[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Vohid Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vohid Abdullayev
Tavalludi 15-may 1912-yil
Vafoti 30-iyul 1985-yil(1985-07-30)
(73 yoshda)
Moskva
Fuqaroligi SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobiXalqlar doʻstligi ordeni

Vohid Abdullayevich Abdullayev (1912-yil 15-may, Samarqand, Samarqan viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 1985-yil 30-iyul, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR ) — taniqli oʻzbek olimi, adabiyotshunos, navoiyshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960).

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vohid Abdullayev 1912-yil 15-mayda Samarqand shahrida dehqon oilasida tavallud topgan.

1932-yil Fargʻona pedagogika institutini bitirgan. Abdullayev 1935 —1943-yillarda Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining, 1944 — 1969-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963-yildan shu universitet rektori. 1930-yildan sheʼrlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan. „Samarqand sayli“ (1970) sheʼriy kitobi nashr etilgan."Navoiy Samarqandda" (1948), "Nishotiy va uning „Husni Dil“ dostoni", "Xoksor va uning „Muntaxab ul-lugʻot“ kitobi" (1955), „Nishotiy va Xoksor“ (1960), „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ (1964), „Saylanma“ (1982) kabi kitoblari oʻzbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bagʻishlangan. Abdullayevning oliy oʻquv yurtlari uchun „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ darsligida XVII-XVIII asrlardagi oʻzbek adabiyoti tarixi tadqiq etilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil