Zhang Lu
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zhang Lu | ||
Tavallud sanasi | 6-sentyabr 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Tianjin, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.92 m (6 ft 3 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shenzhen | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2003 | Tianjin Locomotive | ||
2004 | Liaoning Whowin | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2015 | Liaoning Whowin | 231 | (0) |
2016—2019 | Tianjin Quanjian | 112 | (0) |
2020 | Shenzhen | 26 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2010 | Xitoy | 0 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020-yil 31-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 26-oktyabr uchun) |
Zhang Lu (talaffuzi: Chjan Lu) (1987-yil 6-sentyabrda Tianjinda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Shenzhen klubida oʻynaydi.
Klub faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhang Lu futbolchilik faoliyatini 2005-yilda yoshlar jamoasini tugatgandan soʻng „Liaoning Whowin“da boshlagan. Yosh boʻlishiga qaramay, u debyut mavsumida tezda Liaoning jamoasida oʻzini namoyon qilgan. Jamoa 2008-yilgi liga mavsumida ikkinchi divizionga tushib ketgan[1]. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Zhang Liaoning bilan qolgan va jamoaga ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan.
2016-yilning 12-yanvarida Zhang Xitoyning Birinchi ligasida o‘z shahrining „Tianjin Quanjian“ klubiga o‘tgan[2]. Klubdagi birinchi mavsumida u oʻzini asosiy darvozabon sifatida koʻrsatgan va Xitoy Superligasiga chiqgan hamda jamoasi bilan divizion chempionligini qoʻlga kiritgan[3]. U oʻzini jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan va ularga tarixda birinchi marta uchinchi oʻrinni egallab, OChL yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga yordam bergan[4].
2019-yil 18-sentyabrda Zhang Yoʻl politsiyasi tomonidan tekshirilgan va qon tekshiruvi uning qonida alkogol miqdori 253,3 ekanligini aniqlangan. U 21-sentabr kuni avtomobilni mast holda boshqarganlikda gumonlanib qo‘lga olingan[5]./Xitoy futbol assotsiatsiyasi, Zhangning milliy terma jamoadagi mashgʻulotlari va musobaqalar saralashini bekor qilishga qaror qilgan[6]. U 2019-yil 26-sentyabrda to‘rt oylik sinov muddatiga hukm qilingan[7].
2020-yil iyul oyida Zhang Shenzhen FC bilan shartnoma imzolagan „Tianjin Tianhai“ning sakkiz sobiq oʻyinchisidan biri edi[8]. U Shenzhen uchun debyutini 2020-yil 28-oktabr kuni „Shijiazhuang Ever Bright FC“ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhang 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun dastlabki tarkibga kiritilgan edi, biroq u uchinchi tanlov darozaboni boʻlgan va oxirgi oʻn sakkiz kishilik yakuniy tarkibga kiritilmagan[10]. U Xitoy milliy futbol jamoasi uchun 2010-yil 3-martda Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan, ammo oʻyin FIFA tomonidan tan olinmagan[11].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zhang 2013-yilning 9-noyabrida Liaoning televideniyesi boshlovchisi Chen Mi (bàngín) bilan turmush qurgan[12].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Liaoning Whowin | 2004 | Xitoy Super Ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | |
2005 | 5 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 7 | 0 | |||
2006 | 17 | 0 | 1 | 0 | - | - | 18 | 0 | ||||
2007 | 20 | 0 | - | - | - | 20 | 0 | |||||
2008 | 19 | 0 | - | - | - | 19 | 0 | |||||
2009 | Xitoy Birinchi Ligasi | 24 | 0 | - | - | - | 24 | 0 | ||||
2010 | Xitoy Super ligasi | 25 | 0 | - | - | - | 25 | 0 | ||||
2011 | 21 | 0 | 2 | 0 | - | - | 23 | 0 | ||||
2012 | 30 | 0 | 4 | 0 | - | - | 34 | 0 | ||||
2013 | 15 | 0 | 1 | 0 | - | - | 16 | 0 | ||||
2014 | 29 | 0 | 1 | 0 | - | - | 30 | 0 | ||||
2015 | 26 | 0 | 0 | 0 | - | - | 26 | 0 | ||||
Jami | 231 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 242 | 0 | ||
Tianjin Quanjian | 2016 | Xitoy Birinchi Ligasi | 30 | 0 | 2 | 0 | - | - | 32 | 0 | ||
2017 | Xitoy Super ligasi | 30 | 0 | 2 | 0 | - | - | 32 | 0 | |||
2018 | 30 | 0 | 0 | 0 | - | 10 | 0 | 40 | 0 | |||
2019 | 22 | 0 | 1 | 0 | - | - | 23 | 0 | ||||
Jami | 112 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | 127 | 0 | ||
Shenzhen | 2020 | Xitoy Super ligasi | 4 | 0 | 0 | 0 | - | - | 4 | 0 | ||
2021 | 22 | 0 | 3 | 0 | - | - | 25 | 0 | ||||
Jami | 26 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 29 | 0 | ||
Karyerada jami | 369 | 0 | 18 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | 398 | 0 |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liaoning Whowin
- Xitoy Birinchi ligasi : 2009[13]
"Tianjin Quanjian" F.C.
- Xitoy Birinchi ligasi : 2016[14]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „China 2008“. rsssf.com (2009-yil 3-aprel). 2010-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
- ↑ 权健发海报宣布张鹭加盟 at sports.sohu.com 2016-01-12 Retrieved 2016-01-12
- ↑ „2016赛季中甲积分榜“. sports.sina.com.cn (2016-yil 12-mart). Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
- ↑ „China 2017“. rsssf.com (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
- ↑ „国门张鹭醉驾被天津警方刑拘 涉嫌危险驾驶罪“. Netease (2019-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
- ↑ „中国男足国门张鹭涉嫌醉驾被足协取消国家队集训和比赛“. Lianhe Zaobao (2019-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
- ↑ „国足门将张鹭醉驾被判处拘役四个月,并处罚金一万元_“ (2019-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 26-sentyabr.
- ↑ „8 former players of disbanded Tianjin Tianhai join Shenzhen Football Club“. Xinhuanet. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ „SHENZHEN VS. CANGZHOU MIGHTY LIONS 1 - 0“. uk.soccerway.com (2020-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
- ↑ „国足公布26人集训名单 连鲁各有五将海外无人入选“. sports.sina.com.cn (2006-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
- ↑ „Portugal vs. China PR 2-0“. uk.soccerway.com (2010-yil 3-mart). Qaraldi: 2014-yil 25-avgust.
- ↑ „娇妻讲与辽足门将相识历程 张鹭偷订机票造浪漫“. Shenyang Evening News (2013-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
- ↑ „中甲最终积分榜:辽宁冠军南昌冲超成功 四川降级“. sports.sina.com.cn (2009-yil 28-mart). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
- ↑ „2016赛季中甲积分榜“. sports.sina.com.cn (2016-yil 12-mart). Qaraldi: 2019-yil 6-avgust.