[go: nahoru, domu]

Kontent qismiga oʻtish

Volvo Cars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Volvo Car Corporation
Turi Shoʻba korxonasi
Xizmatlari Avtomobilsozlik
Egasi Zhejiang Geely Holding Group (82%)[1]
Birja listingi SSE: 238766
Qachon asos solingan 1927 (97 yil avval) (1927)
Asoschi(lari) Assar Gabrielsson va Gustaf Larson
Mahsulot(lar)i Lyuks avtomobillar[1]
Aylanma daromadi 282.045 mlrd. kr (2021)[1]
Operatsion foydasi 20.275 mlrd. kr (2021)[1]
Boyligi 330 924 000 000[2]
Kapitallashtirish 283.824 mlrd. kr (2021)[1]
Sof foydasi 14.177 mlrd. kr (2021)[1]
Ishchilar soni 41,000 (2021)[1]
Shoʻba korxonalari
  • Volvo Car Mobility
  • Zenseact
Vebsayti volvocars.com

Volvo Cars (Shvedcha VOLVO nomi bilan tanilgan) — Shvetsiyaning hashamatli avtomobillar ishlab chiqaruvchisi boʻlib, bosh qarorgohi Gothenburg, Torslanda shahrida joylashgan. Kompaniya SUV, yukxonali avtomobillar va sedanlar ishlab chiqaradi. Kompaniyaning asosiy marketing tamoyillari xavfsizlik va uning dizayn meʼrosidir.

AB Volvo oʻzining Volvo Cars 2010-yilda asosiy sobiq konglomerati ogʻir yuk mashinalari, avtobuslar va qurilish texnikalari ishlab chiqaradigan kompaniyasini Ford Motor Kompaniyasiga sotganidan beri alohida ishlamoqda.[3] 2010-yilda moliyaviy zarar koʻrgan Ford Volvo Cars Geely kompaniyasiga sotadi.[4][5] Volvo Cars 2021-yilda Nasdaq Stokgolm fond birjasida ochiq roʻyxatga olingan, ammo Geely hali ham Volvo Cars yirik egalik huquqini saqlab qoladi. Volvo Cars va AB Volvo ikkalasi ham Volvo logotipini bir-biri bilan baham koʻradi va Volvo muzeyini boshqarishda hamkorlik qiladi.

2021-yil mart oyida Volvo Cars 2030-yilga kelib toʻliq elektr brendiga aylanishini eʼlon qilgan edi.[6] 2021-yil iyun oyida esa Volvo Cars va Shved akkumulyator ishlab chiqaruvchisi Northvolt akkumulyator gigafabrikasidan va akkumulyator ilmiy-tadqiqot markazidan iborat 50/50 qoʻshma korxona tashkil etish niyatini ommaga oshkor qildi.[7] 2021-yil dekabr oyida akkumulyator ilmiy-tadqiqot markazi Gyotborgda joy olishi ma’lum boʻldi.[8] 2022-yil fevral oyida esa bunga hamohang tarzda, ushbu joy yaʼni Gyoteburg akkumulyator gigafabrikasining joylashuvi sifatida ham tanlandi.[9] 2021 va 2022 yillar davomida Volvo Cars Skövde va Zhangjiakoudagi gibrid dvigatellarni tadqiq qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini Geely bilan qoʻshma korxonada Aurobay shakliga oʻtkazdi.[10]

Volvo Cars Polestar[11] ning 49,5% va Lynk & Co ning 30% aksiyalariga egalik qiladi.[12]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Interim Report Fourth Quarter and Full Year 2021“ 7, 13, 16, 18, 31. Volvo Car Corporation. 2022-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  2. (unspecified title)
  3. „Ford Agrees to Pay $6.47 Billion To Buy Volvo's Auto Business“. The Wall Street Journal. Dow Jones & Company Inc. (29-yanvar 1999-yil). 1-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  4. „For Volvo, a New Life Under Chinese“. The Wall Street Journal. Dow Jones & Company Inc. (29-mart 2010-yil). 2022-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2021-yil.
  5. „Geely Hopes to Boost Volvo Globally“. The Wall Street Journal. Dow Jones & Company Inc. (29-mart 2010-yil). 24-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  6. „Volvo Plans to Sell Only Electric Cars by 2030“. The New York Times. The New York Times Company (2-mart 2021-yil). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2021-yil.
  7. „Volvo Car and Northvolt build giga-factory in Europe“. Evertiq. Evertiq New Media AB (21-iyun 2021-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2021-yil.
  8. „Volvo And Northvolt Announce Joint Battery R&D And Manufacturing“. InsideEVs. Motorsport Network LLC (11-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2021-yil.
  9. „Volvo and Northvolt poach Tesla’s head of Gigafactory Berlin to lead new 50 GWh battery factory in Sweden“. Electrek. 925 LLC (4-fevral 2022-yil). Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
  10. „Volvo Cars and Geely Holding create Aurobay for joint powertrain operations“ (8-iyul 2021-yil).
  11. „Volvo Cars increases shareholding in Polestar to 49.5 per cent“. Volvo Cars Global Newsroom. Volvo Car Corporation (12-iyul 2021-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2021-yil.
  12. „Volvo Cars and Geely agree on technology sharing and the formation of LYNK & CO“. Volvo Cars Global Newsroom. Volvo Car Corporation (4-avgust 2017-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2021-yil.

Rasmiy websayt