1995
(1995-yildan yoʻnaltirildi)
1995
Ming yilliklar: | 2-mingyillik |
---|---|
Asrlar: | |
Oʻn yilliklar: | |
Yillar: |
- Yanvar — Toshkentda Xalqaro Qizil xoch qoʻmitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun doimiy vakolatxonasi ochildi.
- 8 va 22-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 2-, 3-turi boʻlib oʻtdi.
- 18-fevral — Toshkentda Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining birinchi taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Partiyaning Nizom va dasturi tasdiqlandi.
- 22-fevral — Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining „Adolat“ gazetasi chiqa boshladi.
- 28-fevral — Oʻzbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki — „Oʻzprivatbank“ oʻz faoliyatini boshladi.
- 26-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga bagʻishlangan referendum boʻlib oʻtdi.
- Mart — „Toshqishloqmash“ zavodida pichan yigʻuvchi kombaynlar seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlandi.
- Mart — Toshkentda „Atrof-muhitni saqlab qolish — Oʻrta Osiyo davlatlari uchun kelajak vazifasi“ mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 19-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini * tashkil qilish toʻgʻrisida“ farmon chiqardi.
- Aprel — Toshkentda Respublikada birinchi xususiylashtirish va investitsiyalar boʻyicha Oʻzbekiston xalqaro banki („Oʻzxususiybank“) ochildi.
- 19-may — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Islomni tadqiq qilish boʻyicha Xalqaro markaz tashkil etish toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.
- 31-may — Toshkent aviatsiya instituti tashkil etildi.
- 25-may — Muruntovda „Zarafshon-Nyumont“ qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.
- 3-iyun — Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasining taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi.
- 5-iyun — Andijon muhandislik iqtisodiyot universiteti tashkil etildi.
- 10-iyun — „Milliy tiklanish“ gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
- 14—20-iyun — Toshkentda birinchi savdo-sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Unda 85 dan ziyod davlat, aksiyadorlik, xususiy va qoʻshma korxonalar ishtirok etdi.
- Iyun — „Xalq birligi“ harakati faoliyat boshladi.
- 7-iyul — „Qizilqumnodirmetalloltin“ davlat konserni (2004-yil 19-maydan Navoiy kon-metallurgiya kombinati) qoshida Navoiy davlat konchilik instituti tashkil etildi.
- 7-iyul — Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi — „Biznesfond“ nodavlat tuzilmasi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tuzildi.
- 27-iyul — Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat banki — „Paxtabank“ tashkil etildi.
- 28-iyul — Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
- Iyul — Bogʻot tumanida Buyuk Britaniya bilan hamkorliqda tibbiyot momigʻi ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi.
- Iyul — Margʻilondagi „Ipakchilik“ aksiyadorlik jamiyatida pilla chiqindilaridan qimmatbaho ip ishlab chiqaradigan „Spinning-Silk“ Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma korxonasi ish boshladi.
- 17-avgust — Qoʻqonda spirt zavodi ishga tushdi.
- 24-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari toʻgʻrisida“gi qarori chiqdi.
- 26-avgust — Toshkentda Oʻzbekiston hukumati bilan YUNESKO oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
- 30-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida“gi qonun qabul qilindi.
- 30-avgust — „Mehnat shuhrati“, I va II darajali „Shon-sharaf“ ordenlari taʼsis etildi.
- 31-avgust — Oʻzbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi.
- Avgust — Oʻzbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi qabul qilindi.
- 2-sentyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi (Akademiyani tashkil etish haqidagi qaror 1994-yil 15-avgustda qabul qilingan).
- 2-sentyabr — Toshkentda 1-Markaziy Osiyo oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 7-sentyabr — Oʻzbekiston alpinizmi tarixida birinchi marta Respublika Davlat sport qoʻmitasi alpinistlari guruhi ikkita baland choʻqqi — Xontangri (6995 m) va Gʻalaba (7439 m) choʻqqilarini zabt etishdi. 7-sentyabr — Toshkent shahrida „Zamin“ ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik ipoteka banki tashkil etildi.
- 14-sentyabr — Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulugʻbek nomi berildi (2000-yil 28-yanvardan Oʻzbekiston milliy universiteti).
- 15—16-sentyabr — Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha Xalqaro seminarkengash boʻlib oʻtdi. Unda BMT, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik kengashi, Islom konferensiyasi tashkiloti, BMT Xavfsizlik Kengashida ishtirok etuvchi mamlakatlar, MDHga aʼzo boʻlgan mamlakatlar delegatsiyalari, Oʻrta Osiyo davlatlari va ularga qoʻshni boʻlgan davlatlar vakillari ishtirok etdi.
- 18-sentyabr — Nukusda BMT rahnamoligida Orol dengizi havzasidagi davlatlarning barqaror rivojlanishi masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi.
- 21-sentyabr — Qoraqalpogʻistondagi Urgʻin gaz koni foydalanishga topshirildi.
- 23-sentyabr — Toshkent viloyatining Zangiota tumanida vino ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston—Italiya „Farital“ qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.
- 10-oktyabr — Toshkentda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar boʻyicha regional byurosi ochildi.
- 20-oktyabr — „Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.
- 24—25-oktyabr — Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi oʻtkazildi.
- 7-noyabr — Ixtisoslashtirilgan „Asaka“ davlat-aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
- 8-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining „Jahon“ axborot agentligi tuzildi.
- Noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasida Xorazmda tugʻilib oʻsgan tilshunos, adib va hadisshunos olim Abulqosim Zamaxshariyning 920 yilligiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 1-dekabr — Toshkentdagi Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 540 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
- 5-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston — Vatanim manim“ koʻshiqlar koʻrik tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi.
- 12-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining „Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida“ qonuni eʼlon qilindi.
- 21—22-dekabr — Toshkentda 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 4-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Mehnat kodeksi“, „Davlat mukofotlari toʻgʻrisida“gi qonunlari qabul qilindi.
- 1995 — Ulugʻ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi. 1995 — Amir Temur xalqaro xayriya jamgʻarmasi tashkil etildi.
- 1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „1941—45 yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 50 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash toʻgʻrisida“gi farmoni asosida (1994-yil 16-martdagi) Oʻzbekiston nashriyotlari 33 jildli „Xotira“ kitobi (keyinchalik unga qoʻshimcha tarzda 2 jild chiqdi) va Oʻzbekiston xalqining urush millaridagi, urush ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlashma maxsus jild (ruscha, oʻzbekcha) nashr etildi.
Voqealar
tahrirYana qarang: Turkum:1995-yil voqealari
- May — Jak Shirak Fransiya Respublikasi prezidenti etib saylandi, Lionel Jyuppe premer-ministr etib tayinlandi.
- Iyul-avgust — Chechenistonda harbiy xarakatlar toʻxtatildi.
- 25—31-avgust — Qirgʻizistonda „Manas“ eposining 1000-yilligi nishonlandi.
- Avgust — Efiopiya davlati Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi deb nomlandi.
- 15-16-sentyabr — Toshkentda Markaziy Osiyo da xavfsizlik va hamkorlik masalalari boʻyicha Xalqaro seminar-kengash boʻlib oʻtdi.
- Noyabr — Deytonda boʻlib oʻtgan muzokaralarda Bosniya va Gersegovina haqida shartnoma tuzildi; mamlakat hududida xalqaro huquqdagi ikkita.
- Dekabr — Bosniya va Gersegovina Respublikasining konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- Polshada Lex Valensa oʻrniga Aleksandr Kvasnevskiy davlat boshligʻi boʻldi.
- 4-avgust — Serb Krainasi respublikasi va Gʻarbiy Bosniya respublikasini tugatgan „Boʻron“ operatsiyasi boshlandi.
Tugʻilgan
tahrirYana qarang: Turkum:1995-yilda tugʻilganlar
Vafot etgan
tahrirYana qarang: Turkum:1995-yilda vafot etganlar
- 30-yanvar — Даррелл, Джеральд, angliyskiy учёный-зоолог, писатель-animalist.
- 4-fevral — Karlen Aramovich Abgaryan, armyanskiy uchyoniy (rod. 1928).
- 1-mart — ubit Vladislav Listev, rossiyskiy журналист, телеведущий (programmi "Vzglyad", "Pole Chudes", "Tema"), perviy generalniy директор ОРТ.
- 14-iyun — Rodjer Jelyazni, amerikanskiy pisatel-фантаст.
- 17-iyul — Xuan Manuel Fanxio (Juan Manuel Fangio) — vidayuщiysya argentinskiy avtogonщik.
- 2-avgust — Коваль, Юрий, russkiy pisatel
- 11-avgust — Alonzo Chyorch, amerikanskiy matematik i logik, sozdatel Lyambda-ischisleniya.
- 21-avgust — Subramanyan Chandrasekar, amerikanskiy астрофизик, laureat Nobelevskoy premii po fizike (1983).
- 26-avgust — Djon Branner, angliyskiy pisatel-fantast.
- 4-noyabr — ubit Isxak Rabin, премьер-министр Izrailya.
- 4-noyabr — Jil Delez, fransuzskiy filosof.
- 29-noyabr — Юнусов, Сабир Юнусович, vidniy sovetskiy uchyoniy, spesialist v oblasti ximii алкалоидov.
- 18-dekabr — Конрад Цузе (Konrad Zuse), nemeskiy инженер, sozdatel pervogo programmiruemogo компьютерa Z3 i pervogo yazika programmirovaniya visokogo urovnya Планкалкюль.
- Fizika — Martin Perl — „Za otkritie тау-лептонa“, Frederik Reyns — „Za eksperimentalnoe obnarujenie нейтрино“.
- Ximiya — Крутцен, Пауль, Молина, Марио, Роуланд, Шервуд.
- Meditsina i fiziologiya — Льюис, Эдвард, Нюсляйн-Фольхард, Кристиана, Вишаус, Эрик.
- Ekonomika — Лукас, Роберт.
- Literatura — Sheymas Xini — „Za liricheskuyu krasotu i eticheskuyu glubinu poezii, otkrivayuщuyu pered nami udivitelnie budni i ojivayuщee proshloe“.
- Premiya mira — Ротблат, Джозеф.
Bu maqola ruscha yozilgan. | |
Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |