yil). Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.