[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Xishrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xishrov – Samarqand viloyatidagi shaharcha. Samarqand shahridan 7 km uzogʻlikda, Dargʻom kanalining oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Samarqand shahar Kengashiga qaraydi. 1951 yilda tashkil etilgan. Aholisi 4,5 ming kishi (2003). Xishrovda: avtokorxona, „Oʻzelektrqurilish“ mexanizatsiyalashgan kolonnasi, Xishrov GES kaskadi, „Samarqand“ kichik styasi, gidrotsex, transport sexi, tikuvchilik atelyesi, dehqon bozori va boshqa bor. Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kasalxona, ambulatoriya, tibbiy punkt mavjud. Kutubxona, madaniyat uyi aholiga xizmat koʻrsatadi.